Muhandislik va kompyuter grafikasi fani haqida umumiy ma`lumotlar
Download 123.2 Kb.
|
Muhandislik Javoblar (автовосстановление)
Detal deb, yig‘ish operasiyalarisiz bir xil materialdan tayyorlangan buyumga aytiladi.
Yig‘ma birlik deb,tayyorlovchi korxonalarda biror yig‘ish operasiyalaridan (burash, payvandlash, parchinlash va shunga o‘xshashlardan) foydalanib, tarkibiy qismlarni o‘zaro biriktirib tayyorlanadigan buyumga aytiladi. Kompleks deb, buyumlar tayyorlovchi korxonada birlashtirilmagan, ammo o‘zaro bir-biriga bog‘liq ekspluatasion vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan ikki va undan ortiq buyumlarga aytiladi. Komplekt deb, tayyorlovchi korxonada yig‘ish operasiyalari bilan biriktirlmagan, yordamchi xarakterdagi ekspluatasion vazifalariga ega bo‘lgan ikki va undan ortiq buyumlar to‘plamiga aytiladi. Konstruktorlik hujjatlari grafikaviy va matnli hujjatlar, birgalikda yoki ayrim holda buyum tarkibini va tuzilishini aniqlaydi va buyumni tuzish yoki tayyorlash, nazorat qilish, qabul qilish, ishlatish va ta’mirlash uchun zarur ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Davlat standarti konstruktorlik hujjatlarining quyidagi asosiy turlari va vazifasini belgilaydi: Detal chizmasi detalning tasviri va uni tayyorlash hamda nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga oldai Yig‘ish chizmasi buyumning tasviri, buyumni yig‘ish, tayyorlash va nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi; Umumiy ko‘rinish chizmasi buyumning konstruksiyasi, uning asosiy tarkibiy qismlarining o‘zaro bog‘lanishini va buyumning ishlash prinsipini aniqlaydi; Gabarit chizma buyumning kontur soddalashtirilgan tasvirini va uning gabarit o‘rnatish o‘lchamlarini o‘z ichiga oladi; Montaj chizma buyumning (soddalashtirilgan) kontur tasviri va uni qo‘llanish joyida o‘rnatish (montaj qilish) uchun zarur ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi; Sxema – buyum tarkibiy qismlari va ularning o‘zaro bog‘lanishini shartli tasvirlar va belgilar ko‘rinishida ko‘rsatilgan hujjat; Spesifikasiya yig‘ma birlik, kompleks yoki komplekt tarkibini aniqlaydi. Konstruktorlik hujjatlari ishlab chiqish darajasiga qarab loyiha (texnikaviy takliflar, loyihalar va eskiz loyihalar) va ish hujjatlariga bo‘linadi. 12.1 Buyumnıng umumıy ko‘rınısh chızmasını bajarısh Yangi buyumni va uning konstruktorlik hujjatlarini ishlab chiqish 2.103-96 ga asosan 5 bosqichga bo‘linadi. Ulardan 4 tasida (texnik topshiriq, texnik yechim, eskiz loyihasi, texnik loyiha) loyiha hujjatlari ishlab chiqilib, oxirgi bosqichida ishchi hujjatlar ko‘plab ishlab chiqarishga (tajriba nusxasi yoki tajriba partiyasi) tayyorlanadi. Eskiz va texnik loyihalarda buyumni tajriba variantlari tayyorlanib sinovdan o‘tkaziladi. Umumiy ko‘rinish chizmasi – buyum tuzilmasi, uning asosiy tarkibiy qismlarini o‘zaro bog‘lanishini va buyumning ishlash jarayonini tushuntirish hamda yig‘uv birligi – buyumga yig‘ish chizmasi va detallarining ish chizmasini tashkil qilgan hujjatlarning ishlab chiquvchi hujjatdir. 2.119-73 va 2.120-73 DS ga asosan umumiy ko‘rinish chizmalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: buyumning tasviri (ko‘rinish, qirqim, kesimlar), matnli qismi, buyumni tuzilishi, tarkibiy qismlarni o‘zaro harakatini va buyumni ishlash jarayonini tushuntiruvchi yozuvlar; tarkibiy qismlarning nomi va belgilanishida buyumni umumiy ko‘rinish chizmasini tushuntirish uchun kerak bo‘lgan yozuvlar (texnik tasnifi, soni, materiali, ish jarayoni va boshqalar); tasvirlarga qo‘yilgan o‘lchamlar va boshqa kerakli ma’lumotlar; sxemalar (kerak bo‘lgan taqdirda); umumiy ko‘rinish chizmalarining variantlarini kerak bo‘lgan taqdirda buyumning texnik tasnifi bilan solishtirish 12.1 Buyumnıng umumıy ko‘rınısh chızmasını bajarısh Yangi buyumni va uning konstruktorlik hujjatlarini ishlab chiqish 2.103-96 ga asosan 5 bosqichga bo‘linadi. Ulardan 4 tasida (texnik topshiriq, texnik yechim, eskiz loyihasi, texnik loyiha) loyiha hujjatlari ishlab chiqilib, oxirgi bosqichida ishchi hujjatlar ko‘plab ishlab chiqarishga (tajriba nusxasi yoki tajriba partiyasi) tayyorlanadi. Eskiz va texnik loyihalarda buyumni tajriba variantlari tayyorlanib sinovdan o‘tkaziladi. Umumiy ko‘rinish chizmasi – buyum tuzilmasi, uning asosiy tarkibiy qismlarini o‘zaro bog‘lanishini va buyumning ishlash jarayonini tushuntirish hamda yig‘uv birligi – buyumga yig‘ish chizmasi va detallarining ish chizmasini tashkil qilgan hujjatlarning ishlab chiquvchi hujjatdir. 2.119-73 va 2.120-73 DS ga asosan umumiy ko‘rinish chizmalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: buyumning tasviri (ko‘rinish, qirqim, kesimlar), matnli qismi, buyumni tuzilishi, tarkibiy qismlarni o‘zaro harakatini va buyumni ishlash jarayonini tushuntiruvchi yozuvlar; tarkibiy qismlarning nomi va belgilanishida buyumni umumiy ko‘rinish chizmasini tushuntirish uchun kerak bo‘lgan yozuvlar (texnik tasnifi, soni, materiali, ish jarayoni va boshqalar); tasvirlarga qo‘yilgan o‘lchamlar va boshqa kerakli ma’lumotlar; sxemalar (kerak bo‘lgan taqdirda); umumiy ko‘rinish chizmalarining variantlarini kerak bo‘lgan taqdirda buyumning texnik tasnifi bilan solishtirish Qoraytirish. O‘lcham qo‘yishlar to‘g‘ri bajarilganligini aniqlangandan keyin chizmalar qoraytirilib kafedrada o‘rnatilgan tartibga asosan saqlash uchun topshiriladi. Shtrixlash. Birikmaga berilgan qirqim va kesim hamda ularning yuzalaridagi shtrixlash yo‘nalishi va ular orasidagi masofalarni turlicha tanlash muhim ahamiyatga ega. Yonma-yon joylashgan detallarni bir-biridan farqlash uchun shtrixlash yo‘nalishlari qarama-qarshi bo‘lishi kerak (11.10. -rasm). Pozisiyalarni nomerlash. Yig‘ish chizmalarida barcha yig‘uv birliklarini tarkibiy qismlari spesifikasiyadagi pozisiya raqamlariga asosan raqamlanadi. Yig‘uv birliklarini nomerlashda xarfli-raqamli belgi oxiriga YCh deb yozib qo‘yiladi. Spesifikasiy. Yig‘uv birligini tarkibi spesifikasiya bilan aniqlanadi (11.-8rasm). Spesifikasiya buyumni tayyorlashda, konstruktorlik hujjatlarini komplektlashda va uni ishlab chiqarishga qo‘yishga kerak bo‘ladi. Umumiy xolda quyidagi ketma-ketlikda joylashgan bo‘limlardan: hujjatlar; komplekslar; yig‘uv birliklari; detallar; standart buyumlari; boshqa buyumlar; materiallar; komplektlardan iborat. Download 123.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling