Muhandislik geologik tadqiqotlar


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/192
Sana20.10.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1713802
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   192
Bog'liq
-qullanma

12.4 – rasm. 1 – uzilma; 2 – pog’onali uzilma; 3 –graben’; 4 – gorst. 
Agar, aksincha, bir joyning o’rtasi pasayib yoki ko’tarilib qolsa, u holda 
graben’ hosil bo’ladi. 
Sinish - Yer qobig’idagi ancha uzunlikkacha cho’zilib borgan yirik 
uzilmalardir. Litosferaning qalinligiga teng keladigan ancha chuqurliklardagi 
sinishlar - ichki sinishlar deb ataladi.
Ichki sinishlar (uzilishlar) uzoq muddatli bo’lib, ancha katta maydonlarda 
tarqalgan bo’ladi. Yer qobig’ining yuzasi uzilishlar bilan turli shaklli va o’lchamli
bo’laklarga bo’linganga o’xshaydi. Ajralgan bo’laklar chegaralari bo’shroq 


67 
maydonlar (choklar) ni tashkil etadi. Ana shu sababdan yerning ichki kuchiga 
bog’liq bo’lgan hodisalar, yer qobig’ini biror maydonini ko’tarib yoki tushirsa, 
shu maydon shakli yerning ichki uzilishidan hosil bo’lgan to’rlar tuzilishi shaklini 
oladi. Ichki uzilishlar yo’nalishiga qarab, butun tektonik zonalar aniq bir 
yo’nalganlikka ega bo’ladi. Agarda geologik yoki tektonik xaritaga qaraladigan 
bo’lsa, Baykal ko’lidan toki Italiyagacha bo’lgan tizmalar bir xil, shimoliy-
sharqiy yo’nalish tomonga cho’zilgandir. Yer qobig’ining ichki uzilishlar bo’yicha 
bo’linishi ichki geologik jarayonlar o’zgarishida asosiy rolni o’ynaydi. Yer 
qobig’ining pul’siv tebranma harakati katta maydonlarda ro’y beradi va katta 
amplitudali tez ko’chishlar bilan xarakterlanadi. Pul’satsion tebranishlar yer 
qobig’ining chuqur qismida ro’y berayotgan bukilmali xarakatlar bilan 
chambarchas bog’liqdir. Ular bukilmali xududlarni Yer yuzasiga tog’lar
ko’rinishida ko’tarib chiqadi. Shundan ko’rinadiki bu xodisa tufayli yer 
qobig’ining maydonlarining ko’tarilishi va pasayishi o’zgarishi nisbati tezlashadi, 
va qirg’oq yo’llarini tez o’zgarishiga sabab bo’ldi. Ko’rsatilgan ushbu ikki 
omillarni faoliyati natijasi orqali ko’rsatish mumkin: bu litologik tarkibini
jinslarni qatlamlanishi, shuningdek qatlamlar orasi bo’linishligidir. Bukilmali 
xarakatlar bukilmalardagi qatlamlarni ezilishiga sabab bo’ladigan, yer qobig’ining 
plastik deformatsiyasi natijasida hosil bo’ladigan xarakatlardir. 
Agarda bosim uzoq vaqt davom etadigan bo’lsa xar qanday mustahkam 
jins va minerallar ham deformatsiyaga uchrashi mumkin. 
Tashqi kuch ta’sirida jinslarning uzoq muddatli deformatsiyalari siljish 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling