42
Granitga ishlov berish oson. Granitlarni binolarning old qismlarini,
gidrotexnik
inshootlarini qoplash uchun, pollar uchun plitkalar, zinalar uchun
yo’llarga
terish uchun, shuningdek betonga to’ldirgich sifatida, tosh terishda
ishlatiladi
Sienit - granitdan farqli o’laroq tarkibida kvarts bo’lmaydi,
asosan dala
shpatlari va to’q rangli minerallardan tashkil topgan (15% gacha). Tashqi
ko’rinishdan granitga o’xshab ketadi. Unda o’rta donali struktura mujassamlangan
bo’lib, rangi qoramtirroq. Xossalari granitga yaqin turadi, lekin turg’unligi
nurashga bo’shroq va osongina ishlov berish mumkin.
Diorit – 3/4 qismi dala shpatlaridan iborat va 25% gacha to’q
rangli
minerallardan tarkib topgan. Diorit - mayda va o’rta donali tuzilishga, kul rangli
yashil va to’q yashil rangli jinsdir. Qurilish xossalari jihatidan granitlardan bo’sh
kelmaydi, yuqori zarbiy qovushqoqliqqa ega. Ko’pincha dioritdan koshinlash
maqsadida va yo’l qurilishida ishlatiladi.
Gabbro - asosan dala shpati (50%gacha) va to’q
rangli minerallardan -
avgit, shox aldamchisi, olivindan tashkil topgan. Gabbro - yashirin kristalli bo’lib,
rangi och koramtirdan qora ranggacha bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: