Muhit va ekologik omillar. Muhitga organizmlarning moslashishi. Biomaromlar va tirik organizmlarning hayotiy shakllari. Vaqt ekologik omili. O’simlik va hayvonlardagi sutkalik, oylik va yillik maromlari


Bioma va bioloogik xilma-xillik. Atrof muhit muhofazasi. O’rmonlar,o’tloqlar, tabiat qo’riqxonalari


Download 442.6 Kb.
bet6/14
Sana17.06.2023
Hajmi442.6 Kb.
#1526140
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Gulasal ekologiya

Bioma va bioloogik xilma-xillik. Atrof muhit muhofazasi. O’rmonlar,o’tloqlar, tabiat qo’riqxonalari.
. “Bioxilmaxil-xillik” terminida ma’lum bir organism to‘g‘risida biologik ma’lumot emas, balki biologik dunyoning barcha qismlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabat o‘z aksini topadi. Ko‘pincha Bioxilma-xillik uch bosqichda ko‘rib chiqiladi: turlar xilma-xilligi, ya’ni barcha hayvonlar va o‘simliklar xilma-xilligi, shu jumladan, qo‘ziqorinlar va mikroorganizmlar; genetik materialning xilma-xilligi; ekotizimli xilma-xillik ekotizimlar xilma-xilligi (masalan, o‘rmonlar, tog‘lar, dasht yoki savanna, cho‘llar va boshqalar). Birgalikda bu darajalar bioxilma-xillikning tarkibiy qismlarini shakllantiradi. Bioxilma-xillik-jamyatning iqtisodiy, ekologik va madaniyestetik ehtiyojlarini qondirishning dolzarb va salohiyatli resursi hisoblanadi. U bo‘lmasa jamyatning barqaror rivojlanishi mumkin emas. Biroq, bu ham ilmiy doiralarda tan olingan, dunyo genofond, biologik turlar va shakllantiradigan ekotizimlar nuqtayi nazaridan tezlik bilan yanada bir xillashib boryapdi. Buning sababi inson ta’siri bo‘lib, avvalambor butun dunyo bo‘ylab ta’minot, ishlab chiqarish, savdo, qishloq xo‘jaligi va sanoat rivojlanishi, uy-joy qurilishi, aholi o‘sishning zamonaviy modellaming tez yoyilishi bois, biologik xilmaxillikka inson ta’siri yuksak darajada o‘smoqda. Bioxilma-xillikning na iqtisodiy na ekotizim ahamyati hali keng ravishda ma’lum emas. Ayrim hollarda kishilar ekotizimi ichida biologik turlarning o‘zaro bog‘liqligi va qaysi bir turning yuqolishi boshqasiga ta’siri oqibatini yetarlicha tasawur qila olmayaptilar. XXI asrga qadam qo‘yilishi bilan bioxilma-xillikning kamayishini sekinlashtirish va borini saqlab qolish juda katta muammoga aylanib bormoqda. Bioxilma-xillikning muhimligi. Biologik xilma-xillik ham jahon hamjamyati uchun, ham har bir davlat uchun muhum hayotiy manba hisoblanadi. U iqtisodiy faoliyatning va yashash uchun manba topishning asosida yotibdi Uni saqlash va samarali foydalanish esa inqirozsiz rivojlanish uchun mutloqo zarurdir. Uni himoya qilish va qo‘llab-quwatlash kelajak avlodlar ijtimoiy foniga hissa qo‘shish bilan barobar, negaki 5 hatto go‘yo insonga mutlaqo foyda keltirmaydigan hayot shakllari ham hayot sharoitlarini o‘zgartirishda muhim bo‘lishi mumkin. Bioxilma-xillikning shunday yovvoyi va xonaka yoki madaniylashgan biologik turlari tarkibi oziq-ovqatlarning va ko‘pgina dori-darmonlaming shuningdek, sanoat mahsulotlarining almashlab bo‘lmaydigan yagona manbai hisoblanadi. AQSH kabi industirial rivojlangan davlatlar Yalpi Milliy Mahsulotning (YaMM) 4,5% ga yaqini faqatgina yovvoyi turlardan foydalanishdan oladi. Kam rivojlangan davlatlar uchun bu raqam ancha yuqori bo‘ lishi mumkin. Madaniy o‘simliklar turlari va xonakilashgan hayvonlaming zamonaviy tijorat ahamyati ancha yuqori, masalan 0 ‘zbekistonda qishloq xo‘jalik mahsulotlari YaMMning 45%ni tashkil etadi. Ayniqsa, kam rivojlangan davlatlar uchun bu borada ko‘p daromad olish iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan belgilanmasada, ular xalqlar uchun hayot kechirish manbai hisoblanadi. Misol uchun Ganada aholining 4/3 qismi uchun yovvoyi tabiat iste’mol qilinadigan oqsilning asosiy manbayi hisoblanadi, rivojlanayotgan davlatlardagi deyarli 80% kishilar uchun yovvoyi hayvonlar va o'simliklardan olinadigan an’anaviy dori-darmonlar sog‘liqni saqlashning asosiy birinchi chora-tadbirlari hisoblanadi. Hattoki zamonaviy farmokopiya dori-darmonlaming 14 qismi tarkibida o‘simIiklaming foydalaniladigan faol tarkibiy qismlari mavjud bo‘lib undagi topilmagan imkoniyatlar foydali moddalaming kichik bir qismini tashkil etadi. Biologik xilma-xillik biosferani shakllantiradi, unda boshqa biologik turlar bilan birga inson ham istiqomat qiladi va yashovchanlik va muvaffaqiyat uning holatiga bog‘liq 0 ‘tishmishda insoniyat faoliyati tabiat jarayonlari miqyosiga taqqoslanganda unchalik keng emas edi. Hozirgi vaziyat boshqacha bo‘lib insoniyat XXI asrga yaqinlashgani sari yuz berayotgan iqlimiy o‘zgarishlar, , cho‘llanish, yer degratsiyasi va boshqa xavflar biz o‘z kelajagimiz asosiga ham milliy darajada ham jahon miqyosida talofat yetkazayotganimizni ko‘rsatmoqda Markaziy Osiyo mintaqasining noto‘g‘ri rivojlanishi oqibatida yuzaga kelgan Orol inqirozi bunday rivojlanish alohida mintaqalar ham umuman sayyoramiz uchun unchalik xavfli oqibatlarga olib kelishining yaqqol misolidir.

Download 442.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling