Muhandislik geologik tadqiqotlar


 Magmatik tog’ jinslarining ular tarkibidagi SiO


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/192
Sana20.10.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1713802
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   192
Bog'liq
-qullanma

 
7.2. Magmatik tog’ jinslarining ular tarkibidagi SiO
2
 miqdoriga qarab 
klassifikatsiyasi. 
Yuqoridagi jadvalda eng ko’p uchraydigan intruziv (chuqurlik) jinslari
va aynan o’xshashliklari, effuziv jinslari keltirilgan. 
Nordon jinslarda asosiy jins tashkil etuvchi minerallardan; kaliyli dala 
shpatlari (60% ga yaqin) va kvarts (30-35%) sanaladi. Qumtuproq tarkibi bo’yicha 
guruhlarga bo’linishi amaliy ahamiyatga egadir. SiO
2
miqdori kamayib borgan 
sari, ya’ni granitlardan gabbroidlarga yoki porfirlardan diabazlarga o’tishi sifatiga 
qarab zichlik, mustahkamlik, zarbiy qovushqoqlik ortib boradi, jinslarning erish 
harorati kamayadi, rangi esa qoramtir tus oladi. 


41 
Turli inshootlarni loyihalashda va qurishda magmatik tog’ jinslaridan 
juda keng foydalaniladi. Ularning ustiga inshootlar qurishda, ularni muhandislik - 
geologik nuqtai nazardan baholashda esa bu jinslarning mineralogik tarkibi, 
strukturasini, teksturasini, darzlarning xarakterini va nurashga uchraganligini 
hisobga olish zarur. Bulardan tashqari ularni fizik - mexanikaviy xossalarini 
o’rganish ham katta ahamiyatga egadir. 
Granitlar va ularga yaqin turadigan oraliq jinslar (granitoidlar) - kvarts
dala shpatlari slyuda ba’zan shox aldamchisi yoki avgitdan tuzilgan bo’ladi. 
Jinsning rangi kul rangdan qizil tusgacha o’zgarib, dala shpatining rangiga qarab 
o’zgaradi. Granit yuqori zichlik va mustahkamligiga ega bo’lishiga qaramasdan u 
ancha mo’rtdir, chunki uning cho’zilishga bo’lgan mustahkamligi, siqilishga 
mustahkamligiga qaraganda 40-60 marta kichikdir. Granitning suv shimuvchanligi 
1% dan kichik, sovuqqa chidamliligi - 200 sikldan yuqori, kam yeyiluvchan,
yuqori issiqlik o’tkazuvchanlikka ega. 
7.1-jadval 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling