Muhandislik geologik tadqiqotlar


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/192
Sana20.10.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1713802
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   192
Bog'liq
-qullanma

 
29.4.Cho’kindi tog’ jinslari 
Bir qism sochiluvchan jinslar suv yoki shamol ta’sirida daryo, dengiz yoki 
ko’llar ostiga tushib, asrlar mobaynida ikkilamchi yoki cho’kindi jinslarga 
aylanadi. Mayda jinslarning bir qismi suvda eriydi, qolganlari esa geologik 
qatlamlar hosil qilib suv ostiga cho’kadi. Erigan jinslar o’ta to’yingan eritmalar 
hosil qiladi va kimyoviy cho’kindilar paydo bo’ladi. Qatlamlar bosimi ostida 
hamda tabiiy sementlarning o’zaro birikishi natijasida cho’kindilardan mustahkam 
va zich sementlangan jinslar hosil bo’ladi. Cho’kindi jinslarning g’ovaklarini to’la 
to’yingan eritmalardagi (SaSO
3
, SaSO
4
, temir oksidi) moddalar to’lg’izib, undagi 
mayda donalarni o’zaro yopishtiradi yoki boshqa so’z bilan aytganda, tabiiy 
sement vazifasini bajaradi.  
Tabiatdagi ko’pgina mineral qatlamlar hayvonot va o’simlik qoldiklarining 
o’zaro birikishidan hosil bo’lgan. Bunday jinslar organogenlar deb ataladi.
Qurilishda qo’llaniladigan cho’kindi jinslarni quyidagi turlarga bo’lish 
mumkin:
Maydalangan jinslar – loy, qum, shag’al, xarsangtosh, mayda tosh va 
sementlanib qolgan jinslar - konglomeratlar, brekchiylar, qumtoshlar;
Kimyoviy cho’kindilar - gips, angidrid, ohaktoshning ayrim xillari, 
dolomit, magnezit, ohak tufi, mergel;
Organogen qatlamlar – chig’anoq, ohaktosh, bo’r, trepel, diatomit, 
uglerodli jinslar (torf, neft, ozokerit).


208 
Qurilish sanoatida ishlatiladigan tabiiy tosh ashyolarining katta bir guruhi - 
cho’kindi jinslar g’ovakli va zich buyumlar tayyorlashda xom ashyo sifatida 
muhim ahamiyatga ega.
Alyumosilikatlar cho’kindi jinslar tarkibida ko’p bo’ladi. Ular asosan 
tabiatda kaolin (Al
2
O
3
*
3
SO
2
*2H
2
O) va boshqa tog’ jinslarining yemirilishi 
natijasida vujudga kelgan mineraldir. Tuproqning tarkibi asosan kaolinitdan iborat. 
Uning solishtirma og’irligi 2,5–2,6, qattiqligi 1-2. Alyumosilikatlar cho’kindi 
jinslardan ohaktosh, dolomit, mergel, qumtosh va boshqa jinslar tarkibida ham 
uchraydi. Bu cho’kindi jinslar tarkibini asosan karbonat tuzlari tashkil etadi. 
Ayniqsa, ko’p tarqalgan kal’tsiy yoki ohak shpati deb ataluvchi kal’tsiy karbonati 
(SaSO
3
) va magniy karbonat (MgSO
3
) tuzlar guruhiga kiradi.
Cho’kindi jinslardan gips va angidrid (SaSO
4*
2H
2
O*SaSO
4
) asosan 
sul’fatlardan iborat. Yer yuzida cho’kindi tog’ jinslaridan eng ko’p uchraydigani 
kremnezem guruhiga kiruvchi opal, xalsedon va cho’kindi kvartslardir.

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling