Muhandislik texnologiyalari


-jadval 2020-2022- yillarning yanvar-iyun oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha YAIMni ishlab chiqarish


Download 139.24 Kb.
bet4/10
Sana18.12.2022
Hajmi139.24 Kb.
#1029512
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Xususiy umumiy iqtisodiy muvozanat (2)

1.2-jadval
2020-2022- yillarning yanvar-iyun oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha YAIMni ishlab chiqarish




2020- yil

2021- yil

2021- yil




mlrd. so‘m

o‘sish sur’ati, % da

mlrd. so‘m

o‘sish sur’ati, % da

mlrd. so‘m

o‘sish sur’ati, % da

YAIM shu jumladan:

265 941,9

101,0

320 817,8

107,2

356 897,7

105,4

tarmoqlarning yalpi qo‘shilgan qiymati

245 827,1

101,2

296 416,1

107,2

76 198,0

102,7

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi

56 312,1

102,4

67 366,2

101,8

104 181,0

105,1

sanoat

70 013,0

99,0

84 895,2

108,3

25 816,5

106,2

qurilish

18 256,9

106,9

21 027,2

101,5

150 702,2

107,3

xizmatlar

101 245,1

101,2

123 127,5

110,4

26 799,8

108,7

savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar

16 923,3

100,8

21 934,8

113,9

26 038,6

112,4

tashish va saqlash, axborot va aloqa

17 491,6

99,4

22 036,2

117,2

97 863,8

105,5

boshqa xizmat tarmoqlari

66 830,3

101,8

79 156,5

107,8

32 733,5

104,6

mahsulotlarga sof soliqlar

20 114,8

98,9

24 401,7

107,4

32 733,5

104,6

Biroq bu tahlilda ham “umumiy bozor muvozanati” yalpi talab va yalpi taklif muvozanati doirasi bilan cheklanadi. Bundan tashqari, bu tushunchalar ancha mavhumlashtirilib, murakkab matematik tenglashtirishlar va grafikli tahlil usullari orqali bayon qilinadi. Bu esa iqtisodiy hodisa va jarayonlarning mazmunini ilg‘ab olishni ancha qiyinlashtiradi.


Nihoyat mazkur ko‘rsatkichlar tizimi mavjud resurslar va ulardan foydalanishning ishlab chiqarish natijalariga mos kelishi (tengligi) kuzatilganda, mamlakatdagi umumiy iqtisodiy muvozanatlik holatini aks ettiradi. Butun milliy iqtisodiyotning natijalarini tavsiflovchi muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar ‒ yalpi milliy mahsulot (YaMM), yalpi ichki mahsulot (YaIM), sof milliy mahsulot (SMM), milliy daromad (MD), bandlik, ishsizlik, inflatsiya darajasi va boshqa shu kabilar hisoblanadi. Yalpi milliy mahsulot (YaMM) milliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan yil davomida mamlakat ichida va chet ellarda yaratilgan barcha pirovard mahsulot (tovar va xizmat)larning bozor narxlari summasi sifatida aniqlanadi. Joriy yilda ishlab chiqilgan barcha mahsulotlar sotilmasligi mumkin, ularning bir qismi zaxiralarni to‘ldiradi. YaMM hajmini hisoblab topishda zaxiralarning har qanday o‘sishi hisobga olinadi, chunki u joriy yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlar (sotilgan va sotilmagan) ni aks ettiradi. Milliy ishlab chiqarishning yalpi hajmini to‘g‘ri aniqlash uchun, mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va xizmatlar bir marta hisobga olinishi zarur. YaMM hajmida sotilgan va qayta sotilgan mahsulotlarni ko‘p marta hisobga olishlarni bartaraf etish uchun, milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi hisoblanadi. Qo‘shilgan qiymat – bu biron bir subyekt tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatidan yetkazib beruvchilardan sotib olingan va iste’mol qilingan xomashyo va materiallar qiymati chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismining bozor qiymati. Boshqacha aytganda qo‘shilgan qiymat – bu korxona yalpi mahsulotidan yoki ishlab chiqargan mahsulotining bozor narxidan (amortizatsiya ajratmasidan tashqari) joriy moddiy xarajatlar chiqarib tashlangan miqdoriga teng. YaMM ko‘rsatkichiga sof eksport (eksport va import o‘rtasidagi farq) summasi kiradi.
    1. IQTISODIY MUVOZANAT DARAJASINI ANIQLASH USULLARI


Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda asosan ikkita o’zaro bog’liq usuldan foydalaniladi:


1. Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usuli.
2. Jamg’arma va investitsiyalarni taqqoslash usuli.
Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash uchun ishlab chiqarish umumiy hajmining miqdoriy ko’rsatkichi sifatida sof milliy mahsulot (SMM), iqtisodiyotda yalpi sarflar sifatida iste’mol hajmi va investitsiyalarga sarflarning umumiy summasi (S+Ip) olinadi. Iqtisodiyotning muvozanatli darajasi — bu ishlab chiqarishning shunday hajmiki, u ishlab chiqarish mazkur hajmini sotib olish uchun etarli umumiy sarflarni ta’minlaydi. Boshqacha aytganda, sof milliy mahsulot muvozanatli darajasida ishlab chiqarilgan tovarlarning umumiy miqdori (SMM) xarid qilingan tovarlar umumiy miqdoriga (S+Ip) teng bo’ladi.
To’liq bandlik sharoitida yalpi sarflar SMM hajmi bilan mos kelmasligi mumkin. Bu mos kelmaslik retsession yoki inflyatsion farqda ifodalanadi. Yalpi sarflarning SMM hajmidan kam bo’lgan miqdori retsession, yalpi sarflarning SMM hajmidan ortiqcha bo’lgan miqdori inflyatsion farq deyiladi.
Jamg’arma va investitsiyalarni taqqoslash usulining mohiyati shundaki, ishlab chiqarilgan mahsulotning har qanday hajmi shunga mos daromad hajmini beradi. Biroq aholi bu daromadning bir qismini iste’mol qilmasdan jamg’arishga qo’yish mumkin. Jamg’arish, sarflar - daromadlar oqimidan potentsial sarflarni olib qo’yish hisoblanadi. Bunda jamg’armaga qo’yilgan mablag’ investitsiyalar bilan to’liq qoplansa, yalpi sarflar ishlab chiqarish hajmiga teng bo’ladi.
Investitsion sarflarning ko’payishi, ishlab chiqarish hajmi va daromad darajasining o’sishiga olib keladi. Bu o’zaro natija multiplikator samarasi deyiladi. Multiplikator samarasi- bu sof milliy mahsulotdagi o’zgarishning sarflardagi (investitsiyalardagi) o’zgarishga nisbati. Investitsion sarflardagi o’zgarishdan tashqari iste’mol, davlat xaridi yoki eksportdagi o’zgarishlar ham multiplikator samarasiga ta’sir ko’rsatadi.
Multiplikator samarasi ikkita holatga asoslanadi. Birinchidan, iqtisodiyotda bir sub’ekt tamonidan qilingan sarf, boshqasi tomonidan daromad shaklida olinadi. Ikkinchidan, daromaddagi har qanday o’zgarish iste’mol va jamg’arishda xuddi shunday yo’nalishda o’zgarish bo’lishiga olib keladi.
Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda yuqoridagi usullardan tashqari balans usulidan va «xarajat va natija» larni taqqoslash usulidan ham foydalaniladi.
Balans usulida tarmoqlararo balans, moddiy, moliyaviy va ishchi kuchi balanslaridan foydalanilib iqtisodiyotdagi muvozanatlik darajasiga baho beriladi.
«Xarajat va natija»larni taqqoslash usulida ishlab chiqarishga qilingan iqtisodiy resurs xarajatlari miqdori olingan mahsulot hajmi bilan taqqoslanib muvozanatlik darajasi tahlil qilinadi.
Milliy hisoblar tizimi asosini yig‘ma balanslar tashkil qiladi. Bunga daromad va xarajatlar balansi misol bo'lishi mumkin. Daromadlar xo'jalik birliklari va aholi umumiy daromadlari (ish haqi, foyda, daromadlarning boshqa turlari, amortizatsiya) summasini aks ettiradi. Xarajatlar to'rtta guruhdan iborat boMadi: iste’mol, investitsiyalar, davlat xaridi, sof eksport. Milliy hisoblar makroiqtisodiyotning me’yordagi-muvozanatli holatga erishish darajasini aniqlashga yordam beradi. Ushbu milliy hisoblar tizimi asosida YAIM uch xil usul bilan hisoblanishi mumkin: Birinchi usul - bu YAIMni hisoblashga qo'shilgan qiymatlar bo'yicha yondashuv. Bunda milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va ishlab chiqarishlari bo'yicha yaratilgan qo'shilgan qiymatlar qo'shib chiqiladi. Bu usul bilan hisoblangan YAIM alohida tarmoqlarning shu mahsulotini yaratishdagi o'mini va hissasini aniqlash imkonini beradi. Ikkinchi usul - bu YAIMni hisoblashga sarf-xarajatlar bo'yicha yondashuv. Bunda mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha tovar va xizmatlar hajmini sotib olishga qilingan butun sarflar qo'shib chiqiladi. Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy mahsulotlami mamlakat ichida xo'jalikning uchta subyekti-uy xo'jaliklari, davlat, tadbirkorlar hamda chet ellik iste’molchilar sotib olishi mumkin. Uy xo'jaliklarining iste’mol sarflari - bu kundalik ehtiyojdagi tovarlarga, xizmatlarga, uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol buyumlariga va boshqalarga qilinadigan sarflardir. Investitsion sarflar-tadbirkorlik sektorining asosiy kapitalni yalpi jamg'arishga qiladigan sarflaridir. Investitsion sarflar asosan uchta qismdan iborat.
1. Tadbirkorlar tomonidan texnika va texnoligiyalaming barcha xaridi.
2. Barcha qurilishlar (korxona, ombor).
3. Zaxiralaming o'zgarishi.
YAIM tarkibiga tovar zaxiralaming ko'payishi, ya’ni ishlab chiqarilgan, lekin mazkur yilda sotilmagan barcha mahsulotlap kiritiladi. Boshqacha aytganda YAIM o‘z ichiga yil davomidagi zaxiralar va ehtiyojlar o‘sishining bozor qiymatini oladi. Zaxiralaming bu o‘sishi YAIMga joriy ishlab chiqarish hajmi ko‘rsatkichi sifatida qo'shiladi. Zaxiralar kamayganda, bu kamayish YAIM hajmidan chiqarilishi zarur. Zaxiralaming kamayishi yil davomida milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilgandan ko‘proq mahsulot sotilganligini bildiradi. Boshqacha aytganda jamiyat mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulotni va bunga qo'shimcha oldingi yiliardan qolgan zaxiralaming bir qismini iste’mol qilgan bo'Iadi. Milliy hisoblar tizimida YAIMni hisoblashda yalpi, xususiy va ichki investitsiyalar tushunchasidan foydalaniladi. Xususiy va ichki investitsiyalar mos ravishda xususiy va milliy kompaniyalar amalga oshiradigan investitsion sarflami bildiradi. Yalpi investitsiyalar o'z ichiga joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan texnika va texnologiyalaming o'mini qoplash uchun mo'ljallangan barcha investitsion tovarlar ishlab chiqarishni hamda iqtisodiyotda kapital qo'yilmalar hajmiga har qanday sof qo'shimchalami oladi. Yalpi investitsiyalap mohiyatiga ko'ra iste’mol qilingan asosiy kapitalni qoplash summasini va investitsiyalaming o'sgan qismidan iborat bo'Iadi. Boshqa tomondan sof xususiy ichki investitsiyalar tushunchasi joriy yil davomida qo'shilgan investitsion tovarlar summasini tavsiflash uchun ishlatiladi. Davlat sarflari - bu mahsulotlami va iqtisodiy resurslami, xususan ishchi kuchini sotib olishga davlat boshqaruvning quyi va mahalliy organlari bilan birga qilgan barcha sarflarini o'z ichiga oladi. Chet elliklaming milliy iqtisodiyot tovarlariga sarflari xuddi mamlakat ichidagi iste’molchilik sarflari kabi milliy ishlab chiqarish darajasiga bog'liq. Shu sababli YAIMni sarflar bo'yicha hisoblashda tovar va xizmatlarga chet elliklaming sarflari, ya’ni eksport qiymati ham qo'shiladi. Boshqa tomondan, iste’mol va investitsion sarflar hamda davlat mablag'larining bir qismi import qilingan, ya’ni chet elda ishlab chiqarilgan tovarlarga sarflanadi. Milliy ishlab chiqarish umumiy hajmi asossiz oshib ketmasligi uchun import hajmi YAIM tarkibidan chiqariladi.
Eksport va import miqdorlari o'rtasidagi farq tovar va xizmatlaming sof eksporti deyiladi. Sof eksport ijobiy va salbiy bo'lishi mumkin. Agar eksport importdan ortiq bo'lsa ijobiy, import eksportdan ortiq bo'lsa salbiy bo'Iadi. Qarab chiqilgan sarflaming to‘rt toifasiga notijorat muassasalar: kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, diniy tashkilotlar va ijtimoiy tashkilotlar sarflari va moddiy aylanma vositalari zaxirasidagi o'zgarishlarni qo'shib chiqish yo'li bilan YAIM hajmi aniqlanadi. Uchinchi usul - bu YAIMni hisoblashga daromadlar bo'yicha yondashuv. Mazkur yilda ishlab chiqarilgan pirovard mahsulot hajmidan olingan barcha daromadlar uy xo'jaliklari ixtiyoriga ish haqi, renta to'Iovlari, foiz va foyda shaklida kelib tushadi. Shu sababli bu usulda YAIM pirovard mahsulot hisobidan olingan ana shu barcha daromadlami qo'shib chiqish orqali aniqlanadi. YAIMni daromadlar bo'yicha hisohlashda uy xo'jaliklari, korxona va davlat muassasalarining dastlabki, ya’ni taqsimlangan daromadlarini mehnat haqi va yalpi foydaga: renta, ssuda foizi va tadbirkorlik foydasi va h.k. ajratish mumkin. YAIMni mazkur usul bo'yicha hisoblashda daromad laming barcha summasiga iste’mol qilingan asosiy kapital qiymati, amortizatsiya ajratmasi va biznesga egri soliqlar summasi ham qo'shiladi. YAIMni hisoblashda uning tarkibiga kirgan daromadlar va daromad bilan bog'liq bo'lmagan sarflar: amortizatsiya va egri soliqlaming alohida turlarini to'laroq qarab chiqamiz. Amortizatsiya ajratmasi shu yil ishlab chiqarilgan YAIM qiymati tarkibiga ishlab chiqarish xarajatlari sifatida kirib, mahsulot sotilishi natijasida pul shaklida qaytib keladi va amortizatsiya fondi hisobida to'planib boradi. Egri soliqlar korxonalar uchun ishlab chiqarish xarajatlari sifatida chiqadi va shu sababli mahsulot narxiga qo'shiladi. Bunday soliqlar o'z ichiga aktsiz to'Iovlari, sotishdan olinadigan soliqlar, mulk solig'i, litsenziya va bojxona to'lovlarini oladi. Daromadlaming eng muhim turi ish haqi tadbirkorlar va davlat tomonidan ishchi kuchini taqdim qilganlarga to'lanadi. LI ish haqiga ko'plab qo'shimchalar, ijtimoiy sug'urta to'Iovlari va nafaqa ta’minotining har xil xususiy fondlari, ishsizlik nafaqalari va boshqa har xil mukofot hamda imtiyozlarlami o'z ichiga oladi. Ish haqiga bu qo'shimchalar ish kuchiqi yollash bilan bog'liq bo'lgan xarajatining bir qismi sifatida chiqadi va shu sababli korxonaning ish haqi to'lashga umumiy sarflarining tarkibiy qismi sifatida qaraladi.



Download 139.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling