Mulk huquqi 1-§. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqi va uning asosiy belgilari


Download 1.58 Mb.
bet36/63
Sana24.01.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1114828
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   63
Jinoiy-huquqiy javobgarlik – o‘simliklar dunyosini huquqiy-ekologik muhofaza qilishning birdan-bir to‘g‘ri tadbiri hisoblanadi. SHunisi achinarliki, bizning jinoyat qonunchiligimizda o‘simliklardan noto‘g‘ri foydalanish, ayniqsa shifobaxsh o‘simliklarning yo‘q bo‘lishiga yo‘l qo‘yish holatlari uchun jinoiy javobgarlik belgilanmagan.
Bizningcha, aynan shifobaxsh o‘simliklarni ekologik-huquqiy muhofaza qilish borasida alohida modda bo‘lmagani tufayli ham keyingi paytlarda ko‘plab noyob o‘simliklarning turlari yo‘qolib ketmoqda. O‘zbekiston Respublikasi amaldagi Jinoyat kodeksining 199-moddasida o‘simliklar kasalliklari yoki zararkunandalari bilan kurash talablarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik ko‘rsatilgan, xolos. Unga ko‘ra, o‘simliklar kasalliklari yoki zararkunandalari bilan kurash talablarini buzish og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa – eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Bizningcha, Jinoyat kodeksida nabotot olami va shifobaxsh o‘simliklarni huquqiy muhofaza qilish uchun quyidagi talablarga e’tibor berish zarur: – yangi qonunlarda, jinoyat yoki o‘simliklarni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunga asosan, o‘simliklardan foydalanish, ularni175
ekish, sotish, qazib yoki yulib olganlik uchun ma’muriy chora ko‘rilgandan keyin jinoiy javobgarlik belgilash kerak; – jinoiy javobgarlikdan tashqari, ko‘proq keltirilgan zararni qoplash bilan bog‘liq ma’muriy jazolar qo‘llanilishi lozim; – Jinoyat kodeksida «Qizil kitob»ga kirgan o‘simliklarni muhofaza qilish maqsadida, ularni qazib olish, noto‘g‘ri foydalanish, kesish va boshqa noqonuniy holatlar uchun jinoiy javobgarlik belgilanishi mumkin; – o‘simliklarni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunga shifobaxsh o‘simliklardan foydalanish va ularni muhofaza qilish to‘g‘risida alohida bob kiritish, aniq holatlarni sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanishi zarur; – o‘simliklar dunyosini muhofaza qilish va ularni ko‘paytirish bilan shug‘ullanadigan alohida ekolog mutaxassislar tayyorlash shu kunning talabidir; – ko‘proq dorivor va shifobaxsh o‘simliklardan noto‘g‘ri foydalanganlik va ular to‘g‘risidagi qonunlarni buzganlik uchun iqtisodiy-huquqiy javobgarlik belgilash o‘rinlidir.
Xullas, o‘lkamiz tabiiy hamda madaniy holda o‘sadigan o‘simliklarga boy. O‘zbekistonning shifobaxsh o‘simliklari sanoatda, noz-ne’mat sifatida hamda shifobaxsh dori sifatida foydalaniladi. SHuning uchun ham mevali bog‘larimizni, tabiiy holda o‘sadigan turli xil giyohlarni asrasak, ona tabiatimizning chiroyi yanada ochilgan bo‘lar edi. Buning uchun keng jamoatchilik harakati benihoya faol bo‘lmog‘i lozim. 8-§. O‘simliklar dunyosini ekologik-huquqiy muhofaza qilish va ulardan foydalanishda ichki ishlar organlarining o‘rni va vazifalari O‘simlik dunyosini ekologik-huquqiy muhofaza qilish va ulardan foydalanishda ichki ishlar organlarining vazifalari juda keng. O‘zbekiston Respublikasida «Qizil kitob»ga kiritilgan, yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan o‘simliklarni muhofaza qilishda ichki ishlarni organlari katta ishlar olib borishlari lozim. Ichki ishlar organlarining profilaktika nozirlari, sanitariya militsiyasi, qo‘riqlash xizmati bo‘limi va DYHXX xodimlari O‘zbekiston iqlimida ma’lum sharoitlardagina uchraydigan, fan olamida «Endem» deb yuritiladigan, respublikaimizning bebaho milliy boyligi hisoblangan o‘simliklar dunyosini ekologik-huquqiy muhofaza qilishga yordam176
beradilar. Zero, ichki ishlar organlarining asosiy vazifalari ushbu turdagi o‘simliklar dunyosi yo‘qolib ketishining oldini olish, yong‘indan saqlash, har qanday transport vositalari bilan ularni noqonuniy ravishda boshqa joyga olib borib sotish, turli kasalliklar tarqalishining oldini olishdan iborat bo‘lishi kerak.
Mazkur vazifalarni amalga oshirishda, O‘zbekiston Respublikasi IIVning 1997 yil 15 maydagi 109-sonli «Karantin-qo‘riqlash tadbirlari va sanitariya nazorotini ta’minlovchi militsiya bo‘linmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish choralari to‘g‘risida»gi va 1999 yil 17 yanvardagi 11-sonli «O‘zbekiston Respublikasi IIV tizimida sanitariya nazorati to‘g‘risida»gi buyruqlari va boshqa normativ huquqiy hujjatlari dastur bo‘lib xizmat qiladi.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling