Muhandislik va kompyuter grafikasi fani haqida umumiy ma`lumotlar
Download 123.2 Kb.
|
Muhandislik Javoblar (автовосстановление)
O‘lchamlar qo‘yish. Ko‘pchilik detallarning chizmalariga o‘lcham qo‘yishni ishlab chiqish detallarni chizmalarini chizishdan ham qiyin bo‘lishi mumkin. Detal elementlarining o‘lchamlari bevosita berilgan topshiriqdagi chizmadan masshtabni e’tiborga olgan holda o‘lchab olinadi. O‘lcham sonlarini qo‘yishda tutashuvchi yuzalarga e’tibor berish kerak, chunki bu o‘lchamlar birikuvchi detallar uchun bir hil bo‘ladi. Masalan, 18.12-rasmda keltirilgan tuzilma uchun A nominal o‘lcham 1 silindrning ichki diametri va 2-3 qopqoqlardagi silindrning ichki diametri bilan tashqi tutashuvchi yuzalar uchun bir xil yoki B o‘lcham 1 silindrdagi rezbali uyalar joylashgan markazlar diametri bilan 2-3 qopqoqdagi vint osti teshiklari joylashgan o‘qlarni diametrlari bir xil bo‘ladi. Detal chizmalarida bunday o‘lchamlarni qizil rangli qalam bilan ostiga chizib qo‘yish tavsiya etiladi.
2.1 Nuqtaning ortogonal proyeksiyalari Nuqtaning fazodagi vaziyatini uning x, y va z koordinatalari aniqlaydi. Masalan, fazoda berilgan biror A nuqtaning koordinatalari xA, yA va zAbo‘ladi (1.1,a–rasm). Ammo dekart sistemasida stereometrik masalalarni geometrik yasashlar fikran bajariladi va chizma asboblari yordamida konkret geometrik figuralarni yasash va ularni grafik usullar bilan tahlil qilish imkoniyatini bermaydi. Fransuz geometri va muxandisi G.Monj dekart koordinatalar sistemasi asosida fazodagi har qanday nuqtaning uchta koordinatasini proeksiyalar tekisliklari sistemasida ortogonal proeksiyalari bilan o‘zaro grafik bog‘ladi. Proektsiyalash uchta o’zaro perpendikulyar malar orqali amalga oshiriladi H – gorizontal proektsiyalar tekisligi; V – frontal proektsiyalar tekisligi; W – profil proektsiyalar tekisligi. Proektsiyalar tekisligini kesishish chizig’i proektsiya (koordinata) o’qlari deyiladi vaquyidagicha nomlanadi: OX – abstsissa o’qi; OY – ordinata o’qi; OZ –applikata o’qi. Dekart koordinata tizimi singari O koordinata markazi bo’lib xizmat qiladi Ko`rinish deb buyumni kuzatuvchiga qarab turgan tomonining tasviriga aytiladi. Tasvirlar sonini kamaytirish maqsadida ko`rinishlarda detallarning ko`rinmaydigan qismlari shtrix chiziqlar yordamida ko`rsatiladi. Ammo ko`rinishda shrix chiziqlar ko`p bo`lsa, uni o`qish qiyinlashadi. Shuning uchun ularni qo`llash chegaralangan bo`lishi kerak. Ko`rinishlar asosiy, yordamchi va mahalliy ko`rinishlarga bo`linadi Asosiy ko`rinishlar deb asosiy proeksiya tekisliklari yoki kubning yoqlarida hosil qilingan tasvirga aytiladi. 2.1-rasmda asosiy korinishlar keltirilgan. 1-olddan ko`inish (bosh ko`rinish); 2-ustdan korinish; 3-chapdan ko`rinish; 4-o`ngdan ko`rinish; 5-ostdan ko`rinish; 6-ortdan ko`rinish Bosh ko’rinish buyumning rasmi va o’lchamlari to’g’risida to’laroq tasavvur beradigan qilib tanlab olinadi. Yordamchi ko`rinish deb, asosiy proyeksiya tekisliklariga parallel bo`lmagan tasvirlarga aytiladi Yordamchi ko`rinish bevosita, tegishli tasvir bilan proyeksion bog`lig`likda joylashgan bo`lsa, ko`rinish ustiga yozuv va strelka qo`yilamaydi. 2.3-rasm Mahalliy korinish deb asosiy proeksiya tekisliklaridan biriga parallel, predmet sirtining alohida olingan qismini tasviriga aytiladi. Mahalliy ko`rinishni chizmaning istalgan bo`sh joyiga chizish mumkin. 2.4-rasmda mahalliy ko`rinishlar keltirilgan. Mahalliy ko`rinishning ustiga bosh (rasmda A, B, S) harflarda biri yoziladi. Proeksiyada mahalliy ko`rinish olingan tomonga, nigoh (qarash) yonalishi bo`ylab, strelka va uning ustiga mos harf qo`yiladi. Detalning ortogonal proeksiyalari. Proyeksiya nima. Hamma chizmalar proyeksiyalash qoidalariga muvofiq chiziladi. Narsaning qog’oz, ekran, doska va shu kabi tekisliklardagi tasviriny yasash jarayoni proyeksiyalash deb aytiladi. Bunda hosil bo’lgan tasvir proyeksiya dеyiladi. Download 123.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling