7-§. O‘rmon to‘g‘risidagi qonun talablarini va o‘rmondan foydalanish huquqini buzganlik uchun ekologik-huquqiy javobgarlik O‘rmon to‘g‘risidagi qonunlarni buzganlik uchun ekologik-huquqiy javobgarlik qonunlarimizda o‘z aksini topgan.
Jumladan, o‘rmon va boshqa daraxtlarni kesganlik, yondirganlik yoki qonunga zid boshqa xatti-harakatlar qilganlik uchun ma’lum huquqiy javobgarliklar mavjud. O‘rmonlardan oqilona foydalanilmaganlik va ularga oid qonunlarni buzganlik uchun208
intizomiy, ma’muriy, fuqaroviy va jinoiy-huquqiy javobgarliklar qo‘llaniladi.
O‘rmonlarni qo‘riqlash va ulardan foydalanish masalalariga taalluqli nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. O‘rmon to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Intizomiy-huquqiy javobgarlik ekologik huquqbuzarliklar sodir etilganda korxona, muassasa, tashkilot rahbari tomoni qo‘llaniladi. Masalan, o‘rmon xo‘jaligi rahbari tomonidan xodimiga nisbatan mehnat majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmaganligi munosabati bilan qo‘llanishi mumkin.
Intizomiy-huquqiy javobgarlik o‘rmonchilik sohasida Mehnat kodeksi yoki tegishli nizom talablarini buzganlik uchun qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181-moddasiga asosan, xodimga mehnat intizomini buzganligi uchun ish beruvchi quyidagi intizomiy jazo choralarini qo‘llashga haqli: 1) hayfsan; 2) o‘rtacha oylik ish haqining 30 % dan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima. Ichki mehnat tartibi qoidalarida xodimga o‘rtacha oyilik ish haqining 50 %dan ortiq bo‘lmagan miqdorida jarima solish hollari ham nazarda tutilishi mumkin.
Xodimning ish haqidan jarima ushlab qolish ushbu kodeksning 164-moddasi talablariga rioya qilingan holda ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi; 3) mehnat shartnomasini bekor qilish (100-moddaning ikkinchi qismi 3 va 4-bandlari). Ushbu moddada nazarda tutilmagan intizomiy jazo choralarini qo‘llash taqiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |