Mulk huquqi 1-§. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqi va uning asosiy belgilari
Download 1.58 Mb.
|
Intizomiy javobgarlik fuqarolarni tarbiyalash va ilk bor qilingan nojo‘ya, qonunga xilof harakatlarning oldini olish, ularni sodir etganlik uchun qo‘llaniladigan dastlabki chora hisoblanadi. Ushbu chorani er osti boyliklari haqidagi qonun va ekologik talablarni buzish holatlari mehnat talablariga xilof bo‘lganda bevosita korxona, muassasa, tashkilot rahbari qo‘llaydi. Bunda xodimdan bevosita shu korxona, muassasa, tashkilotning ichki tartib-qoidalariga to‘liq amal qilish, mehnat intizomini buzmaslik va unga aniq rioya qilish talab etiladi.
Agar ishchi yoki xizmatchi er osti boyliklarini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunni aniq bajarmasa yoki uning ekologik149 qoidalarini buzsa, ya’ni ularni bajarish bilan bog‘liq burchiga sovuqqonlik bilan yondashsa yoki o‘z majburiyatini bajarmasa intizomiy javobgarlikka tortiladi. SHuningdek, er osti boyliklarini qazish, davlatga oltin va boshqa qimmatbaho metall hamda toshlarni topshirish bilan bog‘liq qoidalar buzilganda, bu nojo‘ya harakatlar bevosita ish jarayonida amalga oshirish va bajarish bilan bog‘liq bo‘lganda hamda boshqa ekologik talablar buzilganda, bu chorani rahbar yoki jamoa qo‘llaydi. «Er osti boyliklari to‘g‘risidagi» qonun hujjatlari va ekologik talablarni buzganlik uchun ma’muriy-huquqiy javobgarlik O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida aniq ifodasini topgan. Ushbu kodeksning 70-moddasiga ko‘ra, foydali qazilmalar joylashgan maydonlarda o‘zboshimchalik bilan imoratlar qurish, foydali qazilma konlarini tabiatni muhofaza qilish va kon nazorati organlari bilan kelishmay turib ishga solish, er osti boyliklaridan foydalanish talablarini buzish, er osti boyliklarini muhofaza qilish qoidalarini va tabiiy muhitni, binolar va inshootlarni er osti boyliklaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarning zararli ta’siridan muhofaza qilish talablarini bajarmaslik, er osti suvlari rejimini kuzatish uchun qazilgan quduqlarni, marksheyderlik va geologik belgilarni yo‘q qilish yoki shikastlantirish, xuddi shuningdek erga egalik qiluvchilar va erdan foydalanuvchilar tomonidan umumtarqalgan foydali qazilmalardan foydalanish qoidalarining buzilishi fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – uch baravaridan besh baravarigacha jarima solishga sabab bo‘ladi. Konlarning boy uchastkalarini tanlab ishlatish, mineral xomashyoni qazib olayotganda va qayta ishlashda foydali qazilmalarni normativdan ortiq nobud qilish, foydali qazilma konlarini yaroqsiz holga keltirish va foydali qazilma zaxiralaridan oqilona foydalanish talablarini boshqacha tarzda buzish mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha jarima solishga sabab bo‘ladi. Marksheyderlik hujjatlarini yo‘qotish, tugatilayotgan yoki konservatsiya qilinayotgan konlarni va burg‘ilangan quduqlarni aholining xavfsizligini ta’minlovchi holatga keltirib qo‘yish talablarini, shuningdek konservatsiya vaqtida konlarni, qazilayotgan joylarni va burg‘ilangan quduqlarni muhofaza etish talablarini bajarmaslik mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha jarima solinishiga sabab bo‘ladi. 150 Ushbu moddaning birinchi, ikkinchi yoki uchinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa uch baravaridan etti baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solinishiga sabab bo‘ladi. SHuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 71-moddasiga muvofiq, «Er osti boyliklarini geologik jihatdan o‘rganish ishlarini olib borish qoidalari va talablarini topilgan foydali qazilmalar zaxiralariga yoki foydali qazilmalar qazib olish korxonalari, shuningdek foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan er osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish sharoitlariga noto‘g‘ri baho berilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan tarzda buzish, er osti boyliklarini keyingi geologik jihatdan o‘rganishda va konlarni ishga solishda zarur bo‘lgan geologik hujjatlarni, foydali qazilma namunalari dublikatlarini va kernlarini yo‘qotib qo‘yish mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solinishiga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, eng kam ish haqining uch baravaridan etti baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solinishiga sabab bo‘ladi. Tabiiy muhitni tiklash, tabiiy zaxiralarni qayta hosil qilish va tabiiy muhitga zararli ta’sir ko‘rsatish oqibatlarini bartaraf etish choralarini ko‘rmaganlik – fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa uch baravaridan etti baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solinishiga sabab bo‘ladi (O‘zR MJTK , 95-modda). SHuningdek, mazkur kodeksning 97-moddasiga asosan, sanoatda hamda «Davtexkonnazorat» organlari nazorati ostidagi boshqa ob’ektlarda ishlarni bexatar olib borishga oid qoidalar, me’yorlar va yo‘riqnomalarni buzish – fuqarolarga eng kam ish haqining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa bir baravaridan uch baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solinishiga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa – fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa uch baravaridan etti151 baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solinishiga sabab bo‘ladi. Ushbu qonunda boshqa holatlar uchun, jumladan, sanoatda hamda «Davtexkonnazorat» organlari nazorati ostidagi boshqa ob’ektlarda portlovchi hamda radioaktiv materiallarni (manbalarni) hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish qoidalari, normalari hamda yo‘riqnomalarini buzish – fuqarolarga eng kam ish haqining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa bir baravaridan uch baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solinishiga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa uch baravaridan etti baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solinishiga sabab bo‘ladi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling