Muhandislik texnologiyalari
Loyihani moliyalashtirishda tavakkalchilik
Download 68.34 Kb.
|
nooooo111
2.3. Loyihani moliyalashtirishda tavakkalchilik
Tadbirkorlik faoliyati loyihasini moliyaviylashtirish masala- larini hal etilishida tavakkalchilikni hisobga olish - ikkita asosiy vazifani, ya’ni loyihani muntazam amalga oshirilishi uchun zarur bo‘lgan investitsiya oqimi: invesgitsiyani optimal tarkibini qabul qilish va soliq imtiyozi evaziga kapital xarajatlar miqdorini kamaytirish vazifalarini hal qilishda samaradorlikni eng muhim sharti hisoblanadi. " Loyihani moliyalashtirish rejasi quyidagi tavakkalchilik turlarini xisobga olishi shart: loyihaning noyashovchanligi tavakkali; soliq tavakkali; qarzlarni to‘lanmasligi tavakkali; qurilishni tugallanmasligi tavakkali. Loyihani noyashovchanligi tavakkali olinadigan daromad har qanday o‘lchamdagi kapital qo‘yilmani qoplashni va o‘zini - o‘zi oqlashini kafolatlashini ta’minlashi shart. Loyihaning eng maqbul variantini keltirilgan harajatlar formulasi orqali tanlash mumkin: S+YENK bu yerda S — mahsulot tannarxi, K — kapital qo‘yilma, Yen — kapital qo‘yilmadan foydalanish samaradorligining normativ koeffitsiyenti. Kapital qo‘yilmalarning normativ o‘zini reklama qilishi, turli imtiyozlar, rag‘batlar bilan jalb qiladi. Ma’lum aniq tovar va xizmatlar bozoriga kirib olgach, tadbirkor bozorni egallashi, undagi o‘z hissasini ko‘paytirish, kengaytirish strategiyasini qo‘llaydi. Bunda u tovar (xizmat) narxini raqobatchiga nisbatan bir muncha past qo‘yish, sotishgacha va sotilgandan keyingi yaxshilash, o‘z korxonasi filiallarini ko‘paytirish, vositachi — tijoratchilar bilan aloqani yaxshilash ishlarini amalga oshiradi. Tadbirkor bozorda o‘z mavqeini oshirib, yuqori foyda olishni ta’minlagach, mudofaa strategiyasi va taktikasini ishga solib, uni turli raqobatchilar tajovuzidan saqlashga harakat qiladi. Ushbu bosqichda u o‘z tovarining sifatini oshirishga, ishlab chiqarish jarayonining va texnologiyasini takomillashtirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mahsulotning assortimenti va nomenklaturasini yangilab borish orqali o‘z mavqeini saqlashga harakat qiladi. Ishlab chiqarish, sotish, boshqarish xarajatlarini kamaytirib borish mablag‘larni, xom ashyo va materiallarni tejash evaziga erishilgan foydani saqlashga imkon beradi. Tadbirkor uchun hamma vaqt ham o‘ngidan kelavermaydi. Tovar o‘z vaqtida yangilanmasa, uning hayotiy sikli bir kunmas bir kun tugaydi. Ana shunday holatda tadbirkor chekinish, bozorni o‘z vaqtida tark etish, marketing strategiyasini va taktikasini amalga oshirishga majbur bo‘ladi. O‘z vaqtida chekinish bozorni saqlaydi. Bunda, albatta, tadbirkor o‘z faoliyat davrini cho‘zishga harakat qilib ko‘radi. Ammo ushbu aniq soha va bozorda xonavayron bo‘lishi shak-shubqasiz tuyulsa, kamroq ziyon bilan yoki ziyonsiz ularni tark etishi ma’qul. Buning uchun esa tovar narxini tannarx narxigacha tushirib bo‘lsa xam tezroq sotib qutilishi va boshqa sohaga (bozorga) kirish yo‘lini axtarishga to‘g‘ri keladi. Umuman tadbirkor aniq bozorga kirib kelayotgan bosqichidayoq, xar ehtimolga qarshi chekinish yo‘lini ham oldindan belgilab olishi maqsadga muvofiqdir. Tadbirkor o‘z faoliyatining uch xil, ya’ni rivojlanish, mavqeini saqlash va chekinish holatlarini oldindan hisobga olishi foydadan holi emas. Yuqoridagi tadbirlarni qabul qilish va uni muvoffaqiyatli bajarilishini ta’minlash uchun tadbirkor ish faoliyati davomida, aniq maqsadni ko‘zlagan holda qarorlar qabul qiladi va aksariyat hollarda, ular tavakkalchilik bilan bog‘liq bo‘ladi. Tavakkalchilikka bog‘liq bo‘lgan qarorlarni qabul qilinishida tadbirkor obyektiv va subyektiv omillarni hisobga olishi darkor. Qaror qabul qilinishida, axborotlar ko‘lami muhim o‘rin tutadi. Axborotlarning haddan tashqari ko‘pligi ham ularni belgilangan muddat ichida ko‘rib chiqish imkonini bermaydi. Axborot taqchilligi esa qaror qabul qilinishida normal hol hisoblanib bu talab etilayotgan natijalarga tavakkalchilik bilan erishishga bog‘liqdir. Axborotning ko‘pligi qaror qabul qilishga to‘sqinlik qiladi. Tavakkalchilik bilan bog‘liq qarorlarni eng chegaraviy hollari o‘ta ehtiyotkorlik avantyurizm hisoblanadi. O‘ta ehtiyotkorlikda tavakkalchilik nolga yaqin, avantyurizmda esa tavakkalchilik eng katta bo‘ladi. Birinchisi ham ikkinchisi ham salbiydir. Chunki o‘ga eqtiyotkorlik samaraning past bo‘lishiga olib kelsa, avantyurizm esa ko‘zda tutilgan natijaga, tavakkalchilikni yuqori ekanligi oqibatida, erishishga — imkon bermaydi. Bu borada optimal qaror qabul qilinishi talab etilib, asoslangan tavakkalchilikni o‘z tarkibiga oladi. Asoslangan tavakkalchilik deyarli har doim foydalidir. U tadbirkorlik faoliyati samaradorligini oshiradi. Qaror — boshqaruv asosidir, bunda bir necha imkoniyatlar ichidan eng ma’qul faoliyat usuli tanlab olinadi. Optimal qaror yaxshi va o‘ta yaxshi qarorlar oralig‘ida yotadi. To‘g‘ri qarorga kelish — tadbirkor faoliyatini muvaffaqiyatli bo‘lishini garovidir, chunki bunday qarorga kelish tavakkalchilik darazasini kamayishiga hamda yuqori yakuniy ko‘rsatkichlarga erishish imkonini beradi. Boshqaruv qarorlarni qabul qilinishi, amerika sotsiologi M. Rubenshteyn tomonidan shakllantirib berilgan qoidalarga bo‘ysunishi kerak: Avval yaxlit muammo bo‘yicha tushunchaga ega bo‘lgandan keyingina, mayda qismlari ichiga kirib borish lozim. Mavjud variantlarni barchasini ko‘rib chiqmasdan turib, qaror qabul qilmang. Shubhalarning — hatto eng to‘g‘ri tuyilgan fikrlarga ham ishonchsizlik ko‘zi bilan qarang, ularni bekorga chiqarishdan cho‘chimang. Oldingizda turgan muammoga har tomonlama nazar tashlang, hatto muvaffaqiyat qozonishingiz imkoni minimal bo‘lgan taqdirda ham. etilayotgan muammo mohiyatini yaxshiroq tushunib olish uchun modellar yoki shu singari muammolarni avval hal etilgan yo‘llarini izlang. Diagrammalar va sxemalardan foydalaning. Ular bir nazar tashlagandayoq keng ko‘lamli muammoni qamrab olishingizga imkon beradi. O‘zingizga va sherigingizga iloji boricha ko‘proq savol bering. To‘g‘ri berilgan savol, ayrim hollarda berilgan javob mazmunini tubdan o‘zgartirib yuborilishi mumkin. Kallangizga kelgan birinchi qarordanoq qanoatlanmang. Uning zaif taraflarini topishga harakat qiling. Mazkur muammoni yechishning boshqa yo‘llarini izlab toping va ularni birinchi qaroringiz bilan taqqoslang. Uzil-kesil qarorga kelishdan oldin, o‘z muammolaringiz haqida birorta bilan fikrlashib oling. Sezgingizga ishoning. Mantiqiy fikr yuritishning muammo tahlilidagi hal qiluvchi o‘rni beqiyosdir, shunday bo‘lsada, o‘z sezgingizni ham kamsitmang. Xulosa. Tavakkalchilik - bu muqarrar tanlov sharoitida noaniqlikni bartaraf etish bilan bog'liq faoliyat bo'lib, uning davomida ko'zlangan natijaga erishish, muvaffaqiyatsizlik va maqsaddan chetga chiqish ehtimolini miqdoriy va sifat jihatidan baholash mumkin. Hozirgi vaqtda moliyaviy risklarni boshqarish algoritmi ishlab chiqilgan, moliyaviy risklarni miqdoriy baholash bilan bog'liq masalalar etarli darajada yoritilgan, moliyaviy risklarni boshqarish usullarini tanlash muammolari yoritilgan. Umuman olganda, korxonaning moliyaviy tavakkalchiligini tasniflash va moliyaviy risklar o'rtasidagi munosabatlarni tahlil qilish, korxonaning moliyaviy risklarini tahlil qilishni takomillashtirish va moliyaviy risklarning yakuniy moliyaviy natijaga ta'sirini kamaytirish bo'yicha profilaktika choralarini amalga oshirish muammolari. korxona faoliyatining natijalari yetarli darajada rivojlanmagan. Xavflarni tasniflashning eng muhim elementlari quyidagilardir: yuzaga kelgan vaqt; yuzaga kelishining asosiy omillari; buxgalteriya hisobining tabiati; oqibatlarning tabiati; yuzaga kelish sohasi va boshqalar. Samarali risklarni boshqarish tizimini yaratish uchun zamonaviy tashkilot tomonidan tavakkalchilikka ta'sir qilishning qanday usullarini qo'llash mumkinligini bilish kerak. Xavflarni boshqarish tizimida boshqaruv usullarining ikki guruhi mavjud: qaror qabul qilish usullari va riskga ta'sir qilish usullari. Ushbu usullarni bilish ularning ma'lum bir vaziyatda qo'llanilishini tushunishga imkon beradi, innovatsion loyihani amalga oshirish doirasida xavfga ta'sir qilishning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda optimal usullar to'plamini shakllantirishga imkon beradi. tashkilot. Xatarlarni hal qilish vositalari bu ularning oldini olish, ushlab turish, o'tkazish, darajani kamaytirishdir. Xavfdan qochish shunchaki xavfli faoliyatdan qochish demakdir. Biroq, investor uchun xavfdan qochish ko'pincha foydadan voz kechishni anglatadi. Xavfni ushlab turish - bu xavfni investorga qoldirish, ya'ni. uning mas'uliyati haqida. Shunday qilib, venchur kapitalni investitsiya qilgan investor o'z mablag'lari hisobidan venchur kapitalining mumkin bo'lgan yo'qotilishini qoplashi mumkinligiga oldindan ishonch hosil qiladi. Xavfning o'tkazilishi investorning xavf uchun javobgarlikni boshqa birovga topshirishini anglatadi.Bozor iqtisodiyoti sharoitda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun korxona boshqaruvchilari samarali boshqaruv uslublarini bilishlari, tavakkalchilik chegaralarini aniqlay olishlari, mavjud variantlardan eng maqbulini tanlay olishlari kerak. Bu esa uning ishbilarmonlik qobiliyati bilan belgilanadi va har bir boshqaruvchidan ma’lum darajada bilim va malaka talab qiladi. Hozirgi kunda qishloq xo`jaligi tarmog`ida xususiylashtirish jarayoni nihoyasiga yetkazilib, minglab xususiy tadbirkorlik subyektlari, ya’ni fermer va dehqon xo`jaliklari, shirkatlar va boshqa biznes tuzilmalari vujudga kelmoqda. Biznes va tadbirkorlik faoliyati esa muqarrar ravishda tavakkalchilik (risk) elementlari bilan bog`liq faoliyatdir. Download 68.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling