Muhayyo hakimova semasiologiy a
Nazorat uchun savol va topshiriqlar
Download 185 Kb.
|
Semasiologiya lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- IKKINCHI BOB.
Nazorat uchun savol va topshiriqlar
1. Semasiologiya nimani o’rganadi? 2. Semasiologiyaning asosiy vazifasi nimadan iborat? 3. Umumiy semasiologiyada nimani tadqiq qiladi? 4. Hususiy semasiologiya nimani o’rganadi? 5. Fonosemantikada nima o’rganiladi? 6. Grammatik semasiologiyaning qanday turlari mavjud? 7. Leksik semantika nimani tadqiq qiladi? IKKINCHI BOB. LEKSIK SEMANTIKA LEKSIK MA'NO VA UNI IFODALOVChI OMILLAR 2. Semasiologiya va onomasiologiya leksik semantikaning ikki aspekti sifatida Umumiy semasiologiyaning bir bo’limi bo’lgan leksik semantikada leksik ma'no o’rganiladi. Leksik semantikaning o’zi ham semasiologiya va onomasiologiya kabi ikki aspektdan iborat. Nutq jarayonida so’zlovchi va tinglovchi ishtirok ztadi. Syzlovchi (yoki yozayotgan shahs) ma'lumotni, ya'ni ma'noni muayyan belgilarga kodlab matn tuzadi. Tinglovchi (yoki yqiyotgan shahs) zsa matnni anglash uchun belgilardan ma'noni «echib oladi». Birinchi holatda ma'nodan belgiga (syzga, matnga) boriladi va «ushbu ma'noni (fikrni, tushunchani) qanday belgi yordamida ifodalash mumkin?» degan savol tu\iladi. Ikkinchi holatda zsa, belgidan ma'noga boriladi va «bu belgi (syz, matn) qanday ma'no ifodalaydi?» degan savol tug’iladi. Shundan kelib chiqib, leksik birliklar ma'nosi «belgidan ma'noga» va «ma'nodan belgiga» birg'biriga qaramag'qarshi semasiologiya va onomasiologiya yynalishlarida yrganiladi. Semasiologiya leksik semantikaninng bir bo’limi bo’lib, u ma'noni belgi ma'no yynalishida yrganadi. Va bunda «ushbu belgi (so’z, leksema) qanday ma'no ifodalaydi?» degan savol qo’yiladi (tinglovchining holati). Masalan, o’zbek tilida er leksemasining qanday ma'nolari bor?, ochun leksemasi qanday ma'no ifodalaydi? Onomasiologiya semantikaning yana bir aspekti bo’lib, unda ma'no ma'no belgi yynalishida tadqiq qilinadi. Bu o’rinda «Mazkur ma'noni qanday belgi yoki belgilar ifodalaydi?», degan savol ko’ndalang quyiladi (so’zlovchining holati). Masalan, vaqt ma'nosini ifodalovchi qanday so’zlar mavjud?, mavhum tushunchalarni qanday so’zlar yordamida ifodalash mumkin? Leksik semantikaning bu ikki aspektining ajratilishi leksikg'semantik kategoriyalar va hodisalarning mohiyatini turli nuqtai nazarlardan tyliq va aniq yrganishga hizmat qiladi. Zero, bir ma'nolilik, kyp ma'nolilik, omonimiya semasiologik kategoriya sanalsa, sinonimiya, antonimiya, konversiya, mazmuniy maydon kabilar onomasiologik kategoriyalar deb qaraladi. Semasiologiya va onomasiologiyani qat'iy chegaralab bylmaydi. Ular leksik semantikani yrganuvchi ikki aspekt va metod sifatida biri ikkinchisiga ytib, tyldirib turadi. Download 185 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling