Muhandislik geologik tadqiqotlar


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/192
Sana20.10.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1713802
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   192
Bog'liq
-qullanma

Kaolinit (Al
2
O
3
*2SiO
2
*2H
2
O) - alyuminiyning suvli silikatlari bo’lib, dala 
shpatlari va slyudalarning parchalanishdan hosil bo’ladi. Rangi begona 
aralashmalar bo’lmasa oq rangda bo’ladi, zichligi - 2600 kg /m
3
, qattiqligi - 1ga 
teng. Kaolinit va Al
2
O
3
nSiO
2
*mH
2
O turdagi suvli alyumosiliqatlar gillarni 
hosil qiluvchi asosiy minerallardir. Ular ohaktoshlar, qumtoshlar, gipslar va 
boshqa cho’kindi jinslar tarkibiga aralashgan bo’ladi. Ularning tog’ jinslarning 
tarkibida bo’lishligi, sovuqbardoshligi va suvbardoshligini kamaytiradi. 
Kal’tsit (CaCO
3
) - 3 yo’nalishli mukammal birikuvga ega. Zichligi 2700 
kg /m
3
, qattiqligi - 3 ga teng. Kal’tsit kislotalarda eriydi, suvda oz eriydi - (0,03 
2/l). Ohaktoshlar tarkibida eng ko’p tarqalgan mineral rangi oq, kulrang, ba’zan 
tiniq rangda bo’ladi.
Magnezit (MgCO
3
) - zichligi 2900-3100 kg/m
3
, qattiqligi 3,5-4,5 ga teng. 
Kal’tsitga ko’ra tabiatda kam tarqalgan. 
Dolomit (CaCO
3
MgCO
3
) - fizikaviy xossalari jihatidan kal’tsitga yaqin 
turadi, qattiqligi 3,5 - 4, zichligi 2900 kg/m
3
ga teng, mustahkamligi yuqori. Rangi 
aralashmalar borligiga qarab, oqdan to’q kul ranggacha o’zgaradi. Ohaktoshlar va 
boshqa cho’kindi jinslar tarkibida uchraydi. 
Gips (CaSO
4
*2H
2
O) - kristall tuzilishli mineral bo’lib, kristallari - donador, 
ustunsimon, plastinkasimon, ninasimon va tolali tuzilishga ega bo’lishi mumkin. 
Rangi oq bo’lsada, aralashmalar borligiga qarab rangi o’zgarib boradi. Bir xil 
yo’nalishli birikishga ega. Gipsning zichligi - 2300 kg /m
3
, qattiqligi - 2 ga teng 
bo’lib, suvda osongina eriydi. Gips tog’ jinsini tashkil etadi. 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling