Muhim xavfsizlik qoidalari


EHTIYOT CHORALARI VA UMUMIY TAVSIYALAR


Download 45.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana25.01.2023
Hajmi45.41 Kb.
#1118908
1   2   3   4   5
Bog'liq
400010761951UZ (1)

EHTIYOT CHORALARI VA UMUMIY TAVSIYALAR
O‘RNATISH
• Pol qoplamasiga (maslan, parketga) zarar 
yetkazmaslik uchun uskunani ehtiyotlik bilan joydan 
joyga ko‘chiring.
• Uskuna issiqlik manbaidan uzoqda turishi lozim.
• Buyumni uning vaznini ko’tarish uchun yetarlicha 
mustahkam bo’lgan pol to’shamasining ustida, 
shuningdek uning kattaligiga va vazifalariga mos 
bo’lgan joyda joylashtiring.
• Uskuna jadvalda ko‘rsatilgan iqlim toifasiga muvofiq 
harorat quyidagi doirada saqlanadigan joylarda 
ishlatish uchun ishlab chiqilgan. Agar uzoq vaqt 
ko‘rsatilgan diapozon tashqarisidagi haroratda 
saqlanadigan bo‘lsa, uskuna kerakli tarzda ishlay 
olmaydi.
Климаттык классы
Тышкы абанын 
температурасынын (°C)
SN
10 dan 32 gacha
N
16 dan 32 gacha
ST
16 dan 38 gacha
T
16 dan 43 gacha
• Buyumning tamg’alanishida ko’rsatilgan ish 
kuchlanishi uyingizda ishlatiladigan kuchlanishga 
mos kelishiga ishonch hosil qiling. 
XAVFSIZ FOYDALANISH
• Ushbu buyum yoki boshqa har qanday elektr 
buyumning yonida benzin, yonuvchan suyuqliklarni 
yoki gazlarni saqlamang va ulardan foydalanmang. 
Ularning bug’lari yong’in yoki portlashga sabab 
bo’lishi mumkin. 
• Sovuqlik akkumulyatoridagi (ba'zi modellarda) 
moddalarni (zaharli emas) yutmang. 
• Muz kubiklari yoki muzqaymoqlarni (eskimo/mevali 
muz) sovitish kamerasidan olingani zaxot iste'mol 
qilmang, chunki bu muzlashga sabab bo‘lishi 
mumkin.
• Ventilyator qopqog‘i ichida havo filtri bo‘lgan 
uskunalar uchun - bu filtr faqat sovutkich ishlab 
turganda o‘rnatilishi lozim.
• Buyumga xizmat ko’rsatish yoki uni tozalash 
yuzasidan har qanday harakatlarni bajarishdan avval, 
uni elektr ta’minot tarmog’idan o’chiring.
• Sovitish kamerasi yangi oziq-ovqat mahsulotlarini 
saqlash uchun, muzlatish kamerasi esa - muzlatilgan 
oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, yangilarini 
muzlatish va muz kubiklari tayyorlash uchun 
ishlatiladi. 
• Suyuqlik solingan shisha idishlarni muzlatish 
kamerasida saqlamang, ular yorilib ketishi mumkin.
• Oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqsiz, sovutkich yoki 
muzlatish kamerasining ichki yuzalari bilan bevosita 
kontaktda saqlamaslikka harakat qiling.
• "Uskuna ichidagi chiroq maishiy uskunalar uchun 
maxsus mo‘ljallangan va uydagi xonani umumiy 
yoritishga yaramaydi (EC 244/2009-son qaror)".

Download 45.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling