Muhandislik geologik tadqiqotlar
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
-qullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muskovit
Dala shpati – silikatlar guruhida keng tarqalgan oq va qizg’ish rangli
mineraldir. U silikatlar guruhidagi ortoklaz va plagaoklaz, al’bit, anortit jinslarida uchraydi. Kimyoviy tarkibi bo’yicha ortoklaz (K 2 O*Al 2 O 3 *6SiO 2 ) alyumosilikat kaliydan farq qilmaydi. Ortoklaz to’g’ri burchak shaklidagi bo’laklarga parchalanadi. Qurilish sanoatida ishlatiladigan tabiiy tosh ashyolariga tomonlari 203 qirrali yoki kichik burchak shaklida bo’linuvchan jinslar - plagioklaz, al’bit (alyumosilikat natriy - Na 2 О*Аl 2 О 3 *6SiO 2 ) va anortit (alyumosilikat kal’tsiy – CaO*Al 2 O 3 *2SiO 2 ) lar kiradi. Dala shpatining siqilishdagi mustahkamligi kvartsnikidan kam (120 - 170 MPa), erish harorati esa 1170–1550 0 C ga teng. Dala shpati atmosfera ta’sirida asta-sekin yemirilib, kaolin (chinni buyumlari ishlanadigan xom ashyoning bir turi), qumtuproq qumlari va boshqa jinslarga aylanadi. Toza dala shpatidan quyma sopol ashyolari ishlanadi. Dala shpati va kvartsdan tashkil topgan jinslar pegmatitlar deb ataladi va asosan chinni buyumlar ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Slyuda - kimyoviy tarkibi jihatidan murakkab suvli alyumosilikatdir. Tabiatda slyudaning bir necha xili uchraydi. Shulardan eng ko’p tarqalganlari muskovit va biotitdir. Muskovit – yaltiroq oq yoki kulrang holatda uchraydigan, qiyin eruvchan, kislotalar ta’siriga chidamli slyuda. Biotit – qora rangdagi, oson yemiriluvchan magnezial-temir slyuda. U yassi va yupqa qatlamga ajralish xususiyatiga ega. Olivin asosan temir va magniy silikatlaridan tashkil topgan mineraldir. U ko’k rangli, atmosfera ta’siriga chidamsiz, suv ta’sirida esa hajmi kengayadi. U asbesttsement sanoatida va issiqlik o’tkazmaydigan ashyolar ishlab chiqarishda ko’p ishlatiladi. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling