Muhandislik texnologiyalari
-jadval. Sikllarning asosiy turlari
Download 139.24 Kb.
|
Xususiy umumiy iqtisodiy muvozanat (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2. OʼZBEKISTONDA IQTISODIYOTNI TARKIBIY OʼZGARTIRISH
2.3-jadval. Sikllarning asosiy turlari
Kitchin sikli zahiralar sikli deb ham nomlanadi. Bunda Jozef Kitchin (1926 y.) o‘zining e’tiborini tovar zahiralarining harakat chog‘idagi moliyaviy hisoblar va sotish narxlarini tahlil qilish asosida 2 yildan 4 yilgacha davr davomidagi qisqa to‘lqinlarni tadqiq qilishga qaratadi. 2.2. OʼZBEKISTONDA IQTISODIYOTNI TARKIBIY OʼZGARTIRISHRespublikada barqarorlashtirish siyosatini ishlab chiqishda jahon tajribasida sinalgan yondashuvlar hisobga olinib ishlab chiqarish sohalariga ustunlik berildi. Moddiy ishlab chiqarish sohalarining rivojlanishida ularni tarkiban qayta qurish talablari ham ko’zda tutildi. Bunda asosiy e’tibor katta istiqbolga ega bo’lgan, butun xalq xo’jaligining rivojlanish tamoyillarini belgilab beradigan etakchi tarmoq va sohalarga qaratildi. Respublika milliy iqtisodiyotida erishilgan bu ijobiy natijalar tarkibiy qayta qurishlar asosida butunlay yangi xalq xo’jalik majmuasining bunyod etilganligi, birinchi navbatda eng muhim makroiqtisodiy va takror ishlab chiqarish nisbatlarini davlat tomonidan samarali tartibga solishning natijasi hisoblanadi. Bunda asosiy e’tibor iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi, hududlarning tarkibiy tuzilishini takomillashtirishga qaratiladi. Tarkibiy siyosatning hududiy jihatlarini ta’minlash odamlar turmush darajasida vujdga kelgan hududiy nomutanosiblikni bartaraf etish, resurslar va ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanishga erishishda katta ahamiyatga ega bo’ldi. Respublika iqtisodiyotining tarkibiy tuzilishini qayta qurishda ishlab chiqarilayotgan mahsulot turini o’zgartirish, uning sifatini yaxshilash va mahsulot tayyorlashga ketadigan jami xarajatlarni kamaytirish talablari ham hisobga olinadi. Iqtisodiyot tuzilishidagi o’zgartirishlar, chetdan mahsulot olib kelishni qisqartirish, xalq xo’jaligining xom ashyo etishtirishga qartilgan bir tomonlama yo’nalishini bartaraf etish va uninig eksport imkoniyatini kengaytirish, tarmoqlar ichidagi va hududiy jihatdan vujudga kelgan nomutanosibliklarni bartaraf etish asosida iqtisodiyotning mutanosib va barqaror rivojlanishini ta’minlash vazifalarini hal etish bilan bog’liqlikda amalga oshirildi. Shu vazifalardan kelib chiqib, iqtisodiyot ichki tuzilishidagi o’zgarishlar - respublikaning energetika va oziq-ovqat mustaqillligini ta’minlovchi tarmoqlarni rivojlan-tirishga qaratildi. Bunda birinchi navbatda eng muhim o’zak tarmoqlarni - neft va gaz sanoatini, energetikani, rangli metallurgiya sanoatini, mashinasozlik majmuasini, qishloq xo’jalik va agrosanoat majmuasining boshqa sohalarini rivojlantirishga ustunlik beriladi. Xalq xo’jaligining takror ishlab chiqarish tuzilishini tubdan o’zgartirish asosida umumiqtisodiy barqarorlikka erishishda iste’mol bilan jamg’arish fondi o’rtasidagi eng maqbul mutanosiblikni ta’minlash asosiy o’rin tutadi. Iste’mol fondining eng maqbul darajasiga erishish - ichki bozorda talab bilan taklif o’rtasida mutanosiblikni ta’minlashchda muhim rol o’ygaydi. Shu sababli davlat eng muhim makroiqtisodiy takror ishlab chiqarish nisbatlarini tartibga solib turuvchi omillarga ko’proq e’tibor berdi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish darida iqtisodiyotni barqa-rorlashtirish muammosini hal etishda ishlab chiqarish infratuzilmasining muhandislik kommunikatsiyalari, transport va aloqa tizimi singari tarmoqlarini ustivor rivojlantirishga ham alohida e’tibor beriladi. Nomoddiy ishlab chiqarish sohasida tarkibiy qayta qurishlar faol investitsiya siyosatini o’tkazish orqali amalga oshirildi. Shu sababli respublika investitsiya bazasini rivojlantirishga katta e’tibor berilib, bunda o’z sarmoyalarimiz, tashqi kreditlar, bevosita investitsiyalar va ularning barcha manbalaridan o’rinli foydalanish ko’zda tutildi. Tashqi investitsiyalarni jalb qilishda bevosita investitsiyalar tarzida, davlat qarzlari, xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar, qarz beruvchi mamlakatlar moliyaviy-kredit resurslari shakllarida amalga oshirish mumkinligi hisobga olinadi. Shunday qilib, respublikada iqtisodiy islohotlar davomida makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta qurish vazifalariga aholining real turmush darajasini yaxshilash uchun zaruriy shart-sharoitlarni vujudga keltirish sifatida qaraldi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 29-avgustdagi 526-sonli “2022-2023-yillarda iqtisodiy oʻsishni tiklash va iqtisodiyot tarmoqlarida tizimli islohotlarni davom ettirish toʻgʻrisida“gi qarorida 2022-2023-yillarga moʻljallangan iqtisodiyotning tarkibiy islohotlarini tiklash va davom ettirish boʻyicha amaliy harakatlar rejasini amalga oshirish boʻyicha ”Yoʻl xaritasi" qabul qilindi. Mazkur dastur koronavirus pandemiyasining Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga salbiy taʼsirini bartaraf etish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning investitsiya va tashqi iqtisodiy faoliyatini tiklash hamda iqtisodiy islohotlarni yana-da chuqurlashtirish uchun sharoit yaratish maqsadida tasdiqlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan boshqa vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari bilan birgalikda iqtisodiyot tarmoqlari hamda sohalarida tarkibiy oʻzgarishlarni tiklash va davom ettirish boʻyicha quyidagilarga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. 2020-yilda iqtisodiyot asosiy sektorlarining rivojlanishini saqlashga va 2021-yildan boshlab barqaror iqtisodiy oʻsish koʻrsatkichini 5,0-5,5 foiz darajasida taʼminlashga yoʻnaltirilgan makroiqtisodiy siyosatni amalga oshirish va bozor institutlarini isloh qilishni davom ettirish; Birinchi navbatda, inqirozdan keyingi rivojlanish davrida banklarni transformatsiya qilish va bank xizmatlaridan foydalanish samaradorligini hamda ularning sifatini oshirishni taʼminlashga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan islohotlarni Download 139.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling