Muhayyo hakimova semasiologiy a


Nazorat uchun savol va topshiriqlar


Download 185 Kb.
bet4/12
Sana10.01.2023
Hajmi185 Kb.
#1087187
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Semasiologiya lotin

Nazorat uchun savol va topshiriqlar
1. Har qanday leksik birlik qanday jihatlardan iborat bo’ladi?
2. Leksik birlikning nomi deganda nimani tushunasiz?
3. Leksik ma'no va nom birg'biri bilan qanday bog’lanishda bo’ladi?
4. Leksik ma'noning nom bilan bog’liqligining shartli zkanligini
qanday isbotlash mumkin?
5. Leksik ma'no va nomning tabiiy bog’lanishi mumkinmi?
6. Ma'no va nomning nomutanosibligi natijasida qanday hodisalar
voqe bo’ladi?
4. Leksik ma'noni ifodalovchi omillar
Leksik ma'no bir qator omillar bilan belgilanadi :
1. Leksik ma'noning nolisoniy voqelik (insonning tashqi va ichki olami) bilan bog’liqligi;
2. Leksik ma1'noning voqelikni aks zttiruvchi tushuncha bilan bog’liqligi;
3. Leksik ma'noning til sistemasida yziga hos yringa zga zkanligi.
Leksik ma'no tushuncha kabi in'ikos kategoriyasi bylib, unda nolisoniy voqelik ? insonning tashqi va ichki olami aks ztadi. Masalan, tog’, dengiz, muhabbat, nafrat kabi. Tog’, dengiz tashqi olam hodisalari bylsa, muhabbat, nafrat insonning ichki tyyg’ularidir. Ma'noda aks ztayotgan voqelikdagi predmet, hodisa, harakat, belgi, munosabat denotat deyiladi. Biron bir alohida olingan reallik (quyosh, oy), hodisalar (gullamoq, ochilmoq), belgig'hususiyatlar (oq, qora), harakatlar (yozmoq, gapirmoq), bir turdagi narsalar (uy, daraht, gul), davriy hodisalar (yog’ingarchilik, yoz, kuz), ongimizda sun'iy hosil qilingan real bylmagan narsa, belgi, hodisalar (pari, qorbobo, qorqiz, jodugar) leksik ma'no asosida yotuvchi voqelik yoki denotat bylib kelishi mumkin.
Ma'noda denotat tyg’ridang'tyg’ri aks ztibgina qolmay unga insonning fikrlash, anglash, yzlashtirish hususiyatlari ham biriktirilgan byladi. Ma'noda denotatlar alohidaliklar tarzida zmas, umumlashgan holda in'ikos ztadi . Ushbular zsa lisoniy ma'noning tushuncha bilan mustahkam bog’liqligini kyrsatadi. Sodda qilib aytganda, denotat tushuncha orqali ma'noga aylanadi.
har qanday leksik ma'no muayayn belgi(nom)ga biriktirilgan byladi va ular syzning tarkibiy qismlarini tashkil qiladi. Ma'no syz tarkibida lisoniy sistemada yziga hos mavqega zga byladi.
Leksik ma'noni bir qator omillarga (voqelik, tafakkur, til sistemasi) bog’liqligi va uning predmet, tushuncha, belgi bilan munosabati birlamchi Ogdeng'Richards semantik uchburchagida quyidagicha kyrsatilgan:
Belgining mundarijasi, tushuncha, ma'no
Chizmadagi nomlanayotgan predmet va belgini birlashtirib turuvchi uzuqg'uzuq chiziq denotat va nom yrtasidagi bog’lanish tyg’ridang'tyg’ri zmas, balki tushuncha orqali zkanligini kyrsatadi. Ogden va Richardslarning ushbu semantik uchburchagi ma'noning asosiy omillarini kyrsatuvchi mashhur klassik model bylishi bilan birga, unda yuqoridagi burchak noaniqdir. Bunda ma'no va tushuncha ajaratilmagan holda bitta qutbda nomning mundarijasi sifatida berilgan. Zero, ma'no tushunchadan farqli alohida hodisadir. Ayrim adabiyotlarda mazkur semantik uchburchakdagi yuqoridagi burchakda tushunchaning yzi kyrsatiladi, nomning tushunchaga munosabati zsa ma'no sanaladi:
Tushuncha

nom denotat


Leksik ma'no belgig'tushuncha munosabatigina zmas, balki alohida til hodisasi ya'ni, voqelikning mahsus lisoniy in'ikosidir. Zamonaviy semasiologiyada ma'noni tushunchadan farqlash uchun semantik uchburchakning semantik trapetsiya modeli ishlab chiqilganki, unda ma'no tushunchadan farqli alohida burchakda kyrsatiladi
Ma'no tushuncha
nom denotat

Mazkur shema ham leksik ma'noni belgilovchi barcha omillarni qamrab olmaydiki, leksik ma'noda yana so’zlovchining so’zlanayotgan so’zga, uning ma'nosiga bo’lgan sub'ektiv munosabati va so’z yoki ma'noning inson ruhiyatiga ta'siri kabilar ham mavjud bo’ladi.



Download 185 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling