Muhandislik texnologiyalari
Sug’urta qilib qo’yish maqbul bo’lgan xavflar
Download 68.34 Kb.
|
nooooo111
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2Tavakkalchilikni boshqarish
Sug’urta qilib qo’yish maqbul bo’lgan xavflar:
yong’in va boshqa tabiiy ofatlar avtomobil halokatlari. yukning tashilishda buzilishi yoki nobut bo’lishi xavfi. firma hodimlari ehtiyotsizligi. firmaga hodimlar noinsofligi bois yetkaziladigan moddiy va ma’naviy zarar. butun loyihaning bajarilishi javobgar bo’lgan hodimlardan biri yoki bir guruhning o’z vazifalarini bajarmasligiga aloqador xavf. korxonaning (turli sabablarga ko’ra) ish faolligini vaqtincha to’xtab qolishi. firma rahbari, yetakchi hodim yoki boshqa firmaning muvaffaqiyatining uning faoliyat ko’rsatishi bilan bog’liq bo’lgan mutahasisning o’limi yoki 1.2Tavakkalchilikni boshqarish Yuqorida ta’kidlaganimizdek, aksariyat hollarda iqtisodiy baholashlar va boshqaruv qarorlari ko’p ariantli bo’lib ehtimollik harakteiga ega. Shu sababli hato va yanglishishlar bu jarayonda tabiiy bo’lganda, baribir noho’sh holdir. Shunday sharoitda menejer: tavakkalchilikdagi xavf ehtimolini; u xavf darajasini pasaytirish choralarini; ehtimol qilinayotgan zararni qoplash yo’llarini oldindan hisob – kitobini qilish lozim. Tavakkalchilikni boshqarishning mohiyati ham ana shunda . Tavakkalchilikning maqsadga muvofiqligi baho berish uchun eng avvalo ehtimol qilinayatgan, xavf darajasiga qarab tavakkalcilikning tayin zonalarini ajratib olish zarur. Shu zonalarning umumiy ko’rinishi 10-jadvalda berilgan. Zarar kutilmaydigan, ya’ni xo’jalik faoliyatining natijasi ijobiy bo’lgan zona xavfsiz zona deb ataladi. Yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xavf zonasi deganda ehtimol (tavakkal) qilinayotgan zarar kutiladigan foydadan ko’p bo’lmagan zona tushuniladi. Shunda tadbirkorlar faoliyati iqtisodiy nuqtai nazardan maqsadga muvifiq deb yuritiladi. Yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xavf zonasining chegarasi quyidagicha ko’rinishda bo’ladi: Jiddiy (keskin) xavf zonasi deganda ehtimol (tavakkal) qilinayotgan zarar nafaqat kutiladigan foyda, shuningdek hisoblangan naqt pul daromaddan ham ko’p bo’lgan zona tushuniladi, ya’ni jiddiy xavf zonasining chegarasi quyidagicha bo’ladi: Boshqacha qilib aytganda, bu yerda tadbirkor nafaqat hech qanday foyda olinishi, shuningdek barcha ishlab chiqarish xarajatlari miqdorida to’g’ridan to’g’ri zarar ko’rishgacha tavakkal qiladi. Fojiali xavf zonasi deganda ehtimola(tavakkal) qilinayotgan zararning jiddiy xavf zonasi o’z domiga tortib, undan oshib korxonaning xususiy kapitaliga teng bo’lgan zona tushuniladi, ya’ni bunday xavf zonasining chegarasi quyidagi ko’rinishda bo’ladi: Bunday tavakkalchilik oqibati korxonaning yoki tadbirkorning bankrotlikka va yemirilishiga olb keladi. Fojiali xavf tadbirkor hayoti, uni sog’lig’iga xavf tug’dirishi mumkin. Download 68.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling