Muhandislik geologik tadqiqotlar
Daryolarning geologik ishi
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
-qullanma
14.7.2.Daryolarning geologik ishi Ko’p aholi yashaydigan punktlar, sanoat markazlari, qishloq xo’jalik maydonlari daryo vodiylariga joylashgan. Daryo geologik nuqtai nazardan uch qismdan iborat bo’ladi; yuqori, o’rta, va quyi oqim. Daryolarning suv oqadigan joyi o’zan deb ataladi. Issiq kunlar boshlanishi bilan tog’lardagi qor va muzlar erishi va bahordagi yog’ingarchilik ko’pligi tufayli suv sathi ko’tariladi, ba’zan qirg’oqlarga chiqib ketadi, ularni yemiradi. Daryo boshlanish qismidagi tog’ jinslarini yuvib kelib, o’z yo’lida o’rta yoki quyi qismlarida ularni yotqizadi, natijada allyuvial yotqiziqlar hosil bo’ladi, buni akkumulyatsiya jarayoni deyiladi. Allyuvial yotqiziqlarni tashkil qilgan jinslar donalari saralangan, silliq- langan bo’ladi. Daryo suvlari o’zan tubi va yonlarini to’xtovsiz yemiradi. Bunga daryo eroziyasi - deyiladi. Daryo quyiladigan suv havzasi sathi eroziya bazisi deyiladi. Masalan, Chirchiq va Ohangaron daryolari eroziya bazisi, Sirdaryoning suv sathi hisoblanadi. Sirdaryoning eroziya bazisi bo’lib, Orol dengizining sathi hisoblanadi. O’zan va qirg’oqlarning yuvilishi natijasida daryoning ikkala qirg’oqlarida pog’ona - pog’ona shaklidagi balandliklardan iborat supachalar hosil bo’ladi, bular daryo terrassasi deb ataladi. Daryo terrassasi o’z tuzilishiga qarab, uchga; erozion (yuvilgan), erozion akqumulyativ (yuvilib yig’ilgan) va asosli terrassalarga bo’linadi. 110 Erozion terrassalar daryo qirg’oqlarida tub jinslarning yemirilishidan hosil bo’ladi (14.8- rasm). Erozion akkumulyativ terrassa daryo yotqiziqlarining qayta-qayta yuvilib tagi ochilishi natijasida hosil bo’ladi. (14.9-rasm) Daryo vodiysida erozion va akqumulyativ sikllarning bir necha marta takrorlanishi tufayli erozion va akqumulyativ terrasalar hosil bo’ladi. Terrasalar vodiy yonbag’ri bo’ylab qiya suppachalar shaklida tarqalgan bo’ladi, bunday suppachalarning soni har xil bo’lib, 3 dan 20 tagacha bo’ladi. Tuzilishiga ko’ra terrasalar: allyuvialli, to’la allyuvial, yotqiziqlaridan iborat, erozion - tub jinslardan tashkil topgan bo’lib, allyuvial jinslar bilan qoplangan bo’ladi. 14.9 – rasm. Daryo erozion – akkumulyativ terrasalarining ko’ndalang kesimi: daryo dastlab aa, keyin bb va vv punktir chizislar bo’yicha oqqan; I,II, III, IV erozion – akkumulyativ terrasalar. Daryolarning yemirilib borishi, uning yaqinidagi aholi yashaydigan joylarga, sanoat inshootlariga va ayniqsa ko’priklarga zarar yetkazishi mumkin. Ko’priklar uchun tag va yon eroziya ham xavfli hisoblanadi. Ko’prikning tayanch ustunlari suvning oqimi va o’zanida bo’lsa, oqim yuzasi bu zonada kichikligi sababli suvning tezligi katta bo’lib, tagi tez yuvila boshlaydi. Ko’priklarni yemirilishidan saqlash chorasi, tayanch asosini iloji 111 boricha chuqurrok joylashtirish, va qo’shimcha chora sifatida xarsang tosh, og’ir yuklarni ko’prik asosiga tashlashdir. Yon tomonni yuvilishdan saqlash uchun qirg’oq ihota qismlarini mustahkamlash zarurdir. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling