Muhandislik geologik tadqiqotlar


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/192
Sana20.10.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1713802
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   192
Bog'liq
-qullanma

14.10rasm. Kotlovan atrofiga o’rnatilgan shpuntli devorlar. 
3.Plivunlarni muzlatib kuyish usuli qo’llanganda, qumning mustaxkamligi 
vaqtincha ortadi. Buning uchun kotlovan atrofiga maxsus moslama bilan
sovutilgan CaCl
2
– eritmasi bosim ostida yuborib turiladi. Eritmaning kotlovan 
atrofida aylanishidan jinslar - 20
0
C dan - 40
0
C gacha muzlaydi. Bu kotlovan 
atrofida suv o’tkazmaydigan muzlagan qatlam hosil bo’lishini ta’minlaydi.
1.Plivun tarkibidagi suvni havo bilan siqib chiqarish. Buning uchun plivun 
ustiga kesson o’rnatilib, uning ichiga 0,25 Mpa havo bosimi beriladi. Bosim 
ta’siridan plivunlar tarkibidagi suv, havo bilan har tomonga tarqalib, u 
suvsizlanish natijasida suyuqlanishdan to’xtaydi. Shundan so’ng qotgan plivunni 
bemalol qazib olish mumkin bo’ladi. Bu usulning kamchiligi, uni katta 
maydonlarga tarqalgan plivunlarda ishlatib bo’lmasligidadir. 
2.Plivunlarning ichiga suyultirilgan shisha moddasini yuborish usuli – 
silikatlash deb ataladi. Buning uchun burg’ quduqlari qazilib, qum qatlamlar 
ichiga trubalar orqali suyuq shisha va suyuq kal’tsiy xlorid yuboriladi. Eritmalar 
qum qatlamiga shimilib, uni qattik tog’ jinsiga aylantiradi. Ushbu usul ancha 
qimmatliligiga qaramasdan, juda samarali natijalarni beradi. 


118 
14.9.Suffoziya 
Yer osti suvlari harakatidan, qum, tosh, shag’al qatlamlari hamda tog’
jinsi darzliklarini to’ldirgan mayda zarralar, holatiga kelib, ular yer osti suvlari 
bilan yer yuzasiga chiqadi. Yer osti suvini, o’z yo’lidagi tog’ jinslarini o’yishi – 
suffoziya hodisasi deb ataladi. Suffoziya 2 xil – mexanik va kimyoviy 
suffoziyalarga bo’linadi:
- Mexanik suffoziyada fil’trlanib o’tayotgan suv, qum va shag’al
qatlamlari dagi mayda jinslarni (gilli, changli yoki qumli) harakatlantirib, o’zi 
bilan olib chiqadi;
- Kimyoviy suffoziyada esa – yer osti suvlarini tog’ jinslarini eritishidan 
hosil bo’ladi va ko’pincha karstlanish jarayoniga yaqin turadi. Kimyoviy suffoziya 
asosan lyoss va lyossimon jinslar tarqalgan joylarda uchraydi.
Inshootlarni loyihalash va qurishda bajariladigan muhandislik – geologik 
ishlarda suffoziya hodisasini o’rganish uchun tog’ jinslarini granulometrik
tarkibini, xar – xilligini, fil’trlanish oqimi tezligini, oqim gradientini, suffoziya 
uchragan tog’ jinslarining fizikaviy - kimyoviy xossalarini, granulometrik va 
mineralogik tarkibini, suvda oson eriydigan tuzlarning yotishi, g’ovakliligi, suv 
o’tkazuvchanligi va boshqa xossalarini nazarda tutish kerak. Suffoziyaning oldini 
olish choralaridan biri unga uchraydigan joy qatlamlarini yer osti va atmosfera 
yog’inlaridan saqlashdir. Shu maqsadda ochik lotoklar yotqiziladi. Yer osti 
suvlarini tartibga solish, yo’nalishini o’zgartirish uchun ochiq yoki yopiq zovurlar 
qaziladi. Yer osti suvlari harakatini kamaytirish maqsadida, suvli qatlamlarga 
suyuq shisha, sement qorishmalari yoki gilli qorishmalar yuboriladi.

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling