Muhandislik texnologiyalari


Download 139.24 Kb.
bet7/10
Sana18.12.2022
Hajmi139.24 Kb.
#1029512
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Xususiy umumiy iqtisodiy muvozanat (2)

M illiy
mahsulot
hajmi yuksalish


inqiroz
yuksalish
jonlanish
inqiroz turg‘unlik


jonlanish
turg‘unlik
Vaqt


2.1-chizma. Iqtisodiy sikl fazalarining klassik jihatdan ifodalanishi

Quyidagi 2-chizmada esa AQSH va boshqa ayrim mamlakatlar iqtisodchilari tomonidan tan olingan iqtisodiy sikl ko‘rsatilgan. Siklning eng Yuqori nuqtasida iqtisodiyotda to‘liq bandlilik kuzatiladi va ishlab chiqarish to‘liq yoki deyarli to‘liq quvvat bilan ishlaydi. Siklning bu fazasida narx darajasi o‘sish tamoyiliga ega bo‘ladi, iqtisodiy faollikning o‘sishi to‘xtaydi.





2.2-chizma. Iqtisodiy siklning ikkinchi ko‘rinishi

Bu ikkala ko’rinishdagi sikl bir-biridan shaklan farqlansada, mazmun jihatidan o’xshash bo’lib, inqiroz va o’sishlarning muqarrar ravishda ma’lum davrlarda takrorlanib turishi tan olinadi.


Iqtisodiy sikllarning kelib chiqish sabablari va ularga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning chuqur va izchil ravishda tadqiq etilishi turli ko‘rinishdagi iqtisodiy sikl nazariyalarining vujudga kelishiga olib keldi.
Ko‘pchilik hozirgi zamon iqtisodchilari iqtisodiy sikllarning ob’ektiv tavsifini tan olib, bu hodisani unga ta’sir ko‘rsatuvchi ichki va tashqi omillarni tahlil qilish orqali o‘rganishni tavsiya qiladi. Iqtisodiy sikllarni tashqi omillarning mavjudligi bilan tuShuntiruvchi nazariyani eksternal nazariya deb atash qabul qilingan.
Tashqi omillarga iqtisodiy tizimdan tashqarida yotuvchi va iqtisodiy hodisalarning davriy takrorlanishini keltirib chiqaradigan omillar kiritiladi. Bu tashqi omillar ichidan quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
– urushlar, inqilobiy o‘zgarishlar va boshqa siyosiy larzalar;
– oltin, uran, neft va boshqa qimmatli resurslar yirik konlarining ochilishi;
– yangi hududlarning ochilishi va bu bilan bog‘liq ravishda aholi migratsiyasi, er shari aholisi sonining o‘zgarib turishi;
– ijtimoy ishlab chiqarish tarkibini tubdan o‘zgartirishga qodir bo‘lgan texnologiya, tadqiqotlar va innovatsiyalardagi qudratli o‘zgarishlar.
Internal nazariya iqtisodiy sikllarni iqtisodiy tizimning o‘ziga xos ichki omillar tug‘diradi deb hisoblaydi.
Asosiy kapitalning jismoniy xizmat muddati ko‘pchilik iqtisodchilar tomonidan iqtisodiy siklni keltirib chiqaruvchi muhim omillardan biri sifatida qaraladi.
Agar bir yoki bir necha tarmoqda mashina-uskunalarga talabning keskin ortishini keltirib chiqaradigan iqtisodiy o‘sish boshlansa, tabiiyki, bu hol mashina va uskunalar to‘liq eskiradigan har 10-15 yildan keyin takrorlanadi.
Boshqa ichki omillardan qo‘yidagilar ajratib ko‘rsatiladi:
– Shaxsiy iste’molning o‘zgarishi (qisqarishi yoki kengayishi);
– investitsiyalar, Ya’ni ishlab chiqarishni kengaytirish, uni yangilash va yangi ish joylarini vujudga keltirishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar hajmi;
– ishlab chiqarish, talab va takliflar hajmiga ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan davlat iqtisodiy siyosatining o‘zgarishi.
Iqtisodiy sikllarning kelib chiqishini faqat eksternal yoki internal nazariya orqali tuShuntirish ko‘pam to‘g‘ri emas. Iqtisodiy sikl va umuman iqtisodiy tizimdagi miqdoriy va sifat o‘zgarishlar tashqi va ichki omillar oqibatida kelib chiqishi mumkin emas.
Shuningdek, iqtisodiyotning siklli rivojlanishi sabablarini izohlashda bir qator quyidagi nazariyalar ham ilgari suriladi:
Sof monetar nazariya. Bu nazariya tarafdorlarining fikricha bozor iqtisodiyotida markaziy o‘rinni pul va kredit egallaydi. Iqtisodiyotning siklli o‘zgarishi eng avvalo pul massasining oqimini o‘zgartirishga bog‘liq.
Nomonetar nazariya tarafdorlari esa texnologik o‘zgarishlar, yangiliklar, ixtirolarning ahamiyatini alohida ta’kidlab, pul jamg‘arishning ko‘payib ketishidagi rolini ko‘rsatishadi. Monetar va nomonetar yo‘nalish o‘rtasidagi farq uncha katta emas, biri ikkinchisini to‘ldiradi. Har ikkala nazariya ham oxir-oqibat iqtisodiy faollikning kuchayishiga iste’mol emas, balki investitsiya sabab bo‘ladi, degan fikrni ilagi suradi.
Etarlicha iste’mol qilmaslik nazariyasi. Bu nazariyaning mohiyati ko‘proq jamg‘arib, samarali darajada iste’mol qilmaslik jamiyatni siklli rivojlanishining sababi qilib ko‘rsatiladi.
1. Mablag‘ni jamg‘arish, boshqacha aytganda xazinaga aylantirish turg‘unlikka olib kelishi mumkin, Chunki bu mablag‘ investitsiyalash uchun foydalanilmaydi.
2. Pulni jamg‘arish iste’mol tovarlariga talabning qisqarishiga olib keladi, Chunki u iste’molga sarflanmaydi.
3. Natijada investitsiyaga nisbatan pul shaklidagi jamg‘arish hajmi o‘sib borib, iste’mol tovarlariga talab kamayib boradi, taklif esa ortadi, narx pasayadi, iste’mol tovarlari bozoridagi qiyinchiliklar inqirozga olib keladi.
Jamg‘arish nazariyasi. Bu nazariyaga ko‘ra iqtisodiy sikl ishlab chiqarish vositalari yoki kapitallashgan investitsion tovarlar ishlab chiqarish bilan bog‘liq. Kundalik iste’mol tovarlari ishlab chiqarish bilan uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar va ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarish sikllari o‘rastida katta farq bor.
Kundalik iste’mol mollari doimiy ravishda iste’mol qilinadi. Ularning iste’mol miqdori o‘zgargan taqdirda ham uncha katta o‘zgarishlar sodir bo‘lmaydi.
Uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni domiy ravishda xarid qilinmaydi. Balki ular iste’molchi daromadi ko‘paygan paytdagina sotib olinadi. Uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarga talab barqaror emas. Ishlab chiqarishni davom ettirish uchun kapital tovarlar ishlab chiqarish zarur.
Psixologik nazariya. Iqtisodiyotning siklli rivojlanishini tuShuntirishda iqtisodiy nazariyalar bilan bir qatorda psixologik nazariyalar ham keng o‘rin olib bormoqda. Psixologik nazariya tarafdorlariga J.M.Keyns, U.Mitchell, F.Xayek va boshqalarni kirtish mumkin. Ularning fikricha, insondagi optimizm va pessimizm faoliyat aktivligiga ob’ektiv iqtisodiy omillar: foiz normasi, pul oqimi, foyda va boshkalar ta’sir ko‘rsatib, buning natijasida ishlab chiqarishning qisqarishi yoki kengayishi ro‘y beradi.
Hozirgi zamon iqtisodiy fanida iqtisodiy siklning 1380 dan ortiq turlari mavjudligi ta’kidlanadi. Quyidagi 3-jadvalda ularning ko‘pchilik iqtisodchilar tomonidan tan olingan eng asosiy turlari ifodalangan.

Download 139.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling