Muhayyo hakimova semasiologiy a


Nazorat uchun savol va topshiriqlar


Download 185 Kb.
bet8/12
Sana10.01.2023
Hajmi185 Kb.
#1087187
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Semasiologiya lotin

Nazorat uchun savol va topshiriqlar
1. Leksemaning ikki plani haqida ma'lumot Bering.
2. Leksemaning shakl tomoni qanday terminlar bilan aytiladi?
3. Leksemaning mazmun tomoni qanday terminlar bilan aytiladi?
4. Leksik ma'no va semema atamasining munosabati haqida tushuntiring.
5. Leksemaning semantik strukturasi deyilganda nima nazarda tutiladi?
6. sememaning strukturasi nimalardan iborat?
7. Sema haqida ma'lumot bering.
8. Semalarning ma'no hususiyatiga ko’ra qanday turlari mavjud?
9. Denotativ sema deb nimaga aytiladi?
10. Konnotativ sema deb nimaga aytiladi?
11. Vazifa semasini tushuntirib bering.
12. Integral sema haqida ma'lumot bering va misollar keltiring.
13. Differentsial sema haqida ma'lumot bering va misollar keltiring.
14. Arhisema deb nimaga aytiladi?
15. Implikatsional deb nimaga aytiladi?
16. Tilshunoslikda intensional termini nima uchun qo’llanadi?
9.Leksik ma'no turlari
Leksik ma'no turlari o’zbek tilshunosligida atrorflicha o’rganilgan. Unga ko’ra, leksik ma'nolar hozirgi va avvalgi leksik ma'nolarga ajratilgan. Tilning o’tmish taraqqiyot bosqichiga mansub, hozirgi lug’at boyligi tarkibida qatnashmaydigan leksik ma'no avvalgi leksik ma'no deyiladi. Avvalgi leksik ma'no ikki hil: 1) zski leksik ma'no, 2) ztimologik leksik ma'no.
Zski leksik ma'no tarihiy semasiologiyada o’rganiladi. Hozirgi leksik ma'no tasviriy semasiologiyada o’rganiladi.
Hozirgi leksik ma'nolar ham turli nuqtai nazarlardan guruhlanadi.
1. Nominatsiya (nomlash) usuliga, ya'ni leksemaning voqelikdagi nomlanayotgan narsa bilan munosabatiga leksik ma'nolar to’g’ri va ko’chma, nominativ va figural turlarga ajratiladi.
To’g’ri ma'no deb narsani to’g’ridan to’g’ri, bevosita nomlovchi ma'noga aytiladi. Masalan, o’zbek tilida bahor ko’p ma'noli leksemadir. Bahor leksemasining to’g’ri ma'nosi «qishdan keyin yozdan oldin keladigan fasl».
Ko’chma ma'no o’zaro bog’liqlik asosida bir predmet nomining boshqasiga ko’chirilishi asosida hosil bo’ladi. Masalan, bahor leksemasining ko’chma ma'nolari quyidagichadir:
Bahor2: Har narsaning (umrning, hayotning) yashnagan, kamolga etgan payti, shunday chog’lar ramzi. Umr bahori.
Bahor3: Umrning ma'lum qismi, muddati, yoshi. Yigirmanchi bahor.
Bahor4. Quvonch, shodlik, baht. Kunlar kelar, yaratar bahor. (G’ayratiy).
Bahor5. Sevgi, muhabbat; umid. Kimningdir ko’nglida bahor gulladi. Bahor6. Sevgili, ma'shuqa, go’zal yor. Gullagan bahorim, seni sevaman.
Odatda to’g’ri ma'no bosh ma'noga, ko’chma ma'no hosila ma'noga to’g’ri keladi.
Nominativ ma'no deb biror narsa, belgi, harakatni nomi bo’lib hizmat qiluvchi leksik ma'noga aytiladi. Nominativ ma'no voqelik bilan bevosita bog’lanadi. Leksema tarkibida birdan ortiq nominativ ma'no bo’lishi mumkin. Bosh ma'no doimo nominativ ma'no sanaladi. Bevosita predmetni nomi bo’lib kelayotgan hosila ma'nolar ham nominativ ma'no bo’lishi mumkin. Jumladan, er leksemasining bosh va hosila ma'nolari ham bevosita muayyan voqelikni nomlagani uchun barcha ma'nolari nominativ ma'no deyiladi. O’zbek tilining izohli lug’atida uning 11 ta ma'nosi keltirilgan: 1. Quyoshdan keyingi uchinchi planeta. Er shari. 2. shu planetaning quruqlik qismi. Er planetamizning oltidan bir qismini tashkil qiladi. 3. planetamiz qobig’ining sirtqi qismi. Er bag’ri 4.Narsalar turgan, tirik organizmlar hayot kechiradigan yuza, sath. Tomdan erga qulamoq. 5. Er sathining muayyan bir qismi; joy. Toshloq er va sh.k.
Figural ma'no deb voqelik bilan bog’lanmagan, nomlanayotgan narsaning bevosita nomiga aylanmagan, obrazlilik, majoz hosil qilish uchun hizmat qiluvchi ma'noga aytiladi: yigitning guli, dehqonchilikning tili, gapning qaymog’i. Ushbu bog’lanishlarda gul, til, qaymoq leksemasi ifodalyotgan ma'no figural ma'no hisoblanadi. Chunki ular bevosita voqelikni nomlagani yo’q. Masalan, qaymoq leksemasi nominativ ma'nosi bilan sutli mahsulotning bir turini anglatib, voqelikdagi mavjud narsani nomlasa, gapning qaymog’i birikuvida zsa «asosiy mazmuni» figural ma'nosi ifodalaydi. Qaymoq leksemasi gapning asosiy mazmunini to’g’ridang'to’g’ri zmas, balki o’zining nominativ ma'nosi orqali ifodalaydi.
Figural ma'no faqat muayyan kontekstdagina voqe bo’ladi. Masalan, yigitning guli birikuvida voqe bo’ladigan figural ma'no yigit leksemasi bilan o’hshash leksemalarda yuzaga chiqmaydi: bolaning guli, zrkakning guli.
2. Semantik motivlashish, ya'ni semantik bog’liqlik asosida hosil bo’lish nuqtai nazaridan leksik ma'nolar ikki turga bo’linadi: bosh (motivlashmagan) ma'no, hosila (motivlashgan) ma'no.
Boshqa leksik ma'no hosil bo’lishiga asos bo’lgan ma'no bosh ma'no deyiladi. Bosh ma'no taraqqiyoti natijasida shakllangan ma'nolar hosila ma'no deyiladi. Muz leksemasining bosh ma'nosi «suvning nol darajada sovishi natijasida qotgan holati». Bosh ma'no taraqqiyoti natijasida zsa muz leksemasining «sovuq» va «yoqimsiz» hosila ma'nolari shakllangan: oyog’imdan muz o’tdi va suhbat muz bo’lib ketdi.
Bosh ma'no kontekstga bog’liq bo’lmaydi. Leksema talaffuz qilinganda, o’qilganda yoki zshitilganda ongimizda birinchi bo’lib bosh ma'no tasavvur qilinadi. Ko’z deyilganda, har bir o’zbek tili zgasi «insonning ko’rish a'zosi»ni tasavvur qiladi. Bu zsa ko’z leksemasining bosh ma'nosidir.
Hosila ma'no zsa kontekstga bog’liq bo’ladi. Masalan, bahor leksemasining insonning yoshini ifodalovchi hosila ma'nosi reallashuvi uchun, albatta, u muayyan son bilan bog’lanib kelishi kerak: o’n sakkiz bahori, etmishinchi bahor kabi.
Bosh ma'noning tarkibi hosila ma'noga nisbatan soddaroq, umumiyroq bo’ladi. Masalan, bormoq leksemasining bosh ma'nosi quyidagicha: «bir joydan ikkinchi bir joy tomon harakat qilmoq. Maktabga bormoq». Bormoq leksemasining quyidagi hosila ma'nosi bosh ma'noga nisbatan ancha murakkab strukturga zga: «O’z ishi, faoliyatida biror yo’nalishda harakat qilmoq. O’zbekiston demokratik jamiyat qurish yo’lidan bormoqda».
Bosh ma'noning birikuvchanligi hosila ma'noga nisbatan katta bo’ladi. Masalan, bahor leksemasi bosh ma'noda ko’plab bog’lanishlar hosil qiladi: bahor kunlari, bahor tonggi, bahor havosi, bahor shamoli, zrta bahor, bahorning kelishi, bahorning tugashi kabi. Bahor leksemasining sevgili, ma'shuqa, go’zal yorni ifodalovchi hosila ma'nosi faqat sanoqli bog’lanishlar hosil qila oladi: gullagan bahorim, gul chechakli bahorim, gul yuzli bahorim.
Bosh ma'no zmotsionalg'zkspressivlikdan, sub'ektiv munosabatlardan holi bo’ladi. Hosila ma'nolar zsa zmotsionalg'zkspressivlikka zga bo’lishi mumkin. Gul leksemasi bosh ma'nosi bilan «yopiq urug’li o’simliklarning urchish uchun hizmat qiladigan, gulband, kosachabarglar, tojbarglar, changchilar va urug’chidan iborat qismini» bildiradi va sub'ektiv munosabatlardan holidir. Shu nuqtai nazardan u zmotsionalg'zkspressiv va zmotsionalg'zkspressivlik jihatidan neytral leksemalar bilan zrkin birika oladi: gilos gulladi, gilosning oppoq, ko’rkam gullari.
Gul leksemasining «zng yahshisi, sarasi» ma'nosi ijobiy zmotsionalg'zkspressivlikka, «navqiron» modal ma'noga zga: yigitning guli, honadonimizning guli. Shuning uchun ham u sanoqli so’zlar bog’lana oladi, va yigit leksemasi bilan paradigma hosil qila oladigan bola, chol, kampir, momo, bobo kabi leksemalar bilan bog’lanishlar hosil qila olmaydi.
Insonlarning harakterini ifodalovchi barcha hosila ma'nolar zmotsionalg'zkspressivlikka zga bo’ladi: ayyor odam – tulki odam, bo’sh yigit – latta yigit.
Agar leksemaning semantik tarkibida hosila ma'no ham o’z navbatida yana bir ma'no hosil bo’lishi uchun asos bo’lgan bo’lsa, u holda yasalishga asos bo’lgan hosila ma'no nisbiy bosh ma'no deyiladi. Barcha hosila ma'nolar uchun bevosita yoki bilvosita asos bo’lgan ma'no to’ng’ich bosh ma'no deyiladi .
3. Semantik birikuvchanlik nuqtai nazaridan zrkin va bog’liq leksik ma'nolar farqlanadi.
Ko’plab bog’lanishlar hosil qila oladigan ma'nolar semantik birikuvchanlik nuqtai nazaridan zrkin ma'nolar deyiladi. Ya'ni, zrkin ma'no mantiqan birikish mumkin bo’lgan hamma leksemalar bilan birika oladi. Bosh ma'noning bog’lanishi zrkin bo’ladi. Aksariyat hollarda, nafaqat bosh ma'no, balki ko’chma ma'nolar ham zrkin ma'no bo’la oladi. Masalan, til leksemasining bosh ma'nosi va hosila ma'nolarining aksariyati ham zrkin ma'no hisoblanadi.
Bog’liq ma'nolar bog’lanishi mantiqiylik nuqtan nazaridan zmas, balki, til imkoniyatlari bilan chegaralangan bo’ladi. Bog’liq ma'nolarni rus tilshunosi V.Vinogradov 3 turga ajratadi : frazeologik bog’langan ma'nolar, sintaktik chegaralangan va konstruktiv shartlangan ma'nolar. Frazeologik bog’langan ma'nolar deb faqat muayyan sanoqli so’zlar qurshovidagina reallashadigan ma'noga aytiladi. Bunda ma'no mantiqiylik nuqtai nazaridan zmas, balki o’zbek tilining ichki qonuniyatlari asosida bog’lanishlar hosil qila oladi. Masalan, mag’iz va qaymoq leksemasining «asosiy mazmuni» ma'nosi faqat gap leksemasi bilan bog’langandagina reallashadi: gapning mag’izi, gapning qaymog’i.
Tuz leksemasining «ovqat» ma'nosi ham frazeologik jihatdan bog’liq matn bo’lib, Ushbu ma'no faqat «emoq», «ichmoq» leksemalari qurshovidagina reallashadi: tuzini emoq, tuzini ichmoq kabi. Solishtirish uchun tuz leksemasining «ovqatga maza kiritish uchun solinadigan oq, sho’r moda»ni ifodalovchi bosh, zrkin ma'nosining qurshovlarini ko’rib o’tamiz: tuz solmoq, yodli tuz, yodlanmagan tuz, mayda tuz, yirik tuz, namagi o’tkir tuz, namagi past tuz, oliy navli tuz, tuz olmoq va h.k.
Sintaktik jihatdan chegaralangan ma'no deb gapda muayyan vazifada kelgandagina reallashadigan ma'noga aytiladi. Faqat hosila ma'nolargina sintaktik jihatdan chegaralangan bo’ladi. Masalan, o’zbek tilida gul leksemasining «yor, sevikli ayol» ma'nosi gapda kirish so’z vazifasida murojaat shaklida qo’llangandagina reallashadi: Gulim, senga aytar so’zim bor.
Sintaktik jihatdan chegaralangan ma'no o’zbek tilida juda kam kuzatiladi.
Konstruktiv shartlangan ma'no deb muayyan sintaktik konstruktsiyalardagina reallashidagan ma'noga aytiladi. Masalan, bosh leksemasining «chorva hisobidagi har adad jonivor» ma'nosi faqat sanoq sonlar bilan kelgandagina (sanoq son X bosh leksemasi) reallashadi: O’n bosh mol, ikki bosh qo’y.
Bosh leksemasining yana «voqea, hodisalarning boshlanishi uchun bahona bo’lgan sabab» ma'nosi faqat quyidagi konstruktsiyada voqelashadi: belgili qaratqich kelishigidagi ot X uchinchi shahs birlikdagi bosh leksemasi. Bunda bog’lanishlarning miqdori cheklanmaydi: janjalning boshi, urushning boshi, kulguning boshi, bahtiyorlikning boshi…

Download 185 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling