Muhandislik geologik tadqiqotlar


Vaqtinchalik suvlar eroziyasi va jarliklarni hosil bo’lishi


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/192
Sana20.10.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1713802
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   192
Bog'liq
-qullanma

 
14.7.1.Vaqtinchalik suvlar eroziyasi va jarliklarni hosil bo’lishi. 
Vaqtinchalik oqimlar, erigan qor suvlari va yog’in suvlaridan hosil bo’ladi. 
Ularning yemirilishi faoliyati tufayli jarliklar hosil bo’ladi. Yog’in suvlari yer 
yuzasining chuqurchalari ustida to’planib, ularni asta - sekinlik bilan yuvib, 
o’pqonlar, o’nqir - cho’nqirlar hosil qila boshlaydi. Tog’ jinslarining qattiqligi 
yoki yumshoqligiga qarab, bir joyi sekin, ikkinchisi tez yuvila boshlaydi. Natijada 


108 
yon bag’irlikning ustki qismida turli tomonga yunalgan yoki parallel jo’yaklar 
hosil bo’ladi. Jo’yaklarning ba’zilari yonbag’irliklarning quyi qismida birlashib 
chuqur va katta jo’yaklar hosil qiladi 
(14.7 - rasm).
 
14.7-rasm. Jarliklarning kengayib 
borishi: I-jarlikni bo’ylama qirqimi; 
1-boshi, 2-asosi, 3-cho’qqisi, 4-jarning 
kengaish tomoni, 5-chiqish konusi,
6-yemirilish bazisi. II-jarlikning 
ko’ndalang qirqimi; 1-faol jarlik,
2-balka III- faol jarlikning elementlari; 
a) oqim boshi. IV-jarlikning ko’rinishi. 
Vaqtinchalik suvlarning yemirish faoliyati bir kancha omillarga bog’liq 
bo’ladi: 
O’simlik qatlamida oson yuviluvchi, bo’shoq, bog’lanmagan jinslarning 
mavjudligi, jalalarning yog’ishi, daryo oqimlarining yemirilish bazisini pastda 
joylashganligi, yuzani nishabligi kattaligi, jinslar tarkibidagi tuz miqdorini oz 
bo’lishi - bu omillarga misol bo’la oladi. Jarliklarni hosil bo’lishi va uni kengayib 
ketishi, ekinzor yerlarga, aholi yashash joylariga va inshootlarga katta xavf soladi. 
Jarliklar yaqinida bo’lgan inshootlar zamini yuvilib ketavergach, o’zining 
turg’unligini yo’qotadi. Shuni ham aytish kerakki, sug’oriladigan rayonlarda 
sug’orish irrigatsiya eroziyasi ham sodir bo’ladi. U sug’oriladigan baland - 
pastliklarda sug’orish texnikasiga yetarli rioya qilmaslik oqibatida kelib chiqadi. 
Eroziya tufayli suv jo’yaklarni yuvib, daladan ko’p mayda zarralarni oqizib ketadi, 
tuproq unumdorligi pasayadi, o’simlik yaxshi o’sa olmay, hosili kamayadi. 
Jarliklarni hosil bo’lmasligi uchun turli tadbirlar qo’llaniladi. Ular aktiv va passiv
bo’lishi mumkin. Jarliklarni oldini olish passiv tadbirlardan; Jarliklar yaqinidagi, 
o’rmonzorlarni kesmaslik, yer haydamaslik, mol boqmaslik va x.k.


109 
14.8 - rasm. Daryo erozion 
terrasalarining ko’ndalang 
kesimi: daryo dastlab aa1, keyin 
vv1 punktir chiziqlari bo’yicha 
ossan; I va II erosion terrasalar. 
Jarning kengayib ketmasligi uchun ko’riladigan aktiv chora - tadbirlarga 
yuzadagi suvlar harakatini tartibga solish (chuqurliklar va lotoklar yotqizish); 
jarning tubini kichik to’g’onlar qurish yo’li bilan yuvilishdan saqlash, qirg’oqlarni 
mustahkamlaydigan o’simliklar o’tqazish hisoblanadi.

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling