Muhandislik geologik tadqiqotlar
ohaktoshlar deyilib, gil miqdori 6-20% bo’lsa - mergelli ohaktosh
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
-qullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chig’anoqtoshli ohaktoshlar
- Ohakli tuflar
ohaktoshlar deyilib, gil miqdori 6-20% bo’lsa - mergelli ohaktosh, gil miqdori
20% dan ko’p bo’lsa – mergellar deb ataladi. Mergel suvda turg’un emas, 47 sovuqqa bardosh bermaydi, shu sababli tosh o’rnida ishlatib bo’lmaydi, biroq sement ishlab chiqarishda bahosi yo’q xom ashyo hisoblanadi. Ohaktoshlar tarkibida gillarni juda oz miqdorda bo’lishi ham (3...4%), ularning suvda turg’unligini va sovuqbardoshligini kamaytiradi. Qurilish xossalari sifatini kamaytiruvchi yana bir mineral - bu piritdir - FeS 2 . Tarkibida qumtuproq bo’lgan ohaktoshlar, boshqa xillariga qaraganda mustahkam va turg’unroqdir. Tarkibida dolomit aralashgan ohaktoshlar, dolomitlashgan ohaktoshlar deb ataladi. Zich ohaktoshlar - Ularning zichligi 1800 kg/m 3 dan katta bo’lib, zichlangan mayda kal’tsit donachalaridan tashkil topgan bo’ladi yoki tabiiy sementlar (ohakli, ohak-qumli) bilan zichlashgan bo’ladi. Qurilishda bunday ohaktoshlar - tosh ko’rinishida, isitilmaydigan binolarda, devor urishda, poydevor toshi o’rnida, janubiy hududlardagi turar joy binolarining devorlarini qurishda, devorga qoplash uchun ishlatiladigan plitalar yoki bezakbop detallar ko’rinishida, soqol, karniz, zinapoyalarda, shuningdek betonga ishlatiladigan to’ldirgich o’rnida, yo’llar poyi uchun material; portlandtsement, ohaq ishlab chiqarishda asosiy xom ashyo sifatida ishlatiladi. Chig’anoqtoshli ohaktoshlar - dengizda yashagan mollyuskalarning chig’anoqlaridan hosil bo’lgan g’ovak tuzilishli, zichligi va mustahkamligi past bo’lgan jinsdir. Ulardan qurilishda devorga ishlatiladigan tosh o’rnida, devorlarni ustidan qoplanadigan material ko’rinishida, shuningdek, yengil betonga to’ldirgich sifatida ishlatiladi. Ohakli tuflar - kimyoviy yo’llar bilan hosil bo’lgan serg’ovak ohaktoshlardir. G’ovakli tuzilishiga ega bo’lishligiga qaramasdan ohakli tuflar yetarlicha sovuqqa chidamlikka ega, chunki ulardagi mayda yopiq g’ovaklar kam suv shimishni ta’minlaydi. Ohakli tuflarning o’zga ko’rinishidan biri - travertin tog’ jinsi bo’lib, mayda zich zarralardan tuzilgan mustahkam (siqilishga 48 mustahkamligi 80 MPa) jins, qurilishda binolarni sirtlarini qoplash uchun ishlatiladi. Dolomit - kimyoviy yo’l bilan hosil bo’lgan, dolomit minerallaridan tuzilgan jins. Xossalari jihatidan zich ohaktoshlarga yaqin turadi, ohaktoshlar qay maqsadlarda ishlatilsa, dolomitlar ham ana shu maqsadlarda ishlatiladi, shuningdek ulardan o’tga chidamli va issiqdan himoya qiladigan material tayyorlanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling