Muhim xavfsizlik qoidalari


Ishlab chiqaruvchi yuqoridagi maslahatlarga va


Download 45.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana25.01.2023
Hajmi45.41 Kb.
#1118908
1   2   3   4   5
Bog'liq
400010761951UZ (1)

Ishlab chiqaruvchi yuqoridagi maslahatlarga va 
ehtiyot choralariga rioya qilmaslik natijasida 
yuzaga kelgan insonlarning yoki hayvonlarning 
shikastlanishi uchun, shuningdek mulkiy zarar 
uchun javobgar bo’lmaydi.
Buyumdan eng yaxshi foydalanish maqsadida, 
ichida buyumning ta’rifi va foydali maslahatlar 
bo’lgan foydalanish yo’riqnomasini diqqat bilan 
o’qib chiqing.
Ushbu yo’riqnomani keyinchalik foydalanish uchun 
saqlab qo’ying.
1. Buyumni o’ramidan ochishdan keyin uning 
shikastlanmaganligiga va eshiklari tegishlicha 
tarzda yopilishiga ishonch hosil qiling. Har qanday 
shikastlanish to’g’risida buyum yetkazib berilganidan 
keyin 24 soat ichida sotuvchiga bildirish lozim.
2. Uskunani yoqishdan oldin sovitish agenti konturi 
to‘liq ishga yaroqli ekaniga ishonch hosil qilish 
uchun kamida ikki soat kuting.
3. Foydalanishdan avval buyumning ichini yuvib 
chiqing.
BUYUMDAN FOYDALANISHDAN AVVAL


7
Buyumni quruq, yaxshi shamollatiladigan xonada va 
to’g’ridan-to’g’ri quyosh nurlaridan panada bo’lgan 
joyda, yuqori harorat manbalaridan uzoqda (isitgichlar, 
plitalar va hokazo) o’rnating. Zarurat bo‘lsa, izolyatsiya 
qiluvchi paneldan foydalaning. 
• Tegishli ventilyatsiyani ta'minlash uchun uskunani 
o‘rnatish bo‘yicha yo‘riqnomaga rioya qiling. 
• Orqa tomondan ventilyatsiya yetarlicha bo‘lmasligi elektr 
energiyasi iste'molini ko‘paytiradi va sovitish unumini 
pasaytiradi. 
• Kamera ichidagi harorat xonadagi haroratga, eshik necha 
marta ochib-yoplishiga, shuningdek uskuna qayerga 
o‘rnatilganiga bog‘liq. Harorat belgilanayotganda ushbu 
omillar inobatga olinishi lozim. 
• Issiq oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklarni uskunaga 
solishdan oldin sovitish kerak. 
• Ventilyatorni (agar bor bo‘lsa) oziq-ovqat mahsulotlari 
bilan yopib qo‘ymang. 
• Oziq-ovqat mahsulotlarini qo‘yayotganda sovutkichning 
eshigi,ayniqsa muzlatish kamerasining eshigi to‘g‘ri 
yopilyaptimi, yo‘qmi, tekshirib ko‘ring. 
• Eshikni ochish sonini imkon qadar kamaytiring. 
• Muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlarini muzdan tushirish 
uchun ularni sovitish kamerasiga qo‘ying. Muzlatilgan 
mahsulotlarning past harorati sovutkichdagi mahsulotlar 
harorati pasayishiga yordam beradi. 
• Uskuna maxsus bo‘linmalarga (yangi oziq-ovqat 
mahsulotlari uchun kamera, bo‘linma, nol-kamera va h.k.) 
ega bo‘lishi mumkin. Qator hollarda, agar bu muyyan 
uskunaning bukletida maxsus aytib o‘tilmagan bo‘lsa, 
ekvivalent unumdorlik xususiyatlariga erishish uchun 
ularni olib qo‘yish mumkin.
• Sovitkich tokchalarining joylashishi elektr ta'minotidan 
foydalanish samaradorligiga ta'sir qilmaydi. 
Mahsulotlarni shunday joylashtirish kerakki havo bemalol 
aylansin (masalliqlar biriga zich turmasligi, masalliqlar 
bilan orqa devor orasida masofa saqlanishi kerak). 
• Muzlatilgan masallqlarni saqlash uchun joyni 
kengaytirish uchun savatchani chiqarib qo‘yish mumkin, 
agar bor bo‘lsa Stop Frost tizimi o‘chirilishi kerak; bunda 
elektr energiyasi ta'minotida o‘zgarish bo‘lmaydi.
• Zarar yetgan zich yopish moslamasi imkon qadar tez 
almashtirilishi kerak. 
• •Elektr energiyasi iste'moli toifasi yuqori bo‘lgan 
uskunalar yuqori samarali dvigatel bilan ta'minlangan 
bo‘lib, ular elektr energiyasini kam iste'mol qilgan holda 
uzoq vaqt ishlaydi.

Download 45.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling