Muhandislik geologik tadqiqotlar


Tog’ jinslarining yotish sharoitlarini ahamiyati


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/192
Sana20.10.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1713802
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   192
Bog'liq
-qullanma

 
12.4.Tog’ jinslarining yotish sharoitlarini ahamiyati. 
Tog’ jinslarining yotish sharoitini o’rganish va ayniqsa jinslarni buzilishi 
va ularning qiyaligi qurilish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Muxandislik-
geologik nuqtai nazardan gorizontal yotgan, bir tarkibli va anchagina katta 
qatlamlar qulay hisoblanadi . 
Bunday hollarda bino va inshootlarning poydevorlari bir jinsli gruntli 
muhitda bo’lib, inshoot og’irligi ta’siridan bo’ladigan cho’kishlar bir tekisda 
bo’ladi.
Bunday sharoitlarda inshoot eng qulay turg’unlikka ega bo’ladi. 
Dislokatsiyalarni bo’lishligi, qurilish maydonining injenerlik-geologik 
sharoitini o’zgartirib, qiyinlashtiradi. Inshoot asosidagi gruntlarni bir jinsligi 
buziladi, parchalanish zonalari xosil bo’ladi, jinslarning mustahkamligi kamayadi, 
yoriqlar bo’yicha siljishlar ro’y beradi, yer osti suvlari harakatlanadi.
Qatlamlar qiyshaygan xolatda bo’ladi. Qatlamlarning tushish qiyaligi - 
katta injenerlik-geologik ahamiyatga egadir. Qatlamlarning notekis qiyalab yotishi 
natijasida inshootning turli qismlari, xar - xil jinslar ustiga joylashishi mumkin. 
Bu esa qatlamlarning notekis qisilishi va binoning xamma bo’laklarini turlicha 
cho’kishi oqibatida, butun inshoot deformatsiyalanishi mumkin. 
Bukilmalarni murakkab xarakterdan tuzilishi, kichik o’lchamli bo’lishi, 
uning ustiga qurilgan binoning noqulay sharoitda qoldiradi. Gilli jinslardan tashkil 
topgan qatlamning yetarli darajada qiyshaygan bo’lsa, qiyaliklarda ko’pincha 
surilish xodisasi ro’y berishi mumkin. Bukilmali dislokatsiyalar ko’pincha 
uzilma va siljishlarni vujudga keltiradi. Agar qurilish maydoni ancha cho’zilgan 
uzilma yoki siljish zonasiga to’g’ri kelib qolsa, unda inshoot qurilish joyini sinish 
chizig’idan uzoqroqda joylashtirish kerak. Sinish chizig’ini berkitib, ustiga inshoot 


72 
qurish xavflidir. Qurilish maydonini injenerlik-geologik baholashda, butun tog’li 
rayonning geologik shakllanish tarixini hisobga olish lozimdir. 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling