Muhandislik geologik tadqiqotlar
lar deb ataluvchi tuproqli minerallarga aylanadi. Yana vaqt o’tishi bilan kimyoviy nurash jarayoni tuproqli minerallarni kaolinitga (Al
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
-qullanma
lar deb ataluvchi tuproqli minerallarga aylanadi. Yana vaqt o’tishi bilan kimyoviy
nurash jarayoni tuproqli minerallarni kaolinitga (Al 2 O 3 *2SiO 2 *2H 2 O) aylantiradi. Bunday minerallar havo, muz va suv oqimi vositasida uzoklarga ko’chadi. Cho’kindi jinslar tabiatan magmatik tog’ jinslariga nisbatan g’ovakli mustahkam- ligi kichik va zararli muhitda tez buziladigan xossalarga ega. Ayrim maydalangan tog’ jinslar ular tarkibidagi donalarni tabiiy bog’lovchi sementlar vositasida o’zaro yopishtirib har xil zichlikdagi jinslarini hosil qiladi. Masalan, kimyoviy cho’kindi jinsning gips zichligi magmatik tog’ jinslaridan katta bo’lsada, lekin mustahkamligi anchagina kamdir. Bundan tashqari, gips suvda tez buziladi, zichlangan loy esa erib mayda zarracha va donalarga bo’linadi. Maydalangan sochiluvchan cho’kindi tog’ jinslarining asosiy xillari quyida keltirilgan. Tuproqlar - kaolinit, kvarts, dala shpati, slyuda, kal’tsiy va magnit karbonatlari hamda temir oksidi kabi minerallardan tashkil topgan sochiluvchan jins. Tuproqni suv bilan qorishtirganda plastik holatga o’tadi. Quritganda esa o’z shaklini saklaydi, ammo qayta suv ta’sirida plastik holatga o’tadi. Bu xususiyat uni boshqa xom ashyolardan ajratib turadi. 210 Qum - donalarining kattaligi 0,15 dan 5 mm. gacha bo’lgan sochiluvchan jins. Tarkibiga ko’ra qumlar kremniy, dala shpati, ohaktosh va pemzali turlarga bo’linadi. Tog’ va jar qumlari notekis qirrali shaklda bo’ladi. Bunday qumlarda beton uchun zararli bo’lgan tuproq, chang aralashmasi va organik moddalar ko’p. Daryo va dengiz qumi yumaloq, sirti silliq bo’lib, tarkibida zararli aralashmalar kam. Ko’l qumida esa mayda tuproq zarrachalari ko’p miqdorni tashkil qiladi. Barxan qumi mayda va sirti silliq shaklda bo’ladi. Bunday qumdan beton konstruktsiyalari ishlansa, sement xarajati 15–30 %gacha ortadi. Qum tarkibida tuproq miqdori 10 %dan kam bo’lsa - tuproqli qum, 10 %dan ko’p bo’lsa - qumli tuproq deb ataladi. Qumning o’rtacha zichligi 1500 kg/m 3 . ga teng. Uni silkitib zichlanganda zichligi 1600–1700 kg/m 3 ga yetadi. Qum qanchalik mayda bo’lsa, namligining ortishi bilan hajmi ham kattalashadi. Qumni qabul qilishda uning namligi 1 dan 3 % gacha bo’lsa, hajmini 10 %ga kamaytirib olish lozim, agar namligi 3 dan 10 %gacha bo’lsa, hajmi 15 % kamaytiriladi. Qish sharoitida ochiq yerda saqlangan qumning hajmi har vaqt 15 % kamaytirib olinadi. Quruq qumning issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsienti 0,3–0,4 Vt/mtrad. Qurilishda qum, asosan, beton va qorishmalar uchun mayda to’ldirgich sifatida ishlatiladi. Yaxshilab tuyilgan kremniy qumlari sementlar uchun faol gidravlik qo’shilma sifatida ham ishlatiladi. Shag’al – har xil tog’ jinslarining parchalanishidan hosil bo’lgan sochiluvchan jins. Tashqi ko’rinishi bo’yicha shag’alning sirti silliq, yumaloq shaklda bo’lib, yirikligi 5-80 mm. ga teng. Zichligi 2700-2900 kg/sm 3 , hajmiy massasi 1600 -1800 kg/sm 3 ga teng. Kelib chiqishiga ko’ra shag’al tog’, daryo va dengiz shag’allariga bo’linadi. Ular yumaloq, ignasimon, tuxum va yupqa patnissimon shakllarda uchraydi. Tabiatda ko’p uchraydigan xarsangtoshlar tog’ jinslarining parchala- nishidan kelib chiqqan, tabiiy sharoitda silliqlangan, yirikligi 150 mm dan katta 211 bo’lgan jins. Maydalangan xarsangtoshdan chaqiq toshlar olinadi va betonlar uchun yirik to’ldirgich sifatida ishlatiladi. Sochiluvchan jinslarning yer qatlamining yuqori bosimi ostida o’zaro sementlanishidan hosil bo’lgan qumtosh – tabiiy sementlar vositasida qumning zichlanishi va nihoyat sementlanishidan hosil bo’lgan mustahkam jinsdir. U tarkibidagi bog’lovchi moddaning turiga ko’ra loyli, kremniyli, ohaktoshli, gipsli, bitumli qumtoshlarga bo’linadi. Loy vositasida zichlangan loyli qumtoshlar suvga chidamsiz bo’ladi. Mayda kremniyli alyumosilikatlar (sementlar, opal, xaltsedon) bilan qumlar aralashmasining zichlanishi natijasida kremniyli qumtoshlar hosil bo’lgan. Uning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 100–500 MPa, hajmiy zichligi 2400–2600 kg/m 3 . Kremniyli qumtosh kislotaga chidamlidir, ammo uni ishlash qiyin. Qurilishda qumtosh betonlar uchun to’ldirgich, yo’lka va zinalar uchun plitalar sifatida ishlatiladi. Kremniyli qumtoshning ayrim xillari pardozlangan holda qoplama plita sifatida ham ishlatiladi. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling