Mulk huquqi 1-§. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqi va uning asosiy belgilari
-§. O‘simliklar dunyosidan foydalanishning tarixi va ahamiyati
Download 1.58 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-§. O‘simliklar dunyosining inson hayotida tutgan o‘rni va ularni ekologik-huquqiy muhofaza qilish
- 3-§. O‘simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi hamda nazorat olib borish
- 4-§. O‘simliklar dunyosi ob’ektlaridan foydalanish turlari va xususiyatlari
- 5-§. O‘simliklar dunyosi ob’ektlaridan foydalanish huquqining paydo bo‘lishi va bekor bo‘lish asoslari
1-§. O‘simliklar dunyosidan foydalanishning tarixi va ahamiyati Insonning shifobaxsh o‘simliklardan foydalanishi uzoq tarixga ega. Ibtidoiy davrlarda odamlar o‘zlarining dardlariga davo izlab, avvalo, o‘simliklar olamiga murojaat etganlar. Davrlar o‘tishi bilan tabiat yaratib qo‘ygan dorivor o‘simliklarning ahamiyati oshib boravergan. Miloddan ancha oldin qadimgi Misr, Hindiston, Xitoy va Arab davlatlarida o‘simliklar bilan davolash keng tus olgan va shifobaxsh o‘simliklardan foydalanish usullari yozilgan qo‘llanmalar paydo bo‘lgan.
SHifobaxsh o‘simliklar miloddan 6000 yil avval Osiyoda (hozirgi Iroqda) ma’lum bo‘lgan. Undan oldin ham o‘simliklardan dori sifatida foydalanilgan, ularning shifobaxsh xususiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar og‘izdan-og‘izga o‘tib kelgan. Qadimgi Rim tibbiyotida sezilarli iz qoldirgan Asklepiad (miloddan avvalgi 128-56 yillar), Karneliy Selslarning (milodning boshida) ham bu sohada xizmatlari katta bo‘lgan. Rimning eng mashhur vrachi va tabiat fanlarining bilimdoni K.Galen (Jolinus hakim, milodning 130-200 yillarida yashagan) o‘zining tibbiyot sohasidagi barakali xizmatlari bilan tanilgan. K. Galen o‘zidan avval o‘tgan va u bilan bir davrda yashagan yirik olimlarning tibbiy amallaridan atroflicha foydalangan holda, tibbiyot sohasi bo‘yicha 131 ta ilmiy asar yozgan. K. Galen asarlarining faqat 83 tasi bizgacha etib kelgan. U o‘z asarlarida 304 ta shifobaxsh o‘simlik, 80 ta hayvon mahsulotidan tayyorlanadigan hamda 60 ga yaqin moddadan olinadigan dori-darmonlar bilan davolash yo‘llarini tavsiya etgan. SHuningdek, ko‘hna Rim allomalaridan katta Plinit o‘z asarlarining 12 jildini tibbiyot va dorishunoslikka156 bag‘ishlagan. Ayniqsa, dorivor va shifobaxsh o‘simliklar haqidagi bizgacha etib kelgan ma’lumotlar asosan yunon adabiyotlarida saqlanib qolingan. Mashhur yunon tabibi Gippokrat (miloddan oldingi 460–377 yillar) o‘zining «Korpus Xippokratikum» asarida tib ilmiga, shu jumladan dori-darmonlarga, oid ko‘plab ma’lumotlar qoldirgan. Uning asarlarida dorivor o‘simliklarning 236 tasi haqida ma’lumot berilgan. SHuningdek, yunonistonlik mashhur olimlardan Aristotel (miloddan oldingi 384–322 yillar) qomusiy olim bo‘lib, yunon faylasuflari ichida alohida ajralib turgan. U tibbiyotga ham salmoqli hissa qo‘shgan. Aristotel shogirdi Teofrast bilan birga, tabiiy fanlar qatori, dorivor o‘simliklar haqida ham yozib qoldirgan. Tibbiyot fanining rivojlanishi va shifobaxsh o‘simliklardan keng foydalanishda qadimiy Osiyo mamlakatlarining hissasi katta. Arab mamlakatlari, Hindiston, Tibet va Xitoyda dorivor o‘simliklar bilan davolash keng tus olgan. «YAjur-veda» (Hayot haqidagi fan) dorivor o‘simliklar haqida yozilgan qadimiy hind kitobidir. SHifokor Sushruta yozgan mazkur kitobda 700 xil dorivor o‘simlik haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. SHuningdek, SHarqning mashhur olimlari Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Mansur Buxoriy ham ko‘plab shifobaxsh o‘simliklardan tibbiyot fanida keng foydalanganliklarini yozib qoldirganlar. SHifobaxsh o‘tlarni tibbiyot faniga kiritish va ulardan foydalanishda alloma Abu Ali ibn Sinoning jahonshumul yutuqlarini alohida qayd etish o‘rinli. Ibn Sino 450 dan ortiq qimmatli asarlar yaratgan. Bizgacha etib kelgan 240 ta asaridan 40 tasi tibbiyotga oiddir. U o‘zining «Al-qonun» asarida 900 ga yaqin turdagi o‘simliklarning shifobaxsh xususiyatlari va ulardan foydalanish yo‘llarini ko‘rsatgan. Ayniqsa, uning eng mashhur asari «Tib qonunlari»da shifobaxsh o‘simliklarning xususiyatlari, ulardan foydalanish, ularning ahamiyati kabilarga oid qimmatli ma’lumotlar bor. Rossiyada ham shifobaxsh o‘simliklar qadimdan ishlatib kelingan, bu ish bilan asosan shifokorlar shug‘ullanganlar. SHaharlarda alohida «Ko‘k do‘konlar» ochilib, shifobaxsh o‘simliklar va ulardan tayyorlangan dorilar sotilgan. SHuningdek, lotin va nemis tilida yozilgan juda ko‘p qo‘lyozmalarning asl nusxalari XVI asr oxirida Rossiyada tarjima qilingan. XVI asrda Moskvada shifobaxsh o‘simliklardan foydalanishga yordam beradigan «Travnik157 tamoshnix i zdeshnix zemel» degan qo‘llanma paydo bo‘lgan. Bu kitob XVI asr oxirigacha bemorlarni davolashda qo‘llanib kelindi, bir necha marta ko‘chirildi, yangidan-yangi materiallar bilan boyitildi va mukammallashtirildi. Bu masalaga bir necha yuz yillar oldin ham e’tibor berilgan. Masalan, Petr I shifobaxsh o‘simliklarni yig‘ish to‘g‘risida farmon chiqargandan keyin Rossiyada dorivor giyohlarni o‘rganish va uni huquqiy muhofaza qilishga qiziqish yanada oshdi. 1873 yilda Petr I buyrug‘i bilan davlatga qarashli dorixonalar va yirik shaharlardagi gospitallar qoshida dorixona tomorqalari tashkil etildi. XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida Rossiyada shifobaxsh o‘simliklarni o‘rganish, ulardan oqilona foydalanish ishlari yanada rivojlandi. 1912 yilda professor R. K. Verlixning «Rus dorivor o‘simliklari» degan asari nashr etildi. Umuman, Birinchi jahon urushidan keyin ham shifobaxsh o‘simliklarga katta e’tibor berilgan. Bulardan tashqari, 1930 yilda mamlakatning turli geografik zonalarida (jumladan, O‘zbekistonda ham) shifobaxsh o‘simliklar o‘stiriladigan maxsus tajriba hududlari tashkil qilindi. 1931 yilda bu hududlar Butunittifoq shifobaxsh o‘simliklar ilmiy-tekshirish instituti (VILR) ixtiyoriga o‘tdi va bu boradagi butun ilmiy ishlab chiqarish ishlarini birlashtirdi. YUqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, shifobaxsh o‘simliklar inson hayoti va uning yashashi uchun katta ahamiyat ega bo‘lib, ular har doim inson himoyasiga muhtojdir. SHuni ham ta’kidlash zarurki, bu sohada O‘zbekistonda yo‘qolib borayotgan yovvoyi va shifobaxsh o‘simliklarning noyob turlarini saqlab qolishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rish yuzasidan hali ko‘p ishlar qilinishi lozim. 2-§. O‘simliklar dunyosining inson hayotida tutgan o‘rni va ularni ekologik-huquqiy muhofaza qilish Er yuzida inson paydo bo‘lgandan beri millionlab yillar o‘tganligi ma’lum. SHundan buyon u o‘zini qurshab turgan tabiat, atrof muhit, birinchi navbatda, nabotot dunyosi bilan aloqada bo‘lib kelgan. O‘simliklar er yuzida odamning paydo bo‘lishi va turmush kechirishi uchun zarur bo‘lgan hamma sharoitlarni yaratadi. Ular dastlabki odamlarning asosiy ovqati bo‘lgan, hozirgi kunda ham inson ularsiz kun kechira olmaydi. O‘simliklardan sanoat, 158 tibbiyot, chorvachilik va boshqa ko‘pgina sohalarda foydalanilmoqda. O‘simliklarning inson hayotidagi ahamiyati faqat shu bilan cheklanmaydi. Ular normal biologik jarayonni ta’minlaydi va havoni kislorod bilan boyitadi, mikroiqlimga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, issiqlik muvozanatining shakllanishida katta o‘rin tutadi, havoning namligini oshiradi, zararli moddalarning muayyan qismini yutadi. YAshil o‘simliklar eroziya va changga qarshi kurashda katta ahamiyat kasb etadi. Ularning rekreatsiya ahamiyatini ham unutib qo‘ymaslik kerak. Keyingi yillarda odamlarning dam olish kunlari shahardan tabiat bag‘riga chiqishga intilishi, bo‘sh vaqtini tog‘lar, daraxtzorlar va suv havzalari bo‘yida o‘tkazishga ehtiyojlari keskin kuchaydi. Biroq inson har doim ham tabiatga, atrof muhitga yaxshi munosabatda bo‘lyaptimi, ularga zarar etkazmayaptimi? Afsuski, bu savollarga ijobiy javob berish qiyin. SHuni qayd qilish o‘rinliki, er yuzining 70 % ni o‘tsimon o‘simliklar qoplab olgan. Er yuzining madaniy o‘simliklar ekiladigan jami maydoni 1,5 mlrd. gektariga teng bo‘lib, bu umumiy ekin maydonning 1/10 miqdoriga tengdir. Ta’kidlash lozimki, er sharida 300 ming turdagi gulli o‘simliklar mavjud. MDH davlatlari hududida ularning 21 ming, ¡rta Osiyoda 7 ming, respublikaimizda 4148 ta turi uchraydi. O‘zbekiston o‘simliklar dunyosining xilma-xilligi va xalq xo‘jaligidagi ahamiyatiga ko‘ra o‘ziga xos o‘ringa ega. So‘nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, o‘lkada 146 ta oilaga mansub 4500 ga yaqin o‘simlik turlari borligi aniqlandi. Bularning aksariyat qismini qoqidoshlar (600 ga yaqin tur), burchoqdoshlar (450 ga yaqin tur), bug‘doydoshlar (260 ga yaqin tur), karamdoshlar, yalpizdoshlar, shvitdoshlar, sho‘radoshlar, loladoshlar, chinniguldoshlar, yoronguldoshlar, govzabondoshlar, ra’nodoshlar kabi yirik oilalarning vakillari tashkil etadi. O‘zbekiston florasi paydo bo‘lishi, tarqalishi, tur, turkum va oilalarning umumiy o‘xshashligi jihatidan O‘rta Osiyodagi boshqa respublikalar, Eron, Afg‘oniston o‘simlik qoplamiga juda yaqin turadi. SHunisi achinarliki, respublikamiz hududidagi 4500 ga yaqin turdagi o‘simliklarning 10–12 % muhofazaga muhtoj. Respublikada tabiatni muhofaza qilish maqsadida ihota o‘rmonlari bunyod etish ishlari davom etmoqda. So‘nggi yillarda esa qurilish materiali sifatida foydalaniluvchi import yog‘och keskin kamayishi munosabati bilan terakzorlar bunyod etilmoqda. 159 Bundan 30–35 yil muqaddam tekislikdagi daryo va soylarning qirg‘oqlari ancha zich to‘qay va qamishzorlar bilan qoplangan bo‘lib, to‘qaylarda turang‘il, tol, jiyda, yulg‘un kabi daraxt va butalar yayrab o‘sar edi. Keyingi yillarda to‘g‘on, suv omborlari va kanallar qurilishi avj olib, daryo hamda soy suvlarining keskin kamayishi, sizot suvlarining sathi tobora kamayib, ularning minerallashuvi va sho‘rligi ortishi natijasida bu to‘qaylarning katta qismi tugab ketdi. Respublika yaylovlarining hozirgi ahvoli ham ancha tashvishlidir. Buning asosiy sabablari – yaylovlardan noto‘g‘ri foydalanish, tog‘ oldi va chalacho‘l zonasidagi katta-katta maydonlar asossiz ravishda haydalib, ekinlar ekilganligi, cho‘lda saksovul, tog‘larda archa kabi daraxt va buta o‘simliklarining ko‘plab kesilib ketganligi, yaylovlarda qo‘y boqish me’yoriga amal qilmaslik, yangi erlarning o‘zlashtirilishi, cho‘l zonalarida yangi-yangi shahar va yo‘llar qurilib, yangi konlar ishga tushirilib, aholi zichligining tobora ortishidir. O‘zbekistonning o‘rmon fondi asosan tog‘ o‘rmonlaridan iborat bo‘lib, tabiatni muhofaza qilishda katta ahamiyatga ega. Ular ajoyib tabiiy manzara yaratadi, o‘ziga xos sog‘lom mikroiqlim hosil qiladi, suvni tejaydi va tuproqni eroziyadan asraydi, atrof muhitning sanitariya-gigiena holatini yaxshilaydi. O‘zbekiston «Qizil kitobi»ga yo‘qolib ketish xavfi bo‘lgan o‘simliklarning 42 ta oilasi, 111 ta avlodiga mansub 301 ta turi kiritilgan. Ularning ko‘pchiligi qimmatbaho dorivor o‘simliklardir. O‘zbekiston hududida ma’lum sharoitlardagina uchraydigan, fan olamida endem deb yuritiladigan o‘simliklarning 390 ta turi mavjud bo‘lib, ular respublikaimizning bebaho milliy boyligi va faxri hisoblanadi. O‘zbekistonning tabiiy florasi mevali, dorivor, sanoatbop, manzarali, efir moyli va boshqa yovvoyi o‘simliklarga boyligi bilan ajralib turadi. Bu rang-barang yovvoyi o‘simliklardan insonlar manfaati yo‘lida oqilona foydalanish va ularni kelgusi avlodlar uchun saqlab qolish respublika olimlari va keng jamoatchilik oldidagi eng muhim vazifalardan biridir. Ma’lumki, o‘simlikning qadr-qimmati, birinchi navbatda, uning xususiyatlarini o‘rganish tufayli aniqlanadi. O‘zbekistonning yovvoyi o‘simliklari xomashyo nuqtai nazaridan hanuzgacha etarli darajada o‘rganilmagan. Keyingi yillarda O‘zbekistonda qishloq xo‘jalik va sanoat qurilishi ishlarining jadal sur’atda ortib borishi tabiatga, shu jumladan o‘simliklar dunyosiga, o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, juda kam uchraydigan endem va relikt turlar o‘sib160 turgan sharoit o‘zgartirilsa, ular tez orada qurib, er yuzidan butunlay yo‘qolib ketishi mumkin. Tabiiy o‘simliklardan oziq-ovqat, ziravor, dorivor va xushmanzara o‘simlik sifatida oqilona foydalanmaslik oqibatida ularning areallari torayib, zaxiralari esa keskin kamaymoqda, hatto ayrim turlari butunlay yo‘qolib ketish xavfi ostida turibdi. Bularga misol tariqasida beh zira, anzur piyozi, lola va shirachlarning ko‘pgina turlari, sallagul va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Respublika hukumati ba’zi yovvoyi o‘simlik turlarining yo‘qolib ketish xavfini e’tiborga olib, ayrim yovvoyi o‘simlik turlarini yig‘ishni tartibga solish maqsadida, lola turlarining barchasi, za’faronlar, boychechaklar, anzur piyozi va boshqalarni davlat muhofazasiga olish hamda ularni O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ga kiritishga qaror qildi. O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ga 400 dan ortiq noyob o‘simlik turlari kiritilgan. «Qizil kitobi»ga kiritilgan, muhofazaga muhtoj barcha turlarni tabiatdan yig‘ib olish, sotish va pochta orqali boshqa joylarga yuborish qat’iy man etildi. Bunday o‘simliklarga zarar etkazgan aybdor shaxslar qonun asosida ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladi. Atrof muhitning boshqa manbalari kabi, o‘simliklar dunyosini muhofaza qilish ham xalq xo‘jaligining muhim vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda. O‘simliklar bizga havoni tozalashda katta yordam beradi. O‘z navbatida, biz ham o‘simliklarning yaxshi rivojlanishi uchun qulay sharoitlarni yaratib berishimiz kerak. Afsuski, hamma ham buni yaxshi tushinib etmayapti. Akademik T. Frank: «Biz tabiat so‘zini tez-tez takrorlaymiz-u, ammo bizning o‘zimiz ham uning kichik bir qismi ekanligimizni unutib qo‘yamiz», – deb to‘g‘ri aytgan edi. Inson ishlab chiqarishning u yoki bu sohasida o‘simliklardan muayyan darajada foydalanadi. Biroq xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan o‘simlik manbalari cheklangan. Mamlakatimizda dorivor o‘simliklarning taxminan 100–110 turdagisi yig‘ib olinadi. Hozirning o‘zidayoq ularning 40ga yaqin turi muhofaza ostiga olinib, ulardan samarali foydalanishni taqozo etmoqda. Tabiat biz uchun o‘ta mushkul va muhim bo‘lgan ishni – er kurrasida hayotni saqlash imkonini beradigan jarayonlarni vujudga keltiradi. Fan-texnika yutuqlari ana shu beminnat ishni bajara olishi mushkuldir. SHu nuqtai nazardan qaraganda, inson har qanday foydali ishni qilmasin, avvalo, atrof muhitni saqlashi, undagi muvozanatni buzmasligi shart. Umuman olganda, shifobaxsh o‘simliklar dunyosining ilmiy tibbiyotda 300 ga yaqin, xalq tibbiyotida 500 ta, veterinariyada161 100 ta turi ishlatiladi. Boy flora asosan, O‘rta Osiyoda, Kavkazda joylashgan. O‘zbekistonning boy va turli-tuman o‘simliklar dunyosi 4148 turdan tashkil topgan, ularning 577 ta turi shifobaxsh o‘simlik hisoblanadi, 115 ta turi ilmiy tibbiyotda ishlatiladi, 47 ta turi esa Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasining ro‘yxatiga kiritilgan. Respublikamiz dori-darmon bilan ta’minlanish jihatidan MDHda oxirgi o‘rinlardan birini egallaydi, o‘simliklardan dori-darmonlar ishlab chiqarish esa talab darajasida emas. Akademik Sobir YUnusov: «o‘simliklarning qo‘liga pasport berish lozim», – deb ta’kidlaydi. YA’ni ilmiy muassasalar dori yaratish o‘rniga o‘simliklarni o‘rganib, dorivorligini aniqlab, tavsiyanomalar ishlab chiqishlari kerak. Dori-darmon tayyorlash bilan yagona institut, tashkilot shug‘ullansa, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Bizningcha, dorivor o‘tlarni sanoatbop qilib o‘stiradigan yirik xo‘jalik tuzish, yo‘qolib borayotganlarini asrab qolib, ko‘paytirish choralarini ko‘rish kun tartibida turgan muhim masalalardan biridir. SHifobaxsh o‘simliklarning tibbiyotdagi katta ahamiyati, fuqarolarning salomatligini saqlashdagi o‘rniga oid hikoyat va hikmatlar to‘planib xalqimizga armug‘on etildi. Bunday adabiyotlar ilgari arab, fors, tojik, lotin va boshqa tillarda mavjud bo‘lgan. Ushbu kitoblarda ko‘plab nodir fikrlar, shifobaxsh o‘simliklarning qaysi kasalliklarga davo ekanligi va qo‘llanilishi aniq va batafsil ko‘rsatilgan. Biz nabotot olami va shifobaxsh o‘simliklarni har tomonlama ekologik-huquqiy muhofaza qilish uchun quyidagi ekologik tadbirlarni amalga oshirishimiz lozim: 1) respublikaimizda o‘rmonlarni kengaytirish, daraxtlar orasida o‘sadigan shifobaxsh o‘simliklarning barcha turlarini saqlab qolish, ularni ko‘paytirish; 2) barcha joylarda, aniqsa tog‘larda, cho‘l va dalalarda mol boqishni tartibga solish; 3) shifobaxsh o‘simliklarni ekologik-huquqiy muhofaza qilish, bog‘larni, qo‘riqxonalarni aynan tibbiyot maqsadida ishlatish uchun barpo etilgan laboratoriya va ilmiy tekshirish institutlari faoliyatining barcha imkoniyatlarini yanada kuchaytirish; 4) fuqarolar tomonidan aynan shifobaxsh o‘simliklar bilan savdo-sotiq qilinishni nazorat qilish, ulardan xo‘jasizlarcha foydalanishga chek qo‘yish; 5) n abotot olami va shifobaxsh o‘simliklarni ekologik-huquqiy muhofaza qilishni yanada yaxshilash maqsadida zarur qonun hujjatlari qabul qilish; 6) Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining bu sohadagi162 ishlarini kuchaytirish; 7) barcha joylarda o‘rmonlarni muhofaza qilish maqsadida tog‘begilar xizmat qiladi, ular faqat daraxtlar, o‘rmonlarni muhofaza qilish bilan ko‘proq shug‘ullanadilar. SHifobaxsh o‘simliklarni himoya qiluvchi alohida «shtat»lar tashkil etish; 8) tabiatni muhofaza qilish ishi bilan shug‘ullanuvchi jamg‘armalarning ishlarini yaxshilash va h. k. Tabiatni muhofaza qilish jamiyatining ish faoliyati juda serqirra. U keng miqyosda targ‘ibot ishlari olib borishi, har yili slyotlar va tabiatshunoslar konkursi o‘tkazishi, bolalarning tabiat qo‘yniga sayohatlarini uyushtirishi, noyob o‘simliklar va hayvonlar ko‘rgazmasini tashkil qilishi, istirohat bog‘lari barpo etishi zarur. Maktab o‘rmonshunosiligi – tabiatni muhofaza qilishning faol markazi. O‘rmonshunoslik ishlari qiziqarli va serqirradir. Bunda bolalar qishloq ko‘chalari va atrofini ko‘kalamzorga aylantiradilar, qanday mahalliy daraxtlar, butalar, o‘t va o‘simliklar o‘sishini aniqlaydilar. SHuningdek, yoshlarimiz o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasida 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi va 1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan «O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish to‘g‘risida»gi1 hamda boshqa ekologik qonunlarning mohiyatini kengroq tushuntirish zarur. Bu ishni yanada yaxshilash uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Ekologiya va tabiiy resurslardan foydalanish qo‘mitasi ishini, bojxona faoliyatini yanada kuchaytirish, keng jamoatchilik yordamida ish olib borish, maktab o‘quvchilaridan samarali foydalanish ham yaxshi natija beradi. SHuningdek, shifobaxsh o‘simliklarni muhofaza qilish qonun-qoidalari er sathining ko‘rinishi, manzarasi, o‘simliklar dunyosining turli-tumanligi, kam uchraydigan o‘simliklarni, ekologik tizim va ularning o‘zaro aloqasini hisobga olgan holda atrof muhitni muhofaza qiladigan ob’ektlarni tashkil qilishni ko‘zda tutish kerak. Ushbu maqsadda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida»gi 1993 yil 7 may qonuni katta ahamiyatga ega bo‘ldi. CHunki alohida muhofaza etiladigan joylarda o‘simliklarning barcha turlari ma’lum mutanosiblikda saqlanadi. Hozirgi paytda barcha sohalarda, jumladan o‘simliklar dunyosini huquqiy muhofaza qilish, ulardan oqilona 1 Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining axborotnomasi. 1998. № 1. 12-m. 163 foydalanish, ular haqidagi ayrim huquqiy hujjatlarga amal qilish talab darajasida emas. SHuning uchun ham hozirgi ahvolni hisobga olib, «O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish haqida»gi kodeksni qabul qilish kerak. Bizningcha, bu huquqiy tadbir nafaqat shifobaxsh o‘simliklar, balki barcha o‘simliklarni muhofaza qilish bilan birga, insonlarning sog‘lig‘ini, havoning musaffoligini, o‘rmonlarning boyligini, jonivorlarni ko‘paytirishni, erning unumdorligini ta’minlaydi. 3-§. O‘simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi hamda nazorat olib borish O‘simliklar dunyosini ekologik-huquqiy muhofaza qilish, undan foydalanishning huquqiy tartibi hamda boshqaruv va nazorat qilish hollari O‘zbekiston Respublikasining «O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi 1997 yil 26 dekabr qonuni bilan tartibga solingan. Mazkur qonun tabiiy sharoitda o‘sadigan o‘simlik dunyosini, shuningdek, takror etishtirish va genetik fondini saqlash uchun ekib o‘stiriladigan yovvoyi o‘simliklarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Qonun O‘zbekiston Respublikasining barcha ekologik, geografik, iqtisodiy va huquqiy xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lib, uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: – floraning tur bo‘yicha tarkibini va genetik fondini tabiiy sharoitlarda saqlab qolish; – tabiiy o‘simlik jamoalari va yovvoyi o‘simliklar o‘sadigan muhitning bir butunligini saqlab qolish; – o‘simlik dunyosidan oqilona foydalanish va uni takror etishtirishni ta’minlash; – yuridik va jismoniy shaxslarning o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi faoliyatini huquqiy tartibga solishdir (qonunning 2-moddasi). O‘rmonlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlar o‘rmonlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi. 164 Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasida o‘simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi hamda nazarati katta ahamiyatga ega bo‘lib, o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni ta’minlaydi. «O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunda o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi aniq ko‘rsatilgan. Jumladan, mazkur qonunda ko‘rsatilishicha, o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huziridagi o‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida maxsus vakolat berilgan davlat boshqaruv organlaridir. O‘simliklar dunyosi davlat mulki – umummilliy boylik bo‘lib, undan oqilona foydalanish zarur va u davlat muhofazasidadir (3–4-moddalar). O‘simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvining asosiy xususiyati ham shundaki, u bevosita o‘rmon boyliklarini, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish bilan bog‘liq. Davlatning o‘simliklar dunyosi ob’ektlarini muhofaza qilishi va ulardan foydalanishni nazorat qilishi katta ahamiyatga ega. Ushbu masala o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonunda o‘z ifodasini topgan. Jumladan, ushbu qonunning 27-moddasiga asosan, o‘simlik dunyosi ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ustidan davlat nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. O‘simliklar dunyosi ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ustidan idoraviy, ishlab chiqarish va165 jamoatchilik nazorati qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Xullas, o‘simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi hamda nazoratini olib borish o‘simliklar dunyosini ekologik-huquqiy muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni ta’minlaydi. 4-§. O‘simliklar dunyosi ob’ektlaridan foydalanish turlari va xususiyatlari O‘simliklar dunyosi ob’ektlari tushunchasi, ulardan foydalanish turlari va xususiyatlari O‘zbekiston Respublikasining «O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi 1997 yil 25 dekabr qonunida o‘z ifodasini topgan. Ushbu qonunda birinchi marta «o‘simlik dunyosi ob’ekti» tushunchasi berildi. Qonunning 5-moddasiga asosan, o‘simlik dunyosi ob’ektlari quyidagilardan iborat: – yovvoyi organizmlar – daraxtlar, butalar va o‘tsimon urug‘laydigan o‘simliklar, qirquloqsimonlar, yo‘sinsimonlar, suvo‘tlar, lishayniklar va zamburug‘larning xilma-xil turlari; – yovvoyi organizmlardan tashkil topadigan tabiiy o‘simlik jamoalari yoki ularning har qanday majmui; – kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan o‘simlik turlari; – yovvoyi o‘simliklarning mevalari, urug‘lari va boshqa qismlari yoki ular faoliyatining mahsullari. Ko‘rinib turibdiki, mazkur qonun ilk bor o‘simlik dunyosini huquqiy jihatdan himoyalash tushunchasini berish bilan birga, ularni ma’lum turkumlarga bo‘lib, aniqlashtiradi. O‘simliklar dunyosi ob’ektlarining muhofazasi ko‘proq ulardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘ladi. SHuning uchun ham ushbu masalaga qonunda alohida e’tibor berilgan. O‘simliklar dunyosi ob’ektlaridan foydalanish umumiy va maxsus bo‘lishi mumkin. O‘simliklar dunyosi ob’ektlaridan umumiy foydalanish jismoniy shaxslar tomonidan hayotiy zarur ehtiyojlarni qondirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda va tartibda bepul amalga oshiriladi. O‘simliklar dunyosi ob’ektlari maxsus foydalanishga ishlab chiqarish faoliyatini va boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun haq to‘lash evaziga yuridik va jismoniy shaxslarga ruxsatnomalar asosida berib qo‘yiladi. O‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish uchun ob’ektini, turini, hajmini va muayyan hudud doirasida166 foydalanish muddatini belgilaydigan ruxsatnoma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vakolatli davlat organlari tomonidan beriladi. O‘simlik dunyosi ob’ektlaridan maxsus foydalanish tartibi va shartlari qonun hujjatlarida belgilanadi (6-modda). SHuningdek, «O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunida, o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish turlari va ular qaysi maqsadlar uchun qo‘llanilishi masalasiga ham alohida e’tibor berilgan. O‘simliklar dunyosi ob’ektlaridan foydalanish turlari mazkur qonunning 7-moddasida o‘z ifodasini topgan, ular quyidagilardan iborat: – chorvachilik ehtiyojlari uchun yovvoyi ozuqa mahsulotlarini tayyorlash; – chorva mollarini o‘tlatish; – o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan ovchilik xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish; – yovvoyi o‘simliklarning texnik xomashyosini tayyorlash; – yovvoyi o‘simliklarning dorivor xomashyosini tayyorlash (yig‘ish); – yovvoyi o‘simliklarni oziq-ovqat maqsadlari uchun tayyorlash (yig‘ish), daraxt va butalarni kesish; – o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan ilmiy-tadqiqot maqsadlarida foydalanish; – o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish, rekreatsion va estetik maqsadlarda foydalanish; – o‘simliklar dunyosi ob’ektlaridan tabiatni muhofaza qilish maqsadlarida foydalanish. Qonun hujjatlarida o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanishning boshqa turlari ham nazarda tutilishi mumkin. O‘simlik dunyosi ob’ektlari doimiy yoki vaqtincha (uzoq muddatli va qisqa muddatli) foydalanishga berib qo‘yilishi mumkin. SHuni ta’kidlash lozimki, o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish maxsus normativlarga rioya qilishni talab etadi. Amaldagi qonunchilikka asosan, o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish normativlari quyidagilardan iborat: – dorivor va ozuqabop o‘simliklarning yovvoyi turlarini hamda o‘simliklar texnik xomashyosini tayyorlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan kelishib tasdiqlagan kvotalar; 167 – tabiiy pichanzorlar va yaylovlarda pichan o‘rish hamda chorva mollarni o‘tlatishning mahalliy davlat hokimiyati organlari, tegishli qishloq va suv xo‘jaligi, shuningdek, o‘rmon xo‘jaligi davlat organlari taqdimnomasi bo‘yicha tasdiqlagan normativlari va muddatlari; – qonun hujjatlari bilan belgilangan boshqa normativlar ham bo‘lishi mumkin (9-modda). O‘simliklar dunyosi ob’ektlaridan foydalanish turlari, ularni muhofaza qilish hollari bir qator huquqiy xususiyatlarga ham ega: 1) o‘simliklar dunyosi ob’ektlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish, tabiat ob’ektlari va ularning normal saqlanishi holati bilan; 2) o‘simliklar dunyosi ob’ektlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish O‘zbekiston Respublikasining «Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida»gi, «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi, «O‘rmon to‘g‘risida»gi qonunlari va boshqa ekologik qonunlar talabining ijrosi bilan; 3) mazkur ob’ektni muhofaza qilish va ulardan foydalanish hozirgi zamon tibbiyoti va tabobati oldiga qo‘ygan vazifalarni amalga oshirishi bilan; 4) ushbu ob’ektni muhofaza qilish va undan foydalanish hozirgi ekologik muhitni barqarorlashtirish, insonlarning ekologik muhitni saqlash hamda ekologik xavf va inqarozlarning oldini olish bilan ham bog‘liq bo‘ladi. Xullas, o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish va ularni ekologik muhofaza qilish katta ahamiyatga ega bo‘lib, ekologik muammolarni hal etishni, kelajak avlodning sog‘lom va yaxshi ekologik muhitda yashashini ta’minlaydi. 5-§. O‘simliklar dunyosi ob’ektlaridan foydalanish huquqining paydo bo‘lishi va bekor bo‘lish asoslari Qonunchilikda o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish huquqining paydo bo‘lishi va bekor bo‘lish asoslari o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan to‘g‘ri, qonuniy foydalanishni hamda ekologik-huquqiy muhofaza qilishni ta’minlaydi. Mazkur masala «O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunda o‘z aksini topgan. Qonunning 11-moddasiga asosan, o‘simlik dunyosi ob’ektlarini saqlab qolish va ularni takroran etishtirish hamda ular o‘sadigan muhitni saqlash va qayta tiklash maqsadida o‘simlik dunyosi168 ob’ektlaridan foydalanish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda cheklab qo‘yilishi, to‘xtatib turilishi yoki man etilishi mumkin. Qo‘riqxonalar, qo‘riqlanadigan tegralar va tabiat yodgorliklarida o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi bor o‘simlik turlarini tayyorlash (yig‘ish) man etiladi. O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ga kiritilgan o‘simlik turlaridan foydalanish, ular bilan (ularning qismlari yoki faoliyat mahsullari bilan) savdo qilish, ularni chet elga olib chiqishga alohida hollarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining taqdimnomasi va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasi bo‘yicha beradigan ruxsatnomalari asosida yo‘l qo‘yiladi. SHuni ta’kidlash joizki, o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish huquqining paydo bo‘lishi o‘simliklar dunyosi qanday maqsadda berilishi bilan ko‘proq bog‘liq. Ushbu holat, yuqoridagi qonunga asosan, quyidagi maqsadlarni o‘zi ichiga oladi: 1) yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan chorvachilik ehtiyojlari uchun yovvoyi ozuqa mahsulotlarini tayyorlash va chorva mollarni o‘tlatish, ana shu maqsadlar uchun ularga maxsus berib qo‘yilgan tabiiy em-xashak etishtiriladigan maydonlarda quyidagi tartibda amalga oshiriladi: – o‘rmon fondi hududida – o‘rmon biletlari bo‘yicha; – qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari egaligidagi erlar hududida – ularning ruxsatnomalari bo‘yicha; – zaxiradagi erlarda – mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari asosida; 2) yuridik va jismoniy shaxslarning o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan ovchilik xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanishi ularga o‘simlik dunyosi ob’ektlarini olib qo‘ymagan holda berilgan ovchilik erlarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi; 3) tabiiy o‘simliklar jamoalarida yovvoyi o‘simliklarning dorivor va texnik xomashyosini oziq-ovqat maqsadlari uchun yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tayyorlashga (yig‘ishga) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘l qo‘yiladi; 1) yovvoyi o‘simliklarni, ularning qismlarini va mahsulotlarini o‘sish muhitidan ajratib olmasdan va ajratib olgan holda o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan ilmiy tadqiqot maqsadlarida foydalanishga qonun hujjatlarida belgilangan169 tartibda yo‘l quyiladi. Tabiiy o‘simliklar jamoalarida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish uchun tegishli yuridik shaxslarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maxsus uchastkalar ajratilishi mumkin, bu uchastkalarda o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning foydalanishi ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazish maqsadlariga nomuvofiq bo‘lsa, bunday foydalanish cheklanadi yoki man etiladi; 5) o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish, rekreatsion va estetik maqsadlarda foydalanish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. SHifobaxsh xususiyatlarga ega bo‘lgan va aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoit yaratadigan o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan sog‘lomlashtirish va rekreatsion maqsadlarda foydalaniladi; 6) o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan tabiatni muhofaza qilish maqsadlarida foydalanish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Amaldagi qonunchilikda o‘simliklar dunyosi ob’ektlaridan foydalanish huquqini bekor qilish masalasi ham ko‘rsatilgan. Ushbu qonunning 19-moddasiga binoan, o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish huquqi quyidagi hollarda bekor qilinadi: – o‘simlik dunyosi ob’ektidan foydalanish huquqidan voz kechilganda; – belgilangan foydalanish muddati tugaganda; – o‘simlik dunyosi ob’ektidan foydalanish huquqi berilgan yuridik shaxs tugatilganda; – o‘simlik dunyosi ob’ektlarini muhofaza qilish, ulardan foydalanish va ularni takror etishtirish qoidalari, normativlari va boshqa talablari buzilganda; – o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanganlik uchun haq belgilangan muddatda to‘lanmaganda; – foydalanish oqibatida tabiiy o‘simliklar jamoalarida asliga qaytarib bo‘lmaydigan o‘zgarishlar xavfi tug‘ilganda; – er uchastkalari davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganda. O‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish huquqini bekor qilish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi. 170 Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling