Muhandislik geologik tadqiqotlar
ν orqali belgilasak, ν
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
-qullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Q=K*F j ν =K (16.3) Bu yerda; K
ν
orqali belgilasak, ν = K f J bo’ladi. Demak, Darsi qonuniga kura, tog’ jinslaridagi suvning filtrlanishi yoki harakat tezligi ν bosim gradienti yoki oqim qiyaligi J ga to’g’ri proporsional. Agar J= l Н q1 deb qabul qilinsa, unda ν = K*J tenglama ν = K f ko’rinishni oladi, ya’ni bosim gradienti J= l Н q1 bo’lganda fil’trlanish koeffitsienti son jihatidan fil’trlanish tezligiga tenglashadi. Darsi qonuni yer osti suvlari dinamikasining asosiy qonunidir. Amaliy ishlarda bu qonun g’ovakli suvga to’yingan jinslar, mayda darzlari bo’lgan darz ketgan jinslar shuningdek, darzlari mayda parchalangan materiallar bilan to’lgan darzli jinslarda aniq natijalarni beradi. Fil’trlanishning chiziqli qonuniyati suvning tezligi 0,5 sm/sek (400 m/sut) dan oshganda chetga og’ishi kuzatiladi. Chunki tezlik bundan oshganda oqimning turbulent, ya’ni girdobli harakati kuzatiladi. Suv oqimining turbulent harakati yirik g’ovaklarda, ayniksa karstli bo’shliqlarda uchraydi. Fil’trlanishning chiziqli qonuniyati suv olinadigan inshootlar oldida, sun’iy ravishda katta nishoblik va katta tezlik hosil kilinadigan joylardagi oqimlarda uchraydi. Turbulent oqimi Shezi - Krasnopol’skiy formulasi buyicha aniqlanadi; Q=K*F j ν =K (16.3) Bu yerda; K- Darsi formulasidagi yuza fil’trlanish koeffitsientiga o’xshash qiymatdir, formuladagi ko’ndalang kesim yuza F, fil’trlanib o’tayotgan 138 butun oqimning yuzasidir, shu sababli fil’trlanish tezligi ν - ham suv oqimining o’rtacha haqiqiy tezligi U dan farq qiladi. Haqiqiy tezlik (U)– nF yuzali g’ovaklikdagi suvning tezligi bo’lib, bu yerda n – suv sig’imli jinsning g’ovakligidir. Haqiqiy tezlik U: Uq n V n F Q (16.4) Uning o’rtacha qiymati har doim fil’trlanish tezligidan katta bo’ladi. Oqimning haqiqiy tezligi, kerakli uchastkada tajriba yo’li bilan aniqlanadi. Tajribada uchun qazilgan burg’ qudug’i yoki shurfdagi yer ostidagi suvga turg’un indikator (rang) tushiriladi va suvning harakat yo’nalishi bo’yicha bir necha metr uzoqlikda kovlangan kuzatish quduqda rangning sizib kelish vaqti aniqlanadi. Rangni oqib kelishi uchun ketgan vaqt, quduqlar orasidagi masofa aniqlanib, suv oqimining haqiqiy fil’trlanish tezligini aniqlash mumkin. Yer osti suvlarining harakati turli tabiiy sharoitlarda: fil’trlanish xossalari bo’lgan suv shimuvchi muhitlarda, suvli qatlamlar havzalarini yotishi va ularni ta’minlashi, bo’shalishi xususiyatlari bilan bog’liq holda, turli oraliqli ko’rsatgichlarda bo’ladi. Qurilishda amaliy masalalarni yechishda (xandaklarga suvni oqib kelishi, suv sarfi, fil’trlanish) yer osti suvlarini tabiiy sharoitlarda tarqalishini hisobga olish lozim. Hisoblashlardagi fil’trlanish koeffitsienti tog’ jinsining o’zidan suv o’tqazish qobiliyatini ko’rsatadi. Fil’trlanish koeffitsienti turli jinslarda turli kattaliklarda bo’ladi. Ba’zi bir tog’ jinslari uchun fil’trlanish koeffitsientlari 16.1 - jadvalda ko’rsatilgan. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling