Muhim xavfsizlik qoidalari


Download 45.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana25.01.2023
Hajmi45.41 Kb.
#1118908
  1   2   3   4   5
Bog'liq
400010761951UZ (1)



4
MUHIM XAVFSIZLIK QOIDALARI
OGOHLANTIRISH: Buyumning 
barqaror bo’lmagan holati tufayli 
xavfli vaziyatlar yuzaga kelishiga yo’l 
qo’ymaslik uchun uni joyashtirish 
yoki mustahkamlash ishlab 
chiqaruvchining yo’riqnomasiga 
muvofiq bajarilishi kerak.
OGOHLANTIRISH: buyumning 
shamollatish tuynuklari hech nima 
bilan yopilib qolmasligini nazorat 
qiling.
OGOHLANTIRISH: sovitish konturi 
trubkalariga zarar yetkazmaslikka 
harakat qiling.
OGOHLANTIRISH: muzdan tushirish 
jarayonini tezlashtirish uchun ishlab 
chiqaruvchi tavsiya etganlardan 
tashqari, biron mexanik, elektr yoki 
kimyoviy vositalardan foydalanmang.
OGOHLANTIRISH: agar elektr 
uskunalari ishlab chiqaruvchi 
tomonidan maxsus ma'qullangan 
uskunalar sirasiga kirmasa, ulardan 
uskuna ichida foydalanmang va 
saqlamang. 
OGOHLANTIRISH: suv ta’minot 
tizimiga bevosita ulanmagan 
muz tayyorlash moslamalari /suv 
dispenserlari faqat ichimlik suvi bilan 
to’ldirilishi kerak.
Informatsiya: Mazkur uskuna tarkibida 
xlorftoruglerodlar yo‘q. Sovituvchi 
konturda R600a (HC) sovitish agenti bor.
• Izobutanli (R600) uskunalar: izobutan - 
bu tabiiy gaz bo‘lib, ekologiyaga salbiy 
ta'sir ko‘rsatmaydi, ammo yoqilg‘i 
hisoblanadi. Shuning uchun sovitish 
konturi trubkalariga zarar yetmasligiga 
qarab turing. Agar zarar yetgan 
trubkalardan gaz chiqayotgan bo‘lsa, 
ayniqsa ehtiyot bo‘ling.
• S-pentan izolyatsiya ko‘pigida 
ko‘piklantiruvchi modda sifatida 
ishlatiladi va yonuvchan gaz 
hisoblanadi. . Buyumni utillashtirish 
jarayoniga alohida e’tibor bering.
• Mazkur uskuna maishiy va shunga 
o‘xshash sharoitda, masalan
– magazin yoki idoralarda xodimlar 
uchun mo‘ljallangan oshxonalarda;
– fermerlik xo‘jaliklarida, 
mehmonxona, motel mijozlari uchun 
yoki uy-joy tipidagi xonalarda;
– ertalabki nonushta beriladigan kichik 
mehmonxonalarda; 
- catering and similar non-retail 
applications;
Ushbu buyumda yonuvchan 
moddalar bo’lgan aerozolli ballonlar 
kabi portlashdan xavfli moddalarni 
saqlamang.
• Mazkur uskunadan 8 va undan 
katta yoshli bolalar, shuningdek 
jismoniy, sezish va aqliy qobiliyati 
cheklangan yoxud bilim va ko‘nikmasi 
yetishmaydigan shaxslar ham 
foydalanishi mumkin, qachonki ular 
tajribali shaxs qarovi ostida bo‘lsalar 
yoki uskunadan xavfsiz foydalanish 
borasida yo‘riqnoma olgan bo‘lsalar 
va mumkin bo‘lgan xavfni anglab 
yetsalar. 
• Bolalar kattalarning qarovisiz uskunani 
tozalashlari va unga qarashlari 
mumkin emas.
• Bolalar buyum ichida yopilib qolishi va 
nafasi qaytib o’lishi mumkin bo’lgan 
vaziyatga yo’l qo’ymaslik uchun, 
ularga buyum ichida o’ynashga yoki 
bekinishga ruxsat bermang.
• Rozetkaga, yoki rozetkaga kirishda 
davlat xavfsizlik standartlariga muvofiq 


55
o’rnatilishi mumkin bo’lgan ko’p 
qutbli ulagichga oson yetib borish 
imkoniyatini ta’minlab, buyumni 
tarmoqdan o’chirish zaruriyatini ko’zda 
tutish lozim.
• Buyumni yerga tutashtirish uyasiga 
ulash: buyum tasdiqlangan yerga 
tutashtirish tizimiga tegishlicha tarzda 
ulangan bo’lishi kerak.
• Bir/ko’p liniyali adapterlardan yoki 
uzaytirgichlardan foydalanmang.
• O‘rnatish chog‘ida uskuna elektr 
ta'minoti simiga zarar yetkazmasligiga 
e'tibor bering.
• Buyumning elektr ta’minot simidan 
tortmang.
• Uskunani o‘rnatish uchun ikki yoki 
undan ortiq kishi kerak.
• Baxtsiz hodisalarga yo’l qo’ymaslik 
uchun, buyumni o’rnatish va unga 
xizmat ko’rsatish, shu jumladan 
elektr ta’minot kabelini almashtirish 
malakali mutaxassis tomonidan ishlab 
chiqaruvchining yo’riqnomasiga va 
mintaqada amal qilgan xavfsizlik 
qoidalariga muvofiq bajarilishi kerak. 
Foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomada 
ma'sus ko‘rsatma berilmagan bo‘lsa, 
uskunaning biron qismini ta'mirlash 
yoki almashtirish taqiqlanadi.

Download 45.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling