ekvator,
tropik,
subtropik,
o`rta,
qutbiy iqlimlardir.
Hayvonlar temperatura omiliga moslashish darajasiga qarab 2 xilga ajratiladi.
1. Poykiloterm.
2. Gomoyoterm.
Organizmlar temperaturaga fiziologik holatni o`zgartirish orqali ham moslashadi. Tinim yoki uyquga ketish 2 xil bo`ladi:
a) yozgi tinim temperatura baland va namlik kam bo`lganda yozgi tinim to`xtashi (shuvoq);
b) qishki uyquga ketish yoki tinim olish temperatura past bo`lganda.
- Suv asosiy ekologik omillardan biri bo`lib, yer yuzidagi o`simliklar va hayvonlarning yashashi uchun muhim omil hisoblanadi. Muhit bilan modda olmashinuvi va fotosintez jarayonida suv metabolit va erituvchi sifatida qatnashadi. Mineral tuzlar o`simlikka tuproqdan suvda erigan holda o`tadi.
Yer yuzidagi o`simliklar har xil namlik sharoiti va muhitga moslashishi bo`yicha, 3 ekologik tipga bo`linadi.
1. Gigrofitlar
2. Mezofitlar
3. Kserofitlar
Hayvonlarning suv ekologik omiliga nisbatan munosabati butun 3 ta guruhga bo`linadi.
1. Gigrofillar, suvni yaxshi ko`ruvchilar, bularga qon so`ruvchi chivinlar misol bo`lishi mumkin.
2. Mezofillar — namlikda uchrovchi hayvonlar —hasharotlar.
3. Kserofillar — quruq joylarda yashovchi hayvonlar cho`l — chigritkasi, cho`l qo`ng`izi va boshqalar.
O`simliklarning hayotiy formalariga doir turli klassifikatsiyalar mavjud bo`lib, shulardan daniyalik botanik K.Raunkiyer tomonidan taklif qilingan sistema o`simliklarda yangilanib turadigan organlar, ayniqsa kurtaklarining joylashishi va ularning qishning noqulay sharoitidan saqlanishi yoki qurg`oqchilikdan himoyalanishga asoslanadi. Ana shu belgilarga binoan o`simliklar quyidagi hayotiy formalarga bo`linadi:
Fanerofitlar.
Xamefitlar
Gemikriptofitlar
Kriptofitlar
Terofitlar
Do'stlaringiz bilan baham: |