Muhokama va nazorat savollari Javoblar
Download 13.82 Kb.
|
modul 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13.Ishlab chiqarish dasturi, texnologiyasi va kooperatsiyasi
- 14.Ishlab chiqarish rejasining resurslar bilan ta’minlanganligi.
- 15.Moddy, moliyaviy, intellektual va mehnat yo‘qotishlari
12.Ishlab chiqarish rejasi
Mahsulotni ishlab chiqarish rejasi biznes-rejaning muhim bo’limi bo’lib, odatda ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxona tomonidan ishlab chiqiladi. Ushbu bo’limda korxonaning ishlab chiqarish strategiyasi aks ettirilib, ishlab chiqarish jarayoni texnologik va tashkiliy nuqtai nazardan batafsil bayon qilinadi. Ishlab chiqarish rejasining asosiy vazifasi korxonaning belgilangan muddatda kerakli mahsulotni kerakli miqdorda ishlab chiqarish imkoniyatlarini asoslab berishdan iborat. 13.Ishlab chiqarish dasturi, texnologiyasi va kooperatsiyasi Kooperatsiya pirovard natijada muayyan bir maxsulot yaratish uchun turli korxonalarning hamkorligidir. Bu korxonalar faqat bir yoki ikki tarmoqqa tegishli bo’lmasligi mumkin. Shu bilan birga kooperatsiyada xududiy birlik barcha ixtisoslashgan korxonalarning bir joyda o’rinlashuvi uncha sezilmaydi va aksincha, ularning tarqoq holda joylashuvi ko’zatiladi. Kooperatsiyada qatnashuvchi korxonalar soni vujudga kelayotgan maxsulotning murakkabligiga bog’liq. Chunonchi, mashinasozlikda, aniqrog’i yengil va yuk mashinalarini ishlab chiqarish uchun juda ko’p extiyot qismlar, detallar kerak. 14.Ishlab chiqarish rejasining resurslar bilan ta’minlanganligi. Resurslar bilan ta'minlanganlik – biznesning asosiy qoidalaridan biri bo‘lib, mulkchilik qaysi shaklida ekanligidan qat'i nazar majubriy hisoblanadi. Moddiy, mehnat, moliyaviy va texnik-texnologik resurslarsiz mahsulotni ishlab chiqarish jaraѐnining imkoni yo‘qligi ham isbot talab qilmaydigan qoidadir. Shu sababli yangi ѐki joriy ishlab chiqarishni tashkil qtish vazifasi hal qilinaѐtgan har safar resurslar bilan ta'minlaganlik masalasi yuzaga chiqadi. To‘g‘ri, bu vazifani hal qilish metodikasi ko‘p jihatdan resurslar turi, ishlab chiqarish miqѐsi va xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. 15.Moddy, moliyaviy, intellektual va mehnat yo‘qotishlari Mehnat faoliyati deganda insonning biror mehnat turi bilan band bo’lishi tushuniladi. Bunga ilmiy va pedagogik faoliyat, ishlab chiqarish va boshqaruv faoliyati, tadbirkorlik va tijorat faoliyati va boshqalar misol bo’lishi mumkin. Mehnat faoliyatini tashkil etish, bir tomondan, uning asoslarini (huquqiy, ma’naviy-psixologik, iqtisodiy, ijtimoiy) yuzaga kelishga ikkinchi tomondan, mehnat faoliyati mexanizmini shakllantirilishini taqozo etadi. Huquqiy asoslar-ishlab chiqarish munosabatlaridagi mehnat faoliyatini tashkil qilishga xizmat qiladigan huquqiy mezonlar (fuqarolik, ma’muriy, egalik huquqlari, korxona ishlab chiqarish bilan bog’liq huquqiy hujjatlar). Ma’naviy-psixologik asoslar-bu mehnat faoliyatini tashkil qilishda ishlab chiqarish munosabatlarida tomonlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar va ularning shakllanish jarayoni bilan yuzaga keladi (bunda yollanma ishlovchilar o’rtasida o’zaro munosabat, rahbar yoki korxona egasi bilan yollanma ishlovchi o’rtasidagi munosabat yoki jamoa o’rtasidagi o’zaro munosabatlar). Download 13.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling