Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti Asab kasalliklar va bollalar asab kasalliklari,tibbiy genetika kafedrasi Mavzu:Mukopolisaxaridozlar. Abduvaxobova Nargiza 307 1- pediatriya Mukopolisaxaridozlar- biriktiruvchi to’qima irsiy kasalliklaridan.Bunda harakat tayanch va asab sistemalari,ichki azolar hamda ko’z kasallanishlari kuzatiladi. - Bemorlarda kalla kattalashib,deformatsiyalanishi
- Peshonasi osilib,burun qansharlari yassilanishi
- Lablari,tili kattalashishi
- Yuz qiyofasi qo’pollashishi
- Ekzoftalm,gipertelorizm kuzatiladi,shuning uchun bu patalogiyani gargoilizm deyiladi.
Mukopolisaxaridozlar tasnifi - 1 N tip mukopolisaxaridozi Gurler sindromi
- 1N/S tip Gurler Shveyye sindromi
- 1 N/S tip Shveyye sindromi
- 2 tip mukopolisaxaridozi
- Xanter sindromining yengil va ogir turlari
- 3 tip mukopolisaxaridozi Sanfilippo sindromi
- 3 A tip Sanfilippo A sindromi
- 3 B tip Sanfilippo B sindromi
- 3 D tip Sanfilippo D sindromi
- 4 tip mukopolisaxaridozi Morkio sindromi
I-tip.Gurler sindromi - Autosoma retsessiv tipda irsiylanadi.
- Uchrash chastotasi 1:40000 1:100000
- Geni 22-xromosoma uzun yelkasida
- Gargoilizm og’ir kechadi.Bola 10-12 yoshidayoq o’ladi.
- Nanizm,gavda disproporsiyasi,qo’l-oyoq kalta
- Bo’yin kalta,bosh katta,makroglossiya,tish emali distrofiyasi,karieslar,abdominal va chov churralari,glaukomalar kuzatiladi.
- Suyak deformatsiyalari
- Shox parda xiralanishi
- glaukoma
Diagnostikasi. - Limfotsitlarda va leykotsitlarda,jigar to’qimasi biopsiyasida lizosomal alfa-L-iduronidaza fermenti aktivligi kamayadi.
- Siydikda glikozoaminoglikanlar kamayadi
- EKG da miokard gipertrofiyasi belgilari
- Kardiomegaliya
- Rentgenda ko’krak qafasi deformatsiyalari ko’rinadi.
- Boldir suyagi boshchasi yassilanganligi
- Diafiz kengayganligi
Xanter sindromi II-tip.Xanter sindromi - X xromosomaga birikkan retsessiv tipda irsiylanadi.
- Uchrash chastotasi 1:700000 1:200000
- Kasallik ancha yengilroq va belgilari kechroq namoyon bo’ladi.30-60 yoshgacha yashashi mumkin.
- I tipga qaraganda ancha sust.Karlik va giperreaktivlik ortib boradi.
- Umumiy girsutizm,terini kurak va orqa aksillar burma sohasida qalinlashishi.
- Tuklarsiz,silliq,yaltiroq teri qismlari mavjudligi
- Mitral klapan nuqsoni.
Diagnostikasi. - Leykotsitlar va jigar to’qimasi biopsiyasida lizosomal iduronatsulfataza fermenti aktivligi kamayadi.
- Siydikda glikozoaminoglikan 5 barobargacha ortadi.
- Rentgenda barmoqlarda o’zgarishlar,tirnoq falangalarining gipoplaziyasi kuzatiladi.
III-tip.Sanfilippo sindromi - Autosoma retsessiv tipda irsiylanadi.
- A B C D turlari bor
- Uchrash chastotasi 1:200000
- Chuqur oligofreniya kuzatiladi.
- Kasallik 2-5 yoshdan keyin boshlanadi.
- Xulq-atvorda,nutqda buzilishlar va demensiya
- Chuqur aqliy zaiflik,jismoniy rivojlanishda o’zgarishlar yo’q.
- Yurak qon tomir sistemasida o’zgarishlar kam uchraydi.
Diagnostika - Leykotsitlarda jigar to’qimalarida lizosomal gidrolaza aktivligining pasayishi kuzatiladi.Siydik bilan ko’p miqdorda glikozaminoglikanlar keratin-sulfat ajraladi
IV-tip.Mukopolisaxaridoz - Autosoma retsessiv tipda irsiylanadi.
- Uchrash chastotasi 1:2000000
- Skeletda deformatsiyalar,makrognatiya
- Tishlar orasida diastemalar kuzatiladi.
- 1-3 yoshdan boshlanadi.Bukirlik,pastki qovurg’alar turtib chiqadi.
- 4-5 yoshlardan kasallik kuchaya boshlaydi,umurtqalar qalinlasha boshlaydi.
- 10 yoshda shox parda xiralashadi.
- 15-20 yoshda nevrologik buzilishlar
- Aorta regituratsiyasi
Diagnostikasi - Siydikda xondroitinsulfat (80%),
- keratan sulfat (20%) aniqlanadi.
- To’qimalarda lizosoma fermentlari miqdori ortadi,boshqalarda esa kamayadi.
- Limfotsitlarda vakuollar ko’payishi,ularning ichida qora kiritmalar paydo bo’lishi kuzatiladi.
Davolash - Simptomatik davo amalga oshiriladi.
- Gormonlar,yallig’lanishga qarshi,yurakka ta’sir etuvchilar
- Katta dozada A,E,B vitaminlar
- C vitamini kam bo’lgan parxez qo’llaniladi.
- Suyak ko’migi ko’chirib o’tkaziladi.
- Fermentopatiya ,genoterapiya usullaridan foydalaniladi.
- Yuqoridagilardan tashqari 5, 6, 7 tip mukopolisaxaridozlar ham uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |