Muhandislik geologik tadqiqotlar


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/192
Sana20.10.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1713802
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   192
Bog'liq
-qullanma

Kvartsit – yer qatlamining yuqori bosimi ostida mayda kvarts donalarining 
kremniy sementlari vositasida zichlanishidan hosil bo’lgan zich, kristall jins. 
Kvartsit o’zining zichligi, yuqori mustahkamligi, mo’rtligi va qattiqligi bilan 
boshqa jinslardan farq qiladi. U tabiatda oq, qizil, ko’kimtir, to’q qizil ranglarda 


213 
uchraydi. Siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 400 MPa dan kam emas. Zichligi 
2500–2700 kg/m
3
, qattiqligi 7 ga teng. Kvartsit o’tga chidamli buyumlar 
tayyorlashda, shuningdek, beton uchun chaqiq tosh sifatida ishlatiladi.
Asbest - serpantin guruhiga kiruvchi mineral bo’lib, uni maydalasa yupqa, 
ingichka elastik tolalarga bo’linadi. Asbest alangalanmaydi. U ishqor ta’siriga 
chidamli, tolasi yuqori mustahkamlikka ega bo’lgan ashyo. Asbest sement va suv 
bilan qorishtirilganda turli qurilish qismlari va buyumlarini qoliplashga yarokli 
bo’ladigan plastik qorishma hosil bo’ladi va undan asbesttsement buyumlari 
ishlanadi. Asbest ikki xil: xrizotil – och ko’kimtir rangda, tolasi juda ingichka 
(0,0001 mm), mustahkamligi yuqori bo’ladi; amfibol – rogovaya obmanka (shox 
aldamchisi) guruhiga kiruvchi mineraldir.
Qurilish sanoatida asosan xrizotil asbest ishlatiladi. Uning erish harorati 
1500
0
C, ammo u kislotalar ta’siriga chidamsiz. Asbest o’tga chidamli gazlamalar
asbesttsement buyumlari, asbestli karton tayyorlashda va issiqlik izolyatsiya 
ashyolarini ishlab chiqarishda keng qo’llanadi.
 
29.6.Tog’ jinslaridan ishlangan qurilish materiallari 
29.6.1.Tabiiy tosh 
Tabiiy toshlar zichligiga ko’ra yengil va og’ir turlarga bo’linadi. Zichligi 
1800 kg/m
3
dan kam bo’lgan toshlarning tuzilishi serg’ovak (vulqon tufi, pemza, 
ohaktoshchig’anoqtosh) bo’lganligi uchun inshoot devorlaribop bloklar, yengil 
beton va qorishmalar uchun to’ldirgich sifatida keng ishlatiladi. Og’ir tosh ashyo-
larning zichligi 1800 kg/m
3
dan katta bo’ladi, bularga granit, sienit, dioritlar kiradi. 
Bunday toshlardan qoplama va pardozbop ashyolar, pollar uchun toshtaxtalar 
yasaladi, shuningdek, gidrotexnika va yo’l qurilishida ko’plab ishlatiladi. Tabiiy 
toshlar ko’priklar, metro va noyob me’morchilik yodgorliklari qurilishida ham 
ishlatiladi.
Devorlarning ichki va tashqi sirtlarini qoplashda ko’pincha marmar, 
angidrid, granit kabi toshlar ishlatiladi. Sopol va issiqlikka chidamli buyumlar


214 
bog’lovchi moddalar, issiqlikni kam o’tkazadigan ashyolar, shisha buyumlar 
tayyorlashda tog’ jinslari xom ashyo sifatida ishlatiladi.

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling