Muhandislik geologik tadqiqotlar


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/192
Sana20.10.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1713802
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   192
Bog'liq
-qullanma

Absolyut geoxronologik - bu absolyut geoxronologik yil hisobidir. 
Geologik vaqtlar - million yillarni tashkil etadi. Tog’ jinslarini yil hisobida
ifodalangan yoshi ularning absolyut yoshi deb ataladi. Tog’ jinslarining absolyut 
yoshini aniqlashda radioaktiv usuldan foydalanib, bu usul radioaktiv elementlar 
(uran, toriy, rubidiy, kaliy) parchalanishiga asoslangan. Tabiatda radioaktiv 
moddalar parchalanishi bir xil tezlikda, atrof muhit sharoitiga bog’liq bo’lmagan 
holatda ro’y beradi. Parchalanishning so’nggi natijasi mahsuloti - dastlabki 
elementga mos keluvchi, radioaktivligi bo’lmagan qo’rg’oshindir. Yemirilishi 
jarayoni davomiyligi har qaysi radioaktiv element uchun turlichadir. Masalan; 1 
gramm urandan parchalanish natijasida, bir yilda qancha qo’rg’oshin hosil 
bo’lishini bilgan holda va shu mineralda ularning birgalikdagi miqdori 
qanchaligini aniqlab, ma’lum hisoblashlar orqali tog’ jinsidagi mineralning
absolyut yoshini aniqlash mumkin. Uglerod C
14
ning yarim parchalanish davri 
5568 yilga teng, bu usul yordamida yosh tog’ jinsi qatlamining yoshini belgilash 
mumkin.
Radiometrik usul - yerdagi hayotning boshlanish vaqti, yer qobig’idagi 
rivojlanishidagi tarixiy voqealar, yerning yoshini aniqlashga imkon beradi.


62 
12. YERNING TUZILISHIDA TEKTONIK HODISALARNING O’RNI. 
TEKTONIK HARAKATLARNING TURLARI VA YER
QATLAMLARINING YOTISH SHAKLLARI 
 
Yerning ichki kuchiga bog’liq bo’lgan geologik hodisalar 
Yerning ustki qavati (litosfera) uzluksiz ravishda doimo harakat qilib, 
tebranib va o’zining geomorfologik qiyofasini o’zgartirib turadi. O’zgarishlarni 
hosil bo’lishiga sabab bo’lgan jarayonlar yerning ichki kuchiga bog’liq bo’lib, ular 
endogen jarayonlar deb ataladi. Endogen kuchlar ta’sirida - yer qobig’ining 
tuzilishi harakati, tebranishi, ko’tarilishi va pasayishi singari tektonik hodisalar 
yuz beradi. Yer yuzida sodir bo’ladigan tashqi kuchlar ta’sirida yer yuzasi 
o’zgaradi va bu kuchlarni ekzogen kuchlar deb ataladi. Endogen va ekzogen 
kuchlarni birgalikdagi ta’sirida, Yerning hozirgi qiyofasi - ya’ni quruqliklar
tog’lar, tekisliklar va okeanlar ko’p yillar davomida vujudga kelgan. 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling