Mulk huquqi 1-§. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqi va uning asosiy belgilari


-§. Er osti boyliklaridan foydalanish huquqi, uning ob’ekti va sub’ektlari


Download 1.58 Mb.
bet29/63
Sana24.01.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1114828
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   63
4-§. Er osti boyliklaridan foydalanish huquqi, uning ob’ekti va sub’ektlari Er osti boyliklaridan foydalanish huquqini to‘liq tasavvur etish uchun ulardan foydalanish turlari haqida tegishli tushunchaga ega bo‘lish lozim. Er osti boyliklaridan foydalanish turlarini to‘g‘ri turkumlash er osti boyliklaridan oqilona foydalanish hamda ularni ekologik-huquqiy muhofaza qilishda katta ahamiyat kasb etadi.
Er osti boyliklaridan foydalanishni turkumlashga asos bo‘lib ularning tabiat ob’ekti sifatidagi vazifasi xizmat qiladi. «Er osti boyliklari to‘g‘risida»gi qonunning 19-moddasida er qa’ridan foydalanishning turlari aniq ko‘rsatilgan. Er qa’ri quyidagi maqsadlar uchun beriladi:  geologik jihatdan o‘rganish;  foydali qazilmalarni kavlab olish;  texnogen mineral hosilalardan foydalanish;  foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan er osti inshootlarini, shu jumladan neft, gaz, gaz kondensati (bundan buyon matnda uglevodorodlar deb yuritiladi), boshqa moddalar va materiallarni er ostida saqlash inshootlarini qurish hamda ulardan foydalanish, chiqindilarni saqlash va ko‘mib tashlash;  alohida muhofaza etiladigan geologik ob’ektlarni barpo qilish;  nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni to‘plash.
Er osti boyliklaridan foydalanuvchi sub’ektlarga er osti boyliklaridan foydalanish pullidir, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Er qa’ri muddatli (muvaqqat) va muddatsiz foydalanishga berilishi mumkin. Er qa’ridan foydalanish muddatlari er qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran hisoblanadi. 141
Er qa’ri uchastkalaridan muddatli foydalanish. Er qa’ri uchastkalari muddatli foydalanishga: – geologik jihatdan o‘rganish uchun – besh yilgacha muddatga;  foydali qazilmalarni kavlab olish va texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun – foydali qazilma konini yoki texnogen mineral hosilalarni ishga solishning texnik-iqtisodiy asoslarda belgilangan muddatiga;  nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni to‘plash uchun – ikki yilgacha muddatga beriladi.
Er qa’ridan foydalanvchi litsenziyada belgilangan shartlarni bajargan taqdirda hamda er qa’rini geologik jihatdan o‘rganish, shuningdek, foydali qazilma konini ishlatish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish yoxud foydali qazimalarni kavlab oluvchi korxonalarni va foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan er osti inshootlarini tugatish yoki konservatsiya qilish ishlarini amalga oshirish zarurati bo‘lgan taqdirda, er qa’ridan foydalanish muddati er qa’ridan foydalanuvchining er qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyani (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) bergan organga er qa’ridan foydalanish muddati tugatishidan kamida olti oy oldin yuborgan arizasiga binoan uzaytirilishi mumkin (23-modda).
Er qa’ridan muddatsiz foydalanish mazkur qonunning 24-modasiga asosan, er qa’ri uchastkalari muddatsiz foydalanishga foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan er osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun, shuningdek, alohida muhofaza etiladigan geologik ob’ektlarni barpo qilish uchun berilishi mumkin.
Er qa’ri uchastkalari ma’lum er qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziya asosida beriladi.
Mazkur qonunning 26-moddasiga asosan, tadbirkorlik tavakkalchiligi shartlari asosida geologik jihatdan o‘rganish uchun, foydali qazilmalarni kavlab olish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish va foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa maqsadlar uchun er qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi yuzaga kelishining asosi litsenziya hisoblanadi.
Litsenziya tegishli davlat organining er qa’ridan foydalanish bilan bog‘liq ishlarni olib borish uchun er uchastkasi berilishini kafolatlovchi qarori mavjud bo‘lganda beriladi.
Litsenziya o‘z egasining muayyan chegaradagi er qa’ri uchastkasidan belgilangan muddat mobaynida foydalanish142
huquqini tasdiqlaydi hamda er qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlarini belgilaydi.
Er qa’ridan foydalanishning bir yo‘la bir necha turiga litsenziyalar berilishiga yo‘l qo‘yiladi. Litsenziya:  litsenziya egasi haqidagi ma’lumotlarni;  er qa’ridan foydalanish bilan bog‘liq ishlardan mo‘ljallangan maqsadni;  foydalanishga berilayotgan er qa’ri uchastkasining dastlabki talab ko‘rsatkichlarini;  er qa’ridan foydalanish muddatlari va ishlarni boshlash muddatlarini;  er qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini o‘z ichiga olgan bo‘lishi lozim.
Er qa’rini geologik jihatdan o‘rganish ishlarini moliyalashtirgan yuridik va jismoniy shaxslar o‘zlari qidirib topgan kondan foydali qazilmalarni kavlab olish uchun litsenziya olishda mutlaq huquqqa ega.
Litsenziya yuridik yoki jismoniy shaxslarga litsenziya berishga vakolatli organ tomonidan beriladi.
Litsenziyalarni berish ochiq kim oshdi savdolari yoki yuridik va jismoniy shaxslarning litsenziya berishga vakolatli organlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralari natijalari asosida o‘ttiz kun ichida amalga oshiriladi.
Agar er qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi yuridik shaxslarning yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan birlashmasiga beriladigan bo‘lsa, litsenziya bunday birlashmaning ishtirokchilaridan biriga berilib, unda mazkur ishtirokchi shu birlashma nomidan ish yuritayotganligi, shuningdek, birlashmaning barcha ishtirokchilari ko‘rsatiladi.
Geologik jihatdan o‘rganish, foydali qazilmalarni kavlab olish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish, foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan er osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish, alohida muhofaza etiladigan geologik ob’ektlarni barpo etish hamda nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni to‘plash uchun litsenziyalar O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi tomonidan beriladi, ushbu moddaning beshinchi va oltinchi qismlarida ko‘rsatilgan litsenziyalar bundan mustasno.
Uglevodorod konlarini aniqlash va qidirish hamda uglevodorodlarni kavlab olish maqsadida geologik jihatdan o‘rganish, uglevodorodlarni saqlash uchun er osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun litsenziyalarni O‘zbekiston143
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonodan vakolat berilgan organ beradi.
CHiqindilarni saqlash va ko‘mib tashlash maqsadida er osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun litsenziyalar O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar natijalari asosida beriladi.(27-modda) Er egalari va erdan foydalanuvchilar o‘zlariga berilgan er uchastkalari doirasida o‘z xo‘jalik va ro‘zg‘or ehtiyojlari uchun portlatish ishlarini qo‘llamagan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda zaxiralari foydali qazilmalar zaxiralari davlat balansi hisobiga olinmagan keng tarqalgan foydali qazilmalarni kavlab olishni hamda er osti inshootlarini qurishni litsenziya olmasdan amalga oshirish huquqiga ega.
Er egalari va erdan foydalanuvchilar tomonidan qonun hujjatlari buzilgan taqdirda keng tarqalgan foydali qazilmalarni kavlab olish va er osti inshootlarini qurish belgilangan tartibda taqiqlanishi mumkin.
Xullas, er osti boyliklaridan foydalanish huquqi sub’ektlarining xususiyati shundaki, ular tegishli huquq va majburiyatlarni davlat mulk huquqining ob’ekti bo‘lgan er osti boyliklariga nisbatan amalga oshiradilar va bu erdagi ayrim sub’ektlar ayni vaqtning o‘zida ham boshqaruv organi, ham foydalanuvchi yoki egalik qiluvchi organ bo‘lib hisoblanadilar.
Er osti boyliklaridan foydalanish huquqining ob’ekti esa barcha hollarda davlat mulk huquqining ob’ekti bo‘lib hisoblanadi va amaldagi qonunlar bilan tartibga solinadi. 5-§. Er osti boyliklaridan foydalanish huquqining paydo bo‘lishi va bekor bo‘lish holatlari Ekologiya huquqida er osti boyliklaridan foydalanish huquqining paydo bo‘lish va bekor bo‘lishi holatlarini o‘rganish nafaqat amaliy, balki ilmiy-nazariy ahamiyatga ham egadir.
Er osti boyliklaridan foydalanish huquqi, amaldagi qonunchilikka asosan, ma’lum muddatga beriladi. Er osti boyliklaridan foydalanishning qonuniy muddati O‘zbekiston Respublikasining «Er osti boyliklari to‘g‘risida»gi qonunida aniq ko‘rsatilgan. Er osti boyliklari ma’lum foydalanuvchi sub’ektlarga, ya’ni yuridik va jismoniy shaxslarga qonun asosida beriladi. Jumladan, mazkur qonunning 22-moddasiga binoan, «Er qa’ridan foydalanish muddatli (muvaqqat) va144
muddatsiz bo‘lishi mumkin. Er qa’ridan foydalanish muddati oldindan belgilab qo‘yilmagan bo‘lsa, u muddati cheklanmagan hisoblanadi. Er qa’ridan cheklangan muddat davomida foydalanish uchun er litsenziyada belgilangan muddatga berib qo‘yiladi. Zaruratga qarab bu muddat uzaytirilishi mumkin. Er qa’ridan foydalanish muddati foydalanish huquqi berilgan kundan boshlab hisoblanadi».
Amaldagi qonunchilikka asosan, er qa’ridan foydalanishning er qa’rini geologik o‘rganish uchun berib qo‘yish (25-modda), kon ajratmasi hamda foydali qazilmalar qazib olish va boshqa maqsadlar uchun foydalanishga berib qo‘yish (28-modda), er qa’ridan xo‘jalik va ro‘zg‘or ehtiyojlari uchun foydalanish (31-modda) turlari ko‘rsatilgan. Ularning huquqiy holati va ekologik ahamiyatini biz yuqoridagi paragraflarda ko‘rib chiqqan edik.
Amaldagi qonunchilikda er osti boyliklaridan foydalanish huquqining paydo bo‘lishi bilan birga, ayrim hollarda bekor bo‘lish holatlari, ya’ni er osti boyliklaridan foydalanish huquqini to‘xtatish ham ko‘zda tutilgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining «Er osti boyliklari to‘g‘risida»gi qonuniga asosan, er qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi quyidagi hollarda cheklanishi, to‘xtatib turilishi yoki muddatidan ilgari tugatilishi mumkin: – er qa’ri uchastkalaridan foydalanish bilan bog‘liq ishlar ta’siri doirasidagi aholi hayotiga yoki sog‘lig‘iga, atrof-muhitga tahdid yuzaga kelganda; – agar er qa’ridan foydalanuvchi bir yil mobaynida er qa’ri uchastkasidan foydalanishga kirishmagan bo‘lsa; – er qa’ridan foydalanganlik uchun to‘lovlar muntazam ravishda to‘lanmagan taqdirda; – er qa’ridan foydalanuvchi litsenziyaning asosiy shartlarini buzgan taqdirda; – ushbu qonunning 36, 37, 39 va 40-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar bajarilmagan taqdirda.
Er qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi quyidagi hollarda tugatiladi: – er qa’ri uchastkasidan foydalanishning belgilangan muddati tugaganda; – er qa’ridan foydalanuvchi er qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqidan voz kechganda; – foydalanishiga er qari uchastkasi berilgan yuridik shaxs tugatilgan yoki yakka tadbirkorning faoliyati tugatilgan taqdirda. Er qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini cheklash, to‘xtatib turish va tugatish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi (34-modda). 145
SHuningdek, er osti boyliklaridan foydalanish huquqi tegishli organlarning ular taqdim etgan litsenziya va kon ajratmasi berishga oid dalolatnomani bekor qilishi orqali to‘xtatiladi.
Qayd etish lozimki, er osti boyliklaridan foydalanish uchun haq to‘lanadi. Bu «Er osti boyliklari to‘g‘risida»gi qonunning 21-moddasiga asosan amalga oshiriladi. Ushbu moddaga binoan, er qa’ridan foydalanish pullidir, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Er qa’ridan foydalanuvchilarning huquqlarini himoya qilish ham katta ahamiyatga ega. Amaldagi qonunchilikka asosan, davlat boshqaruvi va mahalliy hokimiyat organlarining er osti boyliklaridan foydalanuvchilar faoliyatiga aralashishlariga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Er osti boyliklaridan foydalanish huquqining to‘xtatib turilishi, cheklab qo‘yilishi yoki to‘xtatilishi to‘g‘risidagi qarorlarning qay darajada asosliligi, shuningdek zararni qoplash to‘g‘risidagi nizolar sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Buzilgan huquqlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tiklanadi. Er osti boyliklaridan foydalanuvchiga er qa’ridan foydalanish huquqi asossiz ravishda to‘xtatib turilishi, cheklab qo‘yilishi yoki to‘xtatilishi tufayli etkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda, to‘liq hajmda qoplanishi lozim. 6-§. Er osti boyliklaridan foydalanuvchilarning asosiy huquq va majburiyatlari Er qa’ridan foydalanuvchi sub’ektlar, ya’ni yuridik va jismoniy shaxslar, bir qator huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladilar. E’tiborli tomoni shundaki, er qa’ridan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari bir-birlari bilan o‘zaro chambarchas bog‘liqdir.
Er qa’ridan foydalanuvchilarning asosiy huquq va majburiyatlari O‘zbekiston Respublikasining yangi tahriragi «Er osti boyliklari to‘g‘risida»gi qonunida o‘z ifodasini topgan.
Ushbu qonunning 32-moddasiga asosan, er qa’ridan foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga egadirlar: – o‘z faoliyati natijalaridan, shu jumladan er qa’ri to‘g‘risida olingan geologik va boshqa axborotdan, shuningdek, kavlab olingan foydali qazilmalar yoki ularning litsenziya shartlariga ko‘ra tasarruflarida bo‘ladigan ulushidan foydalanish; 146
– agar litsenziyada boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, foydali qazilmalarni kavlab olish hamda mineral xomashyoni qayta ishlash jarayonida olingan texnogen mineral hosilalardan foydalanish; – er qa’ri uchastkalaridan foydalanish bilan bog‘liq ishlarni olib borish texnologiyasi yuzasidan qaror qabul qilish; – texnik loyihalar va konchilik ishlarini rivojlantirish rejalariga, shuningdek, uglevodorod konlarini ishlatish va obodonlashtirish loyihalariga belgilangan tartibda o‘zgartish kiritish; – foydali qazilma konlarini ishlatish jarayonida foydalanuv konditsiyalarini qo‘llash; – litsenziyaga muvofiq berilgan kon ajratmasi doirasida qo‘shimcha ruxsatnomasiz er qa’ri geologik jihatdan o‘rganilishini amalga oshirish; – kon ajratmasi va belgilangan tartibda ajratilgan er uchastkalari doirasida ishlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish va ijtimoiy soha ob’ektlarini barpo etish, shuningdek, umum foydalanishidagi ob’ektlar va kommunikatsiyalardan shartnoma asosida foydalanish; – er qa’ri uchastkasidan foydalanish bilan bog‘liq ishlarning ayrim turlarini yoki majmuini bajaruvchilarni shartnoma asosida jalb etish; – mineral xomashyoga va uni qayta ishlash mahsulotlariga bo‘lgan kon’yunktura o‘zgarganligi munosabati bilan foydali qazilmalarni kavlab olish iqtisodiy jihatdan maqsadga nomuvofiq bo‘lganda, shuningdek, litsenziya berilgandagidan ancha farq qiluvchi holatlar yuzaga kelganda er qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida iltimosnoma bilan murojaat etish.
Er qa’ridan foydalanuvchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
Er qa’ridan foydalanuvchilar, yuqoridagi huquqlardan tashqari, bir qator majburiyatlarga ham egadirlar. Ular o‘z faoliyatlarida ushbu majburiyatlarni bajarishlari va unga amal qilishlari lozim. Er qa’ridan foydalanuvchilar: – er qa’ri uchastkasi qaysi maqsadda berilgan bo‘lsa, undan shu maqsadda foydalanishi; – er qa’ridan foydalanish va mineral xomashyoni qayta ishlash bilan bog‘liq ishlarni olib borish texnologiyasi normalari va qoidalariga rioya etishi; – konchilik ishlarini rivojlantirishning texnik loyihalari va rejalaridagi, shuningdek, uglevodorod konlarini ishlatish va obodonlashtirish loyihalaridagi talablarga rioya etishi; 147
– foydali qazilma konlarini ishlatish, er qa’ridan foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa maqsadlarda foydalanish jarayonida geologik, marksheyderlik va boshqa hujjatlarni yuritish hamda ularning saqlanishini ta’minlashi; – chiqarib olinadigan va er qa’rida qoldiriladigan asosiy foydali qazilma va u bilan birga joylashgan foydali qazilmalar hamda qo‘shilib chiqadigan komponentlar zaxiralari, shuningdek, mineral xomashyoni va texnogen mineral hosilalarni qayta ishlash mahsulotlari miqdori va sifati hisobini yuritishi; – kavlab olinayotganda qo‘shilib chiqadigan, lekin vaqtincha foydalanilmayotgan foydali qazilmalar va foydali komponentlarni saqlashi; – foydali qazilmalarni kavlab olish va mineral xomashyoni qayta ishlash chog‘ida nobudgarchilik normativlariga rioya etilishini ta’minlashi; – konlarning foydali qazilmalarga boy uchastkalari tanlab ishlatilishiga yo‘l qo‘ymasligi; – asosiy foydali qazilma va u bilan birga joylashgan foydali qazilmalar hamda qo‘shilib chiqadigan foydali komponentlar zaxiralarining holati va o‘zgarishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek, foydali qazilma konlari, foydali qazilmalar belgilari va texnogen mineral hosilalar davlat kadastrini yuritish uchun ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasiga taqdim etishi; – kavlab olingan foydali qazilmalar hajmlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etishi; – er qa’ri uchastkalaridan foydalanish bilan bog‘liq ishlar ta’siri doirasidagi ishlovchilar (xodimlar) va aholining xavfsizligini ta’minlashi; – er qa’ridan foydalanish bilan bog‘liq ishlar bexatar olib borilishini, favqulodda vaziyatlarning oldini olish choralari ko‘rilishini, falokatlarni bartaraf etish rejalari ishlab chiqilishini ta’minlashi; – foydali qazilmalarni kavlab oluvchi korxonalarni va foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan er osti inshootlarini tugatish va konservatsiya qilishning belgilangan tartibiga rioya etishi; – to‘kindi uyumlarining yonbag‘irlarini va ochiq konlarning yon chekkalarini rejalash yoki pog‘onalash ishlari, shuningdek, eroziyaga qarshi tadbirlar o‘tkazilishini ta’minlashi; 148
– atrof-muhitni muhofaza qilishga, shuningdek, er qa’ridan foydalanishda ishdan chiqqan er uchastkalarini va boshqa tabiiy ob’ektlarni keyinchalik foydalanish uchun yaroqli holatga keltirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishi shart. Qonun hujjatlariga muvofiq er qa’ridan foydalanuvchilar zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin (33-modda).
Xullas, er osti boyliklaridan foydalanuvchilar yuqorida ko‘rsatilgan barcha huquq va majburiyatlarga rioya qilishlari, ularni bajarishlari mazkur ob’ektdan oqilona foydalanish hamda uni ekologik-huquqiy muhofaza qilishni ta’minlaydi. 7-§. Er osti boyliklari to‘g‘risidagi qonunlarni buzganlik uchun javobgarlik Har qanday holatda er osti boyliklari to‘g‘risidagi qonunlarni hamda ulardan foydalanish va muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun ma’lum javobgarliklar belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi «Er osti boyliklari to‘g‘risida»gi qonunining IV bo‘limi er qa’ridan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish masalalariga doir nizolarni ko‘rib chiqish hamda er osti boyliklari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik masalasiga bag‘ishlangan. Qonunning 51-moddasi talablariga ko‘ra, er osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish masalalarga va konchilik munosabatlariga doir nizolar qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi. «Er osti boyliklari to‘g‘risida»gi qonunning 52-moddasiga asosan, aybdor shaxslar qonunga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
Zero, er osti boyliklari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari hamda talablarini buzganlik uchun intizomiy, ma’muriy, fuqarolik (mulkiy) va jinoiy javobgarliklar qo‘llaniladi.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling