Muhandislik geologik tadqiqotlar
Sel harakati yoki tranzit zonasi -
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
-qullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Yig’ilish zonasi
- 14.7. Eroziya
2.Sel harakati yoki tranzit zonasi - Unga sel oqimi harakat kiladigan
daryo o’zani va uning irmoqlari kiradi. Kichik jilg’alar bir - biriga qo’shilib yo’l - yo’lakay o’zi bilan parchalangan jinslarni oqizib borib, uchragan to’siqlarni buzib ketadi. 3.Yig’ilish zonasi - bu zonaga past tekisliklar kirib, sel tog’lardan oqizib kelgan jinslarni shu yerda to’playdi. Sel oqimining miqdori va yo’nalishi tekisliklarda regionning umumiy geologik tuzilishiga qarab, o’zgarib boradi. Sel hodisasi Yer sharining hamma tog’lik rayonlariga xos bo’lib, bizning mamlakatimizda esa Toshkent viloyati tog’ oldi rayonlarida, Chirchiq, Oxangaron daryolari vodiylarida, Namangan, Andijon viloyatlarinining tog’ oldi rayonlarida ro’y beradi. Mamlakatimizda 1870 yildan 1964 yilgacha 2079 marta sel hodisasi bo’lib, P.M. Karpov ularni 4 tipga bo’ladi: 107 1) Loyqa toshli - 909 ta; 2) Suv toshli - 336 ta; 3) Loyqa selli - 261 ta; 4) Tipi aniqlanmagan sel - 570 ta. O’rta Osiyodagi prolyuvial lyoss jinslari sel yotqiziqlari bo’lib, suvning ohakli tog’ jinslarini va dala shpatining kaolinlanishi natijasida lyoss jinslari karbonatlashadi. Sel oqimlari xalk xo’jaligiga katta zarar yetkazadi, yo’ldagi uchragan narsani vayron kilib, ekinzorlarni ko’mib yuboradi. Sellarga qarshi ko’riladigan kurash sermashaqqat va sarf - harajatlarni ko’p talab etadi. Sellarga qarshi kurashning eng samarali usullaridanbiri; tog’ yon bag’irliklarida daraxtlar o’tqazishdir. Daraxt o’z ildizlari bilan tog’ jinslarini mahkam ushlaydi, nurashdan, yuvilib ketishdan saqlaydi. Lekin bu usul ancha vaqtni talab etadi. Kerakli paytlarda - selning harakatlanish zonasida, selning yo’nalishini o’zgartiruvchi har - xil inshootlar qurish, selning bir necha yo’nalish- larini o’zgartiruvchi moslamalar, shuningdek tirgak devorlar qurish shular jumlasidandir. 14.7. Eroziya Nurash mahsulotlarini - loyqa, qum, shag’alni doimiy shag’al suvlar va vaqtinchalik bo’lgan oqimlar oqizib, yuvib ketadi. Yuvib, oqizib ketuvchi (erozion) jarayonlar Yer relyefining shakllanishda asosiy rolni o’ynaydi. Eroziya jarayonining tag (chuqurlik) turi suv oqimining chuqurligi buyicha tog’ jinslarni yemiradi, yon eroziya esa suv oqimining yon tomonidagi tog’ jinslarini yemiradi. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling