Muhandislik geologik tadqiqotlar


 Selning geologik ishi va prolyuvial tog’ jinslari


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/192
Sana20.10.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1713802
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   192
Bog'liq
-qullanma

14.6. Selning geologik ishi va prolyuvial tog’ jinslari 
Sel so’zi arabchadan olingan bo’lib «tez oquvchi suv» degan ma’noni 
bildiradi. Tog’lik rayonlarda muzning, qorning erishi, yomg’ir va jalalar yog’ishi 
natijasida hosil bo’lgan o’zanli, vaqtincha katta tezlikdagi suvlar oqimi o’z yo’lida 
tog’ jinsi parchalarini surib ketib, pastga tomon oqizib ketadi. Bu vaqtinchalik 
katta kuchga ega bo’lgan suv oqimini sel deb ataladi. Sel ichidagi aralash tog’ 
jinslari bo’lganligi uchun uning zichligi 1,2 - 1,8 g/sm
3
, tezligi esa 10 - 15 km/soat 
ga yetadi.
Sellar quyidagi sharoitlarda hosil bo’ladi: 
-kuchli jala yog’ishi yoki qorning shiddat bilan erishi; 


106 
- tog’ yon bag’irliklari, vodiylar o’zanlarining nishabligi 35 % dan ko’p 
bo’lishligi; 
- nurashdan maydalangan jinslarning tog’ yon bag’irliklarining havzalarida 
yig’ilib, katta miqdordagi bo’sh jins uyumlarini to’planishi. Sel massasi taxminan
50 - 60% har - xil tosh parchalari, qumlardan, gillardan va o’simliklar tanalaridan 
iborat bo’ladi. Shu bilan bog’liq holda, sellar tez yemiriluvchi jinslar (gilli, 
slanetsli) joylashgan tog’li qurg’oq hududlarga xosdir. Bunday hududlarda tog’ 
jinslarini nurashi natijasida to’planib qolgan bo’sh jinslar uyumi to’plangan 
bo’ladi. Hosil bo’lish manbaiga qarab sel regional yoki mahalliy xillarga
bo’linadi. Ularning birinchisi, joyning geologik va geomorfologik sharoiti bilan
chambarchas bog’liq holda, yog’in ko’p va tez yog’ishidan sodir bo’ladi. Mahalliy 
sel esa mahalliy qatlamlari birdan erishi natijasida tog’liklardagi ko’llardagi suv 
ko’payishidan, bu ko’llar havzalarining ayrim joylari o’pirilishidan vujudga 
keladi. Sel xodisasi sodir bo’ladigan havza 3 zonaga bo’linadi. 
1.Ta’minlanish zonasi - Bunga baland tog’li rayonlardan tog’ oldi 
rayonlarini ham o’z ichiga olgan territoriyalar kiradi. Suv o’zining dastlabki 
harakatini, tog’ jinslaridan iborat sel massasining asosiy qismini ham shu yerda 
yig’adi. 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling