Muhayyo hakimova semasiologiy a


Nazorat uchun savol va topshiriqlar


Download 185 Kb.
bet3/12
Sana10.01.2023
Hajmi185 Kb.
#1087187
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Semasiologiya lotin

Nazorat uchun savol va topshiriqlar
1. Tilshunoslikning leksik semantika sohasi bo’yicha ma'lumot bering.
2. Semasiologiya atamasini ikki ma'noda qo’llanishini tushuntiring.
3. Onomasiologiya ma'noni qanday yo’nalishda tadqiq qiladi?


3. Leksik ma'no va nom munosabati
Leksik ma'no leksik semantikaning asosiy kategoriyasi, markaziy tushunchasidir. har qanday leksik birlik ikki jihatning – nom (shakl) va leksik ma'noning barqaror birikuvidan tashkil topadi. Nom leksik birlikning tovushli va grafik tomonlarini ifodalasa, leksik ma'no zsa voqelikning lisoniy in'ikosidir. Masalan, k, i, t, o, b tovushlari va k, i, t, o, b harflarining ketmag'ketligi kitob so’zining nomi bylsa, ma'nosi qo’yidagichadir: «ma'lum matnli varaqlardan iborat, juzlab tikilgan, muqovalangan, hajmi 48 sahifadan kam bo’lmagan bosma asar »
Leksik ma'no bilan nom (belgi, shakl, ifoda plani, nomema)ning bog’lanishi tarihiyg'ijtimoiydir. Ya'ni muayyan leksik ma'no ma'lum bir nomga shu til zgasi bo’lgan jamoa tomonidan biriktiriladi. Leksik ma'no va nom yrtasidagi bog’lanishning tabiati, uning shartli yoki tabiiyligi hususidagi tortishuvlar antik davrdan hozirgacha davom ztib keladi. Ma'no va nom yrtasidagi bog’liqlik asosan shartli bo’lib, leksik ma'noga ma'lum bir nom jamoa tomonidan shartli biriktiriladi. Biri ikkinchisidan: ma'no nomdan, nom ma'nodan kelib chiqmaydi. Tilda ma'no va nom o’rtasidagi bog’lanish tabiiy zmasligiga, ya'ni birining ikkinchisidan kelib chiqmasligiga asosan quyidagilar sabab bo’la oladi:
1. Bitta ma'noning turli tillarda har hil nomlar bilan ifodalanishi. Muayyan bir ma'no har bir tilda o’zgacha nomga zga. Masalan, «onaning yoki dadaning onasi» ma'nosi o’zbek tilida buvi, rus tilida babushka, ingliz tilida grandmother kabi nomlarga biriktirilgan. Agar ma'no va nom orasida tabiiy bog’lanish bo’lganda bitta umumiy ma'no yagona bir nomga zga bo’lar zdi. Natijada, dunyoda 200 dan ortiq zmas, faqat bitta til mavjud bo’lar zdi.
2. Sinonimiya hodisasining mavjudligi. Bir tilning o’zida ham muayyan ma'no birdan ortiq nomga zga bo’lishi mumkin. Masalan, o’zbek tilida «Aldab, chalg’itib, har qanday ishni o’z foydasiga hal qiladigan, makrg'hiylaga usta» ma'nosi 15 ta leksemada ifodalangan: ayyor, mug’ombir, hiylagar, quv, ustomon, makkor, dog’uli, mo’ltoni, qilvir(i), shayton, tulki, tullak, qirriq, hirpa, maston. Bu ham ma'no va nom o’rtasidagi bog’liqlikning tabiiy zmasligini ko’rsatadi.
3. Ko’p ma'nolilik va omonimiya hodisalarining mavjudligi. Tilda bir nom bilan birdan ortiq ma'nolarning ifodalanishi; ikki yoki undan ortiq ma'nolarning nomining aynan zkanligi ham ma'no va nom o’rtasidagi bog’liqlik shartli zkanligini yana bir marta isbotlaydi. Masalan, o’zbek tilidagi quloq nomi quyidagi ma'nolarni ifodalaydi: 1) Odam yoki hayvonning tashqi zshitish a'zosi, 2) qozonning tutqichi, 3) radio yoki televizorning buragichi. Birg'biriga umuman yaqin bo’lmagan ism ma'nosi va tuyoqli hayvon turi ham bir hil nom bilan aytiladi: ot (qizchaning oti Muslima) va ot (qizcha mingan ot hurkovich zdi).
Lekin tilda ma'no va nomning tabiiy bog’langan ko’rinishlari ham uchraydi. Bunday bog’langan so’zlarning asosini tovushga taqlidni ifodalovchi va ulardan yasalgan so’zlar tashkil qiladi. Masalan, taraqg'turuq, qasurg'qusur, miyovlamoq, vovullamoq, uvullamoq.
Leksik ma'no va nom o’rtasidagi bog’liqlik qanday bylishidan qat'i nazar (shartlimi, tabiiymi), u majburiydir. Zero, shaklsiz ma'no, ma'nosiz shaklning bylishi mumkin zmas. F.de Sossyur til birligidagi substantsiya (moddiy tomon) va ma'noning o’zaro tashkil ztuvchilik holatini bir qog’oz varag’ining ikki tomonini o’zaro tashkil ztuvchanligi bilan qiyoslagan zdi . Lekin syzning nomi (belgisi, ifoda plani, shakli, fonetik qobig’i) va ma'nosi (mazmun plani) yrtasida asosan nomutanosiblik mavjud byladi. Bu zsa nomning (belgining) yziga kyproq ma'no sig’dirishiga, ma'noning zsa birdan ortiq nomda ifodalanishiga intilishi bilan belgilanadi. Masalan, o’zbek tilida bosh nomi 20 ga yaqin ma'nolarni o’ziga sig’dirgan .
1. Tananning bo’yindan yuqorigi, oldingi (odamda, hayvonlarda) qismi; kalla. Bosh kosasi.
2. Aql, hush, miya. Bosh bilan ish qilmoq.
3. Boshliq, rahbar. Zlga bosh bo’lmoq.
4. Lavozim, mansab chihatdan kata, yuqori turuvchi. Bosh vrach.
5. Ulkan, katta, asosiy. Bosh sovrin.
6. Zng muhim, asosiy, etakchi. Bosh sabab.
7. Zng oldingi, birinchi. Bosh bola.
8. Odam, kishi. Bir boshga bir o’lim.
9. Chorva hisobidagi har bir adad jonivor. O’n bosh ot.
10. Tik narsalarning tepa qismi, uchi, cho’qqisi. Maysalarning boshi zgildi.
11. Biror marosim, tadbir, voqeag'hodisaning ro’y berish vaqti, amalga oshish jarayonidagi dastlabki bosqich. Ish boshida turmoq
12. Yon, old, tomon. Tezg'tez boshimga borib tur.
13. O’rin, karavot va shu kabilarning bosh quyiladiganyuqori tomoni; shunday o’rinda yotgan kishining beldan yuqori tomonidagi joy. Karavotning boshi
14. Ba'zi otlar bilan birikib. Shu ot orqali ifodalangan narsaning o’zini yoki u o’rnashgan joyni, yong'atrofini bildiradi. O’choq boshi.
15. Cho’ziq, davomli, bo’yli narsalar, joy, maydonlarning boshlanish joyi yoki ohiri, ztagi; shuunday narsalarning ikki uchidan, chekkasidan, tomonidan biri. Daryo boshi.
16. Voqea, hodisaning, biror muddat yoki faslning, asar, matn va shu kabilarning boshlanish joyi, payti, avali, muqaddimasi. Hikoyaning boshi. Yilning boshi.
17. Voqea, hodisa vash u kabilarning boshlanishi uchun bahona bo’lgan narsa, dastlabki sabab. Qo’shnimning oshi – janjalning boshi.
18. Ba'zi o’simliklarning kala yoki chochoq shaklidagi hosili, mevasi. Bir bosh uzum.
Yuqoridagi bir nom o’ziga bir qancha ma'no sig’dirgan holatda polisemiya va keyinchalik omonimiya hodisasi voqe bo’lishi mumkin. O’zbek tilida «Inson boshining old qismi» ma'nosi zsa yuz, bet, aft, bashara, turq, oraz, chehra, ruhsor kabi bir qancha nomlarda ifodalanadi. Bu holatda zsa sinonim syzlar hosil byladi.

Download 185 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling