Muhandislik geologik tadqiqotlar
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
-qullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vulqon tuflari
- 8. CHO’KINDI TOG’ JINSLARI VA ULARNING QURILISH XOSSALARI .
- Qum va shag’al
vulqon kullari, 5mm kattalikkacha bo’lganlari esa, - vulqon qumlari deyilib,
5mm dan 30 mm gacha bo’lganlari – pemzalar deb ataladi. Bu jinslar g’ovak tuzilishga ega bo’lib zichligi unchalik yuqori bo’lmasdan, issiqlik o’tkazuvchanligi kichik bo’lib - 0,13 - 0,23 VT/(M 0 C), siqilishga bo’lgan mustahkamligi - 2...3 MPa ni tashkil etadi. Pemza va pemza qumlarini yengil betonlarga to’ldirgich sifatida, issiqdan va tovushdan himoya qiladigan materiallar ishlab chiqarishda va buyumlarni jilvirlash materiali sifatida ishlatiladi. Bu tog’ jinslari amorf ko’rinishidagi qumtuproq va vulqon shishasidan tuzilgani bois, ulardan mineral bog’lovchi moddalar tarkibiga faol qo’shimchalar sifatida qo’shish mumkin. Vulqon tuflari - vulqon qumlarini tabiiy sementlanish, so’ngra zichlanish tufayli hosil bo’ladi. Ko’p zichlangan vulqon tuflariga trasslar kiradi. Qaynab, qizib turgan suyuq lava tarkibiga anchagina miqdorda vulqon kullari va qumlari aralashib, tufalova deb ataluvchi jinsni tashkil etadi. Ko’pchilik vulqon tuflari va tufli lavalar g’ovakli tuzilishga ega, ularning mustahkamligi yuqori bo’lmasdan, issiqlik o’tkazuvchanligi kichik bo’ladi. Rang - barang ko’rinishdagi bu jinslarga jilo berish osondir. Qurilishda tuflar devorga qirqib tayyorlangan tekis tosh, xarsang tosh sifatida devorga qoplanadigan plitalar ko’rinishida, maydalagichda yanchilib, siniqlari yengil betonga to’ldirgich sifatida aralashtiriladi. 45 8. CHO’KINDI TOG’ JINSLARI VA ULARNING QURILISH XOSSALARI . Cho’kindi tog’ jinslarining ko’pchiligi qurilish materiali ishlab chiqarish uchun xom ashyo bo’lib hisoblansa, ba’zilari bevosita qurilish toshlari sifatida ishlatiladi. Qum va shag’al - Magmatik, metamorfik va cho’kindi tog’ jinslarining nurashi natijasida hosil bo’ladi. Qumning o’lchamlari 0,14mm dan 5mm gacha, shag’alniki esa 5-70 mm bo’ladi. Qurilishda qumlardan qorishmalar tayyorlashda, ohak bilan aralashtirib silikatli buyumlar olish uchun, shag’alni esa betonga to’ldirgich sifatida ishlatiladi. Gillar - juda mayda zarrali yotqiziqlardir. Ular tabiatda tog’ jinslaridan granitlar, gneyslar singari dala shpatlari tarkibida bo’lgan jinslarni yemirilishidan hosil bo’ladi. Uning tarkibiga kaolinit gruppasiga kiruvchi minerallar, kvarts zarralari, slyuda, temir oksidi, kal’tsiy va magniy karbonatlar kiradi. Kaolinitli gillar (kaolinlar) oq rangga ega boshqa gillar tarkibidagi begona aralashmalar turi va miqdoriga qarab turli rangda, toki qora ranggacha bo’ladi. Gillar namlangandan so’ng plastik holatga o’tib, xoxlagan shaklga kira oladi. Uni kuydirilganda esa sun’iy tosh materialiga aylanadi. Gillar sopol materiallar, sement ishlab chiqarishdagi asosiy xom ashyodir. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling