Muhandislik texnologiyalari


jadallashtirish; Aholi bandligini taʼminlash va daromadlarini oshirish


Download 139.24 Kb.
bet9/10
Sana18.12.2022
Hajmi139.24 Kb.
#1029512
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Xususiy umumiy iqtisodiy muvozanat (2)

 jadallashtirish;
Aholi bandligini taʼminlash va daromadlarini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini birinchi marta amalga oshirayotgan shaxslarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha dasturiy chora-tadbirlarni kengaytirish orqali ichki talabni ragʻbatlantirish va kambagʻallikni qisqartirish;
Sanoat va raqobat siyosatini, jumladan, mahalliy ishlab chiqarish mahsulotlariga ichki talabni ragʻbatlantirish, tarmoqlapapo kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, shuningdek, sanoatning strategik tarmoqlari korxonalarida islohotlarni davom ettirish asosida takomillashtirish;
Investitsiya jarayonlarini, birinchi navbatda mahalliy investorlarning infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish va qoʻshilgan qiymatning ishlab chiqarish “zanjirlari”ni yaratish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishdagi ishtirokini ragʻbatlantirish uchun ichki manbalarni kengaytirish yoʻli bilan faollashtirish;
Eksport qiluvchi korxonalarni qoʻshimcha moliyaviy qoʻllab-quvvatlash orqali, shu jumladan savdoni moliyalashtirishning zamonaviy vositalaridan foydalanishni kengaytirish, mahalliy mahsulotlarni yangi eksport bozorlariga yetkazib berishni kengaytirishda savdo vositachilik tashkilotlarini ragʻbatlantirish hisobiga tashqi iqtisodiy faoliyatni ragʻbatlantirish va eksport qiluvchi korxonalarni qoʻllab-quvvatlash;
Davlat xaridlari tizimida xusysiy tadbirkorlik sybyektlarining ishtirokini kengaytirish, hududlardagi kichik sanoat zonalarini ularga ishlab chiqarish va transport infraryzilmasi obyektlarini oʻtkazish uchun qoʻshimcha moliyaviy resurslarni ajratgan holda rivojlantirish asosida ishbilarmonlik va raqobat muhitining qulayligini oshirish, xusysshy tadbirkorlikni rivojlantirish;
Hududlarda aholiga kompleks xizmatlar koʻrsatadigan savdo tashkilotlari tarmogʻini rivojlantirish, mahalliy mobil aloqa operatorlarining davlat aktivlarini bosqichma-bosqich sotish va qishloq joylarda telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishga xusysiy investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, 2021-yilda barcha ijtimoiy muassasalar, qishloq aholi punktlari va mahallalarni yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmogʻiga ulashni yakunlash hisobiga xizmatlar sohasi korxonalarini qoʻllab-quvvatlash va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish.
Quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2022-2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiy oʻsishni tiklash va tizimli tarkibiy oʻzgarishlarni davom ettirish boʻyicha amaliy harakatlar rejasi;

  • Iqtisodiyotda tarkibiy islohotlarni tiklash va davom ettirish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”.

Mutasaddi vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari rahbarlarining zimmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga har oyda maʼlumot kiritgan holda Harakatlar rejasi va “Yoʻl xaritasi”dagi tegishli tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish taʼminlanishi uchun masʼuliyat topshirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga:

  • iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari, shuningdek, hududlar kesimida “Yoʻl xaritasi” doirasidagi tadbirlarning amalga oshirilishi tizimli asosda tahlil qilinishini va ularning harakatlar rejasida belgilangan asosiy maqsad va vazifalarga erishishga taʼsirini baholashni taʼminlash;

  • zarur boʻlganda, “Yoʻl xaritasi”ga manfaatdor vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari bilan kelishgan holda, Harakatlar rejasini amalga oshirish samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;

Harakatlar rejasi va “Yoʻl xaritasi” doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash va iqtisodiyotda tarkibiy islohotlarni amalga oshirishga taʼsirini baholash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga har oyda axborot kiritib borish vazifalari yuklatilgan.
2022-2023-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar rejasida koronavirus pandemiyasi tarqalishining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari, shuningdek koronavirus infeksiyasi tarqalishi davrida aholi va iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan asosiy chora-tadbirlar, tiklanish bosqichlari va 2020-yil kutilayotgan natijalari batafsil tahlil qilingan.
Rejaning asosiy muammolari, maqsad va vazifalari, makroiqtisodiy siyosat va bozor institutlarini isloh qilish sohasidagi asosiy chora-tadbirlar tavsiflangan.
Bank sektoridagi asosiy chora-tadbirlar, ish bilan bandlikni oshirish, aholi daromadlari va qashshoqlikni kamaytirish orqali ichki talabni ragʻbatlantirish, shuningdek, ishbilarmonlik va raqobat muhitini yaxshilash, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, sanoat va mahalliylashtirish sohasidagi chora-tadbirlar, investitsiya muhitini yaxshilash, raqamlashtirishni rivojlantirish va eksportni kengaytirish alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha yoʻl xaritasi 163 punktdan iborat. Unda 2022-2023-yillarda iqtisodiyotning tarkibiy islohotlarini tiklash va davom ettirish boʻyicha chora-tadbirlar, amalga oshirish mexanizmlari, moliyalashtirish xarajatlari va manbalari, kutilayotgan natijalar va muddatlari batafsil bayon etilgan.
2023-yil 1-martgacha Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, Moliya vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga 2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasida qashshoqlikni kamaytirish strategiyasini ishlab chiqish topshirildi.
Milliy barqaror rivojlanish maqsadlari, milliy iqtisodiyot salohiyati va qashshoqlikni kamaytirish dasturi asosida amalga oshirilgan vazifalar, shuningdek, xalqaro tajriba ijrosini monitoring qilish koʻrsatkichlarini oʻrganish rejalashtirilgan; kelajakdagi iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchlarini aniqlash; iqtisodiy oʻsishni prognoz qilish va yangi ish oʻrinlarini yaratish.
Amalga oshirish punktlaridan yana biri hududlarni kompleks va muvozanatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni baholash, tabiiy-xomashyo resurslaridan foydalanish samaradorligi, iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyatni, shuningdek, hududlarni barqaror va jadal rivojlantirish uchun boshqa qiyosiy ustunliklarini Prezidentimizning shu yil 1-maydagi "Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq baholashning yagona tizimini joriy etish.
Shu munosabat bilan Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, Davlat statistika qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Jahon banki, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligiga birgalikda sakkizta ustuvor yoʻnalish boʻyicha statistik koʻrsatkichlarni baholash topshirildi:

  • iqtisodiy rivojlanish va samaradorlik;

  • mehnat bozori samaradorligi;

  • ijtimoiy sohadagi xizmatlarning mavjudligi va sifati;

  • infratuzilmaning rivojlanishi va mavjudligi;

  • iqtisodiyotning raqobatdoshligi va diversifikatsiyasi;

  • ishbilarmonlik muhitining sifati va tadbirkorlikni rivojlantirish;

  • moliyaviy mustaqillik, bank-moliya sektorining rivojlanishi;

  • mahalliy davlat hokimiyati organlarining fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash samaradorligi va maʼlumotlarning mavjudligi.

XULOSA


Mamlakatning makroiqtisodiy holati ijtimoiy ishlab chiqarish, inflyatsiya, ishsizlik hamda bandlik, aholining moddiy farovonligi darajasi va boshqalar bilan belgilanadi.
Makroiqtisodiy holatni aks ettiruvchi asosiy ko‘rsatkichlar quyidagilar hisoblanadi: — yalpi ijtimoiy mahsulot, yalpi milliy mahsulot, yalpi ichki mahsulot, milliy daromad; — davlat byudjeti taqchilligi, deflyator, iste’mol baholar indeksi, inflyatsiyaning o‘sish sur’ati; — ishsizlik darajasi va ishsizlar soni, aholining ish bilan bandligi darajasi; — aholining moddiy ne’matlar va xizmatlar iste’moli hajmi, uning jamg‘armalari, ish haqining quyi miqdori va boshqalar. Bu ko‘rsatkichlar iqtisodiy tizimning umumiy holatini ifodalab, ijtimoiy ishlab chiqarishdagi barcha qatnashuvchilar (korxona, tarmoq, mintaqa, davlat) va uy xo‘jaligi faoliyatlari natijasida aniqlanadi. Ular mamlakatning iqtisodiy imkoniyatlarini, uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini baholash uchun ishlatiladi.
Yalpi milliy mahsulot (YAMM) – milliy xo‘jaliklarda bir yil davomida vujudga keltirilgan va bevosita iste’molchilarga borib tushishi mumkin bo‘lgan tayyor pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor bahosidagi qiymatidan iborat bo‘ladi. YAMM milliy iqtisodiyotda yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pirovard mahsulot (xizmat)larning bozor baholaridagi summasi demakdir. Joriy yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlar sotilmasligi mumkin, ularning bir qismi zaxiralarni to‘ldiradi.
Shu sababdan YAMM hajmini hisoblab topishda zaxiralarning har qanday o‘sishi hisobga olinishi zarur, chunki YAMM yordamida joriy yildagi barcha mahsulotlar (sotilgan va sotilmagan) hisobga olinadi. Milliy ishlab chiqarishning yalpi hajmini to‘g‘ri hisoblab chiqish uchun mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va xizmatlar bir 13 marta hisobga olinishi kerak. YAMM hajmini topishda sotilgan va qayta sotilgan mahsulotlarni ko‘p marta hisobga olishni bartaraf qilish uchun xo‘jalikning barcha tarmoqlarida yaratilgan, qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi olinadi.



Download 139.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling