Muhandislik texnologiyalari
Download 139.24 Kb.
|
Xususiy umumiy iqtisodiy muvozanat (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy muvozanatlik
- Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar (2022- yil yanvar-iyun)
Iqtisodiy muvozanatlik - bu makroiqtisodiyot darajasida jamiyat ehtiyojlariga mavjud iqtisodiy resurslar miqdorining va ijtimoiy ishlab chiqarish natijalari hajmi hamda tarkibining o’zaro mos kelishligini xarakterlaydi.
Iqtisodiy muvozanatlik milliy iqtisodiyotning turli darajasidagi (mikro va makro) har xil muvozanatliklarni qamrab oladi. Bu barcha muvozanatliklarni shartli ravishda umumiy va xususiy muvozanatliklarni ajratib ko’rsatish mumkin. Umumiy muvozanatlik makroiqtisodiy muvozanatlikni ancha to’liq darajada ifodalaydi. Umumiy muvozanatlik - bu jamiyatning barcha ehtiyojlari (aholi, davlat, korxona) va milliy ishlab chiqarish real hajmining o’zaro mos kelishlik darajasini bildiradi. Xususiy muvozanatlik – bu ikkita o’zaro bog’liq bo’lgan iqtisodiy miqdorlar yoki iqtisodiyot tomonlarining miqdoran teng kelishidir. 1.1-jadval Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar (2022- yil yanvar-iyun)
Xususiy muvozanatlik ishlab chiqarish va iste’mol, aholining sotib olish layoqati va tovarlar taklifi byudjet daromadlari va xarajatlari, alohida tovarlarga bo’lgan talab va taklif o’rtasidagi muvozanatliklar ko’rilgandagina yuzaga chiqadi. Bu muvozanatliklar ichida mamlakatimiz Shunday qilib, iqtisodiy muvozanatlik o’zining barcha shakllari bilan birgalikda inqirozsiz va ijtimoiy iqtisodiy larzalarsiz rivojlanishni xarakterlaydigan iqtisodiy idealdir. Real iqtisodiy hayotda makroiqtisodiy muvozanatlik talablari turli tuman beqarorliklar ta’sirida buzilib turadi, biroq iqtisodiy muvozanatlik nazariy modelini bilish, real jarayonlarning ularning ideal andozasidan farq qilinishini keltirib chiqaradigan aniq omillarni aniqlash, iqtisodiyotning optimal holatida faol hal qilinishini ta’minlash yo’llarini topish imkonini beradi. Milliy iqtisodiyot darajasida to‘liq bandlikka va barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish, inflatsiyani eng kam darajaga keltirish makroiqtisodiy muvozanatlikni taqozo etadi. Iqtisodiyot fan tarixida iqtisodiy muvozanatlik tushunchasiga turlicha qarashlar mavjud bo‘lib, ularni umumlashtirilgan holda ikkita yo‘nalishga ajratish mumkin. Birinchi yo‘nalish bevosita «iqtisodiy muvozanatlik» tushunchasining vujudga kelish va rivojlanishining tarixiy bosqichlari bilan bog‘liq bo‘lib, bunda mazkur tushuncha «umumiy bozor muvozanati» sifatida talqin qilinishi darajasigacha yetib keladi. Bu yo‘nalishda iqtisodiy muvozanatlikning ko‘plab modellari mavjud bo‘lib, ular turli davrlarda bu muammoga har xil qarashlarni aks ettirgan: Oddiy takror ishlab chiqarish modeli. (F. Кene tomonidan XVIII asrda Fransiya misolida tushuntirilib berilgan). Oddiy va kengaytirilgan ijtimoiy takror ishlab chiqarish nazariyasi. (XIX asrda klassik iqtisodchilar tomonidan asoslab berilgan). Erkin raqobat qonuni amal qilgan sharoitda umumiy iqtisodiy muvozanatlik modeli. (L. Valras tomonidan asoslagan). «Xarajatlar – mahsulot ishlab chiqarish» modeli. (V. Lontev asos solgan). Qisqa davrli iqtisodiy muvozanatlik modeli. (D.Кeyns siklik rivojlanishni tahlil qilish orqali ko‘rsatib bergan). Кengayib boruvchi iqtisodiyotda muvozanatlik modeli (Dj. Neyman tahlil qilgan). Iqtisodiy muvozanat nazariyasiga ilk fikrlar klassik siyosiy iqtisod asoschilaridan biri A. Smit tomonidan «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risida tadqiqot» nomli asarida berilgan bo‘lib, unda iqtisodiy munosabatlarning barchasi bozor mexanizmi yordamida tartibga solinishi, talab va taklif o‘rtasidagi muvozanat faqat bozor mexanizmi yoki «ko‘rinmas qo‘l» yordamida ta’minlanishi ta’kidlab o‘tilgan. Uning mashhur «Alohida olingan har bir odam faqat o‘zini o‘ylagan holda, o‘zining shaxsiy manfaatlari yo‘lida qilgan harakatlari ko‘rinmas qo‘l orqali uning qiziqishi doirasiga mutlaqo kirmagan boshqa maqsadlarga yo‘naltiriladi va bu harakat ongli ravishda jamiyat manfaatlariga xizmat qilgandagiga qaraganda ko‘proq samara beradi» - degan fikri hozirgi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. Ammo, u iqtisodiy muvozanatlikni ta’minlash jarayonlariga davlat ishtirokini mutlaqo inkor etgan. Iqtisodiy muvozanat nazariyasini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shganlardan – John Stuart Mill XX asrning 20 - yillar oxirlari va 30 - yillar boshlarida G‘arbdagi bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti «Buyuk depressiya» nomi bilan mashhur bo‘lgan barqaror va uzoq davom etgan, makroiqtisodiy beqarorlikka duchor bo‘ldi. Bundan yuz yil oldin shakllantirilgan klassik nazariya ta’limoti ro‘y bergan inqiroz jarayonlarining barcha jihatlarini tushuntirib berishga layoqatsiz bo‘lib qoldi. Bu barcha iqtisodchilarning iqtisodiy muvozanatlik to‘g‘risidagi g‘oyalari o‘zlari yashagan muhit sharoitidan kelib chiqqan holda yaratilganligi va hozirgi davr uchun kam ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Avvalo, ularning iqtisodiy g‘oyalari umumiy bozor muvozanatini tahlil qilish bilangina cheklanadi. Iqtisodiyotning umumiy muvozanati uning asosiy shart-sharoitlari va namoyon bo‘lish shakllarini ko‘rsatib berolmagan. Hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti doimiy inflatsiya va ishsizlik sharoitida rivojlanib, makroiqtisodiy beqarorlik tavsifi kuchayib borishi natijasida iqtisodiy muvozanatlikni ta’minlash ham ancha murakkab kechib, davlatning samarali makroiqtisodiy siyosat olib borishini taqozo etadi. Shu sababli, hozirgi zamon nazariy fanlarda iqtisodiy muvozanatlik tushunchasi barcha jihatlari (sabablari, oqibatlari, natijalari) bilan birgalikda ancha keng tadqiq qilinadi. Jumladan, iqtisodiy muvozanatlik muammosi ko‘pchilik manbalarda yopiq va ochiq iqtisodiyot uchun yalpi talab va yalpi taklifning muvozanatligi orqali tushuntirilib beriladi. Bunda ko‘plab alohida olingan bozorlardagi muvozanatli narx va ishlab chiqarish hajmini o‘rganish orqali xususiy muvozanatlikni ko‘rsatib berishga harakat qiladilar. Download 139.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling