Muhandislik texnologiyalari
Download 139.24 Kb.
|
Xususiy umumiy iqtisodiy muvozanat (2)
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI “MUHANDISLIK TEXNOLOGIYALARI” FAKULTETI “SANOAT IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI” KAFEDRASI “MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT” FANIDAN KURS ISHI MAVZU: “XUSUSIY VA UMUMIY IQTISODIY MUVOZANAT” Guruh: 146-21 “Korporativ boshqaruv” Bajardi: Salimov S.S Kurs ishi rahbari: Dot. Xashimova S.N Topshirgan sanasi: _______________ Himoya qilgan sanasi: ____________ Baho: ___________________ TOSHKENT-2022 MUNDARIJAKIRISH 2 I-BOB. IQTISODIY MUVOZANAT TUSHUNCHASI 4 1.1.TURGʼUN VA MUTTASIL RIVOJLANIB BORUVCHI MUVOZANATLIK 4 1.2.IQTISODIY MUVOZANAT DARAJASINI ANIQLASH USULLARI 11 2.2. OʼZBEKISTONDA IQTISODIYOTNI TARKIBIY OʼZGARTIRISH 24 XULOSA 31 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI 32 KIRISHSizga ma’lumki, mustaqillikka erishgunimizga qadar O‘zbekiston iqtisodiyoti sobiq sho‘ro iqtisodiyotining tarkibiy qismi hisoblanib, uni mustaqil milliy iqtisodiyot deb bo‘lmas edi. Bizga bir yoqlama rivojlangan paxta yakkahokimligi, xom ashyo ishlab chiqarish va boy mineral xom ashyo resurslaridan nazoratsiz, ayovsiz foydalanish hisobiga qurilgan, yonilg‘i, g‘alla va boshqa ko‘pgina ishlab chiqarish vositalari hamda iste’mol tovarlarining ta’minlanishi bo‘yicha markazga qaram bo‘lgan iqtisodiyot 11 meros bo‘lib qolgan edi. 1991 yilning sentabridan mamlakatimiz hududidagi barcha tabiiy, mineral xom ashyo boyliklar, iqtisodiy resurs va quvvatlardan xalqimizning kelajagi, manfaatlari yo‘lida foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldik. Yangi energetika, mashinasozlik va boshqa sanoat tarmoqlarining vujudga kelishi, ko‘plab yirik inshootlar, korxonalar, zavod hamda fabrikalar qurilganligi, yonilg‘i va g‘alla mustaqilligiga erishilganligi, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar, izchil o‘sish sur’atlari milliy mustaqil iqtisodiyotni mustahkamlash sari qo‘yilgan qadamlarning natijalaridir. O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan yangi, mustaqil rivojlanayotgan, o‘z xalqi, millati manfaatlariga xizmat qiladigan milliy iqtisodiyot izchil shakllanib bormoqda. Milliy iqtisodiyot barcha tarmoq va sohalarni, mikro hamda makro iqtisodiyotlarni, funksional iqtisodiyotni, ko‘plab infratuzilmalarni o‘z ichiga olgan yaxlit iqtisodiyotdir. Milliy xo‘jalikning tarkib topgan tuzilishi ijtimoiy mehnat taqsimoti rivojining natijasi hisoblanadi. Makroiqtisodiyot mamlakat miqyosida moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy sohalarni bir butun qilib birlashtirgan milliy va jahon xo‘jaligi darajasidagi iqtisodiyotdir. Makroiqtisodiyot o‘z ichiga xalq xo‘jaligining moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish sohalarini qamrab oladi. Makroiqtisodiyotda me’yoriy faoliyat yuritish va barqaror o‘sish uchun o‘zaro barcha tarmoq hamda ishlab chiqarish sohalarining bog‘liq bo‘lgan muvozanatli rivojlanishi talab etiladi. Makroiqtisodiyotda ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish hajmi va ularning o‘sishi bir qator ko‘rsatkichlar tizimi orqali mikro va makroiqtisodiy darajada aniqlanib, tahlil qilinadi. Ko‘pgina mikro ko‘rsatkichlar yordamida korxonalar faoliyatiga baho berilib, ular iqtisodiyotining rivojlanish tamoyillari aniqlansa, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning holati, o‘sishi yoki orqaga ketishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi. Ular yordamida davlat o‘z iqtisodiy siyosatini belgilaydi. Bu tizimga kiruvchi turli xil ko‘rsatkichlar, birinchidan, bizga ma’lum vaqt oralig‘idagi ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishga bevosita ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini beradi. Ikkinchidan, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi, YAMM harakatini barcha bosqichlarda, ya’ni ishlab chiqarish, taqsimlash, qayta taqsimlash va foydalanish bosqichlarida ko‘rgazmali shaklda aks ettirishga imkon beradi. Mazkur ko‘rsatkichlar tizimi bilan mavjud resurslar va ulardan foydalanishning mos kelishi mamlakatning umumiy iqtisodiy muvozanatlik holatini aks ettiradi. Yalpi milliy mahsulot (YAMM), ichki milliy mahsulot (IMM), sof milliy mahsulot (SMM), milliy daromad (MD), aholi daromadlari, 12 ishchi kuchi bandligi, ishsizlik va inflyatsiya butun milliy iqtisodiyot holatini tavsiflovchi muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Download 139.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling