Muhandislik geologik tadqiqotlar


 TOG’ JINSLARINING DEFORMATIK TAVSIFINI VA


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/192
Sana20.10.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1713802
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   192
Bog'liq
-qullanma

29. TOG’ JINSLARINING DEFORMATIK TAVSIFINI VA
MUTAHKAMLIGINI ANIQLASH 
Yer qatlamida joylashgan tog’ jinslari geologik belgilariga ko’ra uch 
guruhga bo’linadi: magmatik (vulqondan otilib chiqqan) yoki birlamchi, cho’kindi 
yoki ikkilamchi, metamorf (shakli o’zgargan) jinslar (3.1-rasm). 
 
29.1.Otilib chiqqan tog’ jinslari 
Chuqurdagi yaxlit toshib chiqqan vulqondan otilib chiqqan granit, sienit, 
diorit, gabbro. Qadimgi topilgani: kvarts, porfir, ortoklaz, diabaz, porfirit Yangi 
topilgani: liparit, traxit, andezit, bazal’t Sochiluvchan: vulqon, kuli vulqon qumi 
pemza Vulqon tufi; tuf; lava 
29.1-rasm. Tog’ jinslarining xillari. 
Yer qatlamining quyi qismi magma deb ataluvchi yuqori haroratda erigan 
bo’tqasimon suyuqlikdan iborat. O’zining tarkibiga ko’ra, u yer qatlamidan kam 
farq qiladi. Magmaning yer yuzasiga otilib chiqqan qismi magmatik (yoki otilib 
chiqqan) jinslar deb ataladi. Tabiiy sharoitda shakllangan magmatik jinslar turli 
minerologik tarkibga va tuzilishga ega. Binobarin, ularning texnik xususiyatlari 
ham bir xil bo’lmaydi.


202 
Yer qatlamining yoriqlari bo’ylab ko’tarilayotgan magma haroratning 
pasayishi natijasida chuqurlikda asta-sekin soviydi. Magmaning yer yuzasiga 
ko’tarilgan qismi esa tez sur’atda soviydi.
 
29.2. Jins hosil qiluvchi minerallar 
Yer qatlamini tashkil etuvchi barcha tabiiy toshlar minerallardan tashkil 
topgan. Tog’ jinsining xususiyatlari asosan shu jinsning tarkibiga kirgan 
minerallarning turiga, miqdoriga va zarrachalarning o’zaro bog’lanish kuchiga 
bog’liq. Quyida tog’ jinsi tarkibini tashkil etgan asosiy minerallar bilan tanishib 
chiqamiz.
Kvarts (SiO
2
) – asosan qumtuproqdan tashkil topgan yashirin yoki ochiq 
kristall shaklida uchraydigan nihoyatda zich, mustahkam va chidamli mineral. 
Kvartsning zichligi 2,5–2,8 g/sm
3
. Siqilishdagi mustahkamligi 200 MPa, 
cho’zilishdagisi esa 100 MPa dan ko’p. Qattiqlik shkalasida kvarts yettinchi
o’rinda turadi. Oddiy haroratda kvarts barcha kislota va uning eritmalarida 
chidamlidir. Yuqori haroratda kvarts ftorli vodorod va fosfor kislotasi bilan 
reaktsiyaga kirishib, silikatlar hosil qiladi. Agar nam sharoitda reaktsiya davom 
ettirilsa, silikatlar hosil bo’ladi.
Kvartsni 575
0
С dan 870
0
С gacha qizdirganda, u tridimit holatga aylanadi, 
ya’ni hajmi kattalashadi. Uning bu xususiyati kvarts ishlatiladigan buyumlar 
tayyorlashda e’tiborga olinishi zarur. 1710
0
C da esa kvarts suyuqlanadi va tez 
sovitilsa, kvarts shishasi hosil bo’ladi. Kvarts sanoatda o’tga chidamli buyumlar 
(dinas) tayyorlashda, sopol buyumlari ishlab chiqarishda, kvarts qumi esa shisha 
sanoatida va silikat g’ishti, kislotaga chidamli sementlar ishlab chiqarishda, 
shuningdek, qorishma va betonlar uchun mayda to’ldirgich sifatida ishlatiladi.

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling