Organizmlar orasidagi munosabat tiplpri, turlararo munosabatlar
Jamoa (biotsenoz) komponentlari o'rtasida o'zaro munosabatlar turli xil shaklda bo'ladi. Ana shunday munosabatlaming bir necha xillari bo‘lib ular quyidagilardan iborat: neytraliim — (0:0), konkurensiya (raqobatlilik), amensalizjm (-.0), parazitizm va yiritqichlik (+,-), kommensaliztik (+,0), protokooperatsiya, kooperatsiya,mutualizm (+,+). Turlar o'rtasidagi munosabatlaming ikki va undan ko‘p tur uchun qulaylik tug'diradigan iilini o'zaro )vrdam deyiladi.
Ekotizimlarning o’zgarishi. Suksessiya xodisasi. Biosfera haqida tushuncha. Vernadskiy ta’limoti, noosfera.
Vaqtning muayyan bir bo‘lagida biotsenozning tur tarkibi va yashashining abiotik omillari rivojlanishning eng yuqori darajasi — turg‘un tizim paydo bo‘lguniga qadar o‘zgarib, ekologik suksessiya ro‘y beradi. Turg‘unlashgan bunday ekotizim klimaks deb ataladi. Bu holatda ekotizim energiya birligiga eng ko‘p biomassa va organizmlar o‘rtasidagi simbiotik aloqalarning eng ko‘p miqdori to‘g‘ri keladi. Binobarin, ekotizim bu holatga kelgunga qadar bir necha bosqichlarni bosib o‘tadi.
Suksessiya paydo bo‘lishi uchun erkin makon kerak bo‘ladi. Muhitning dastlabki holatiga bog‘liq holda suksessiyaning birlamchi va ikkilamchi bosqichlari farqlanadi. Agar uyushmaning shakllanishi dastlabki bo‘sh muhitda boshlangan bo‘lsa, birlamchi suksessiya, agar u muayyan muhitda oldindan mavjud bo‘lgan bitta uyushmaning takomillashgan boshqa uyushmaga izchil al- mashishi bo‘lsa, ikkilamchi suksessiya bo‘ladi.
Birlamchi suksessiya tog‘ yonbag‘rining o‘pirilgan yoki qulagan joylarida, dengiz chekingan yoki daryo o‘zani o‘zgargan sayoz joy- larda, yalang‘och qumli cho‘llarda tabiiy ravishda paydo bo‘lishi mumkin. Tabiiy suksessiyaga ko‘l ekotizimining «qarishi» — evtrofikatsiya yorqin misol bo‘ladi. U ko‘lning qirg‘og‘idan markazigacha o‘simliklar bilan qoplanishida o‘z ifodasini topadi. Bu jarayon muayyan davrda bir necha bosqichlarni o‘z ichiga olgan holda sekin-astalik bilan kechadi. Oxir-oqibat ko‘l klimaks darajasida turg‘un ekotizim — botqoqlikka aylanadi. Biroq u ham mangu emas — uning o‘rnida sekin-astalik bilan joyning mahalliy sharoitiga muvofiq o‘rmon (to‘qay) ekotizimi paydo bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |