Reja: 1. Abiotik omil 3. Antropogen omil Yashash muhiti deb tabiatning bir —biriga ta’sir qiluvchi tirik mavjudotlar bilan qoplangan qismiga aytiladi. - Yashash muhiti deb tabiatning bir —biriga ta’sir qiluvchi tirik mavjudotlar bilan qoplangan qismiga aytiladi.
- Yashash sharoiti hayot uchun kerakli omillar yig`indisidan iborat bo`lib, bularsiz organizmlar yashay olmaydi. Muhit elementlarining turlar moslashish reaktsiyasini chaqiruvchi faktorlari ekologik omillar deyiladi.
- Organizmlar murakkab va o`zgaruvchan dunyoda yashab, ular o`z hayotini asta — sekin shunga moslashtirib boradi.
Evolyutsion taraqqiyot davomida organizmlar quyidagi to`rtta asosiy hayot muhitini o`zlashtirgan
Suv
Havo
Tuproq
Organizm
Organizmlarning muhitga moslashuvi adaptatsiya deyiladi (lotincha "adaptatsio" — moslashuv).
Moslashuv tiriklikning asosiy xususiyatlaridan biri bo`lib, mavjudotlarning yashab qolishi va ko`payishini ta’minlaydi.
Sharoitga moslashuv hujayradan tortib har xil ekologik sistema faoliyatigacha bo`lgan darajada vujudga keladi.
Ekologik omillarning quyidagi guruhlari ajratiladi: 1. Abiotik omillar. - a) iqlim omillari- yorug`lik, harorat, namlik;
- b) edafik omillar- tuproqning mexanik va kimyoviy tarkibi, uning fizik xususiyatlari;
- v) orografik omillar —relyef sharoitlari
- 2. Biotik omillar.
- Fitogen
- Zoogen
- Mikrobiogen
- 3. Antropogen.
Organizmga har bir omil ta’sir etishining quyi va yuqori chegaralari bo`ladi. Omilning qulay ta’sir etuvchi kuchi optimum zona deb ataladi. Har qanday ekologik omil ta’sirining optimum, minimum va maksimum ko`rsatkichlari bo`ladi. Minimum va maksimum chegaralari kritik nuqta deb qaraladi
Do'stlaringiz bilan baham: |