Mulk huquqi 1-§. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqi va uning asosiy belgilari


-§. Davlat o‘rmon fondidan ekologik-huquqiy foydalanish va ularni muhofaza etish ustidan davlat boshqaruvi


Download 1.58 Mb.
bet40/63
Sana24.01.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1114828
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   63
4-§. Davlat o‘rmon fondidan ekologik-huquqiy foydalanish va ularni muhofaza etish ustidan davlat boshqaruvi Davlat o‘rmon fondi erlarining ekologik-huquqiy holati nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatga ham egadir. SHuning uchun ham o‘rmonlarga bo‘lgan mulkchilik va davlat o‘rmon fondining huquqiy ahamiyatini qonunda belgilanishi katta ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasining «O‘rmon to‘g‘risida»gi qonuniga asosan, O‘rmonlar davlat mulki – umummilliy boylik bo‘lib, ulardan oqilona foydalanish lozim hamda ular davlat tomonidan qo‘riqlanadi. Hamma o‘rmonlar davlat o‘rmon fondini tashkil etadi. Davlat o‘rmon fondi davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan o‘rmonlardan, ya’ni davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari qaramog‘idagi o‘rmonlardan, boshqa idoralar va yuridik shaxslar foydalanadigan o‘rmonlardan iborat.
O‘rmon bilan qoplangan erlar o‘rmon bilan qoplanmagan, ammo o‘rmon xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan erlar o‘rmon fondi erlari hisoblanadi. O‘rmon fondi erlarining chegaralari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.
O‘rmon fondi erlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda egalik qilish, foydalanish, shu jumladan, ijaraga berilishi mumkin.
Davlat o‘rmon fondi uchastkalari davlat o‘rmon fondining bir qismi bo‘lib, ularning muayyan chegarasi, maydoni, joylashgan201
manzili, huquqiy rejimi qayd etilgan hamda chizma-kartografik materiallarda ko‘rsatilgan bo‘ladi (7 – 8-moddalar).
YUridik adabiyot va «O‘rmon to‘g‘risida»gi qonunda o‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, ulardan foydalanish va ularni takroriy ko‘paytirish sohasidagi davlat boshqaruvi va nazorat qilish tartibi ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston Respublikasining «O‘rmon to‘g‘risida»gi qonuni mazmuni va talabidan kelib chiqadigan bo‘lsak, o‘rmondan foydalanish huquqini va yuqorida ko‘rsatilgan tartibni belgilovchi tashkilotlarni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin: 1) Vazirlar Mahkamasi; 2) Davlat o‘rmon qo‘mitasi1; 3) Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi; 4) mahalliy davlat hokimiyat organlari; 5) o‘rmondan doimiy foydalanuvchilar. O‘rmondan foydalanish huquqini beradigan ushbu tashkilotlarning yuqoridagi tizimidan ko‘rinib turibdiki, bu huquq asosan ma’muriy ruxsat berish, boshqarish va nazorat qilish tartibi orqali vujudga keladi.
Ushbu masala, «O‘rmon to‘g‘risida»gi qonunning 9-moddasida shunday uqtiriladi: «O‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, ulardan foydalanish va ularni takroriy ko‘paytirish sohasidagi davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon qo‘mitasi va uning joylardagi idoralari davlat o‘rmon xo‘jaligi tashkilotlari hisoblanadi».
SHuningdek, mazkur qonunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining o‘rmonga oid munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari aniq ko‘rsatilgan. O‘rmonga oid munosabatlarni tartibga solish sohasida quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlariga kiradi: – o‘rmonlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha yagona davlat siyosatini amalga oshirish; – davlat o‘rmon fondini tasarruf etish; – o‘rmonlarning qo‘riqlanish toifalarini aniqlash tartibini belgilash;
1
Qarang: Davlat o‘rmon qo‘mitasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 30 martdagi 160-sonli qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi etib o‘zgartirilgan202
– o‘rmondan foydalanganlik uchun haq undirish tartibini belgilash; – o‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, ulardan foydalanish va ularni takroriy kupaytirish ustidan davlat nazoratini tashkil etish va amalga oshirish; – o‘rmonlarning davlat hisobini va davlat o‘rmon kadastrini yuritish tartibini belgilash; – o‘z vakolat doirasiga kiruvchi boshqa masalalarni hal qilish (10-modda).
Zero, amaldagi qonunchilikda mahalliy davlat hokimiyati organlarining o‘rmonga oid munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari ham belgilab qo‘yilgan. Ushbu masala «O‘rmon to‘g‘risida»gi qonunning 11-moddasida quyidagicha ko‘rsatilgan: – davlat o‘rmon xo‘jaligi tashkilotlari bila kelishgan holda yuridik va jismoniy shaxslarga davlat o‘rmon fondi uchastkalarini berish, davlat ko‘riqxonalarining o‘rmonlari hamda davlat milliy tabiiy bog‘larining ko‘riqxona mintaqalari bundan mustasno; – o‘rmonlarning davlat hisobi va davlat o‘rmon kadastri yuritilishini ta’minlash; – o‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, ulardan foydalanish va ularni takroriy kupaytirish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish; – o‘rmonlar holatiga zarar etkazadigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyatini cheklash, to‘xtatib qo‘yish va tugatish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish; – o‘rmonlarda mol boqish hamda yog‘ochga taaluqli bo‘lmagan resurslardan foydalanishning boshqa turlari normalarini davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari bilan birgalikda belgilash va tartibga solish; – o‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, ulardan foydalanish va ularni takroriy ko‘paytirish borasida aholining ma’rifatli bo‘lishini tashkil etish; – o‘z vakolat doirasiga kiruvchi boshqa masalalarni hal qilish.
O‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, ulardan foydalanish va ularni takroriy ko‘paytirish ustidan davlat nazorati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
O‘rmonlarni muhofaza qilish, ko‘riqlash, ulardan foydalanish va ularni takroriy ko‘paytirish ustidan idoraviy203
nazorat O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi (12-modda). 5-§. O‘rmonlardan foydalanish huquqining paydo bo‘lishi va bekor bo‘lish asoslari Amaliyotda o‘rmonlardan foydalanish huquqining paydo bo‘lish va bekor bo‘lish asoslari huquqiy ahamiyatga ega bo‘lib, o‘rmonlardan foydalanishni va muhofaza etishni har tomonlama mustahkamlaydi.
O‘rmonlardan foydalanish huquqining paydo bo‘lish tartibi O‘zbekiston Respublikasining «O‘rmon to‘g‘risida»gi qonunida o‘z ifodasini topgan.
Mazkur masala qonunning 20-moddasida ko‘rsatilgan bo‘lib, unga ko‘ra, o‘rmondan foydalanish huquqi yuridik va jismoniy shaxslarga, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari tomonidan yoki ular vakolat bergan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan beriladi.
O‘rmondan foydalanishga maxsus ruxsatnoma – daraxt kesish yoki o‘rmon chiptasi asosida yo‘l qo‘yiladi, ushbu qonunning 30-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. O‘rmondan foydalanuvchilar davlat o‘rmon fondi uchastkalaridan o‘rmondan foydalanishning maxsus ruxsatnomalarda nazarda tutilgan turlaridangina foydalanishga haqlidir. Ushbu moddadan ko‘rinib turibdiki, o‘rmonlardan foydalanish huquqini o‘rmondan foydalanuvchi sub’ektlarga faqat davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari yoki ular vakolat bergan korxona, muassasa, tashkilotlar tomonidan berilgan tegishli ruxsatnoma asosida yo‘l quyiladi.
SHuningdek, qonunchilikda o‘rmondan foydalanish huquqining bekor bo‘lish asoslari ham ko‘rsatilgan.
O‘rmon boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishni boshqarishda O‘zbekiston Respublikasining Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi maxsus boshqaruv organi sifatida muhim o‘rin tutadi. U o‘rmon xo‘jaligining ahvoli va uni yanada rivojlantirish, tarmoqda fan-texnika taraqqiyoti, o‘rmonlardan oqilona foydalanish, ularni ko‘paytirish, muhofaza va himoya qilish, ovchilik xo‘jaligi va qo‘riqxona ishlarini, o‘rmon fondi204
hududida milliy parklarning ishlarini yuritishni tashkil etish, o‘rmonlarning ekologik va boshqa foydali vazifalarini kuchaytirish, shuningdek, boshqarma tizimi korxonalari, tashkilotlarini ijtimoiy rivojlantirish uchun javob beradi.
O‘zbekiston Respublikasining Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining normativ huquqiy hujjatlariga amal qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi o‘z faoliyatini maxsus nizom asosida amalga oshiradi1.
O‘rmonlardan foydalanishni boshqarishda O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari davlat qo‘mitasi alohida o‘rinni egallaydi. CHunki, er fondi tarkibiga o‘rmon fondi erlari ham kiritilgan bo‘lib, bu erlarni boshqarish Er resurslari davlat qo‘mitasi zimmasiga yuklatilgan.
Xullas, o‘rmon fondidan oqilona foydalanish va muhofaza etish ustidan davlat boshqaruvi va nazorat qilish tartibini hozirgi zamon talabi asosida olib borilishi, o‘rmon boyliklarini ekologik-huquqiy muhofaza qilishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining «O‘rmon to‘g‘risida»gi qonunida ushbu masalaga alohida e’tibor berilgan. Mazkur qonunning 24-moddasida o‘rmondan foydalanish huqukining tugatilish hollari ifoda etilgan. O‘rmondan foydalanish huquqi quyidagi hollarda tugatiladi: – o‘rmondan foydalanish huquqidan ixtiyoriy voz kechilganda; – o‘rmondan foydalanish muddati tugaganda; – davlat o‘rmon fondi uchastkasi sub’ekti bo‘lgan yuridik shaxs tugatilganda; – o‘rmonlardan va o‘rmon fondi erlaridan belgilangan maqsadda foydalanilmaganda;
1
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 30 martdagi 160-sonli qaroriga asosan, «O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi nizom»i tasdiqlangan. 205
– o‘rmondan foydalanish o‘rmonlar va boshqa tabiiy ob’ektlarning holatiga hamda ularni takroriy ko‘paytirishga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan usullar bilan amalga oshirilganda; – o‘rmonlarda yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganda; – o‘rmondan foydalanganlik uchun haq belgilangan muddatlarda to‘lanmaganda; – o‘rmon fondi erlari davlat yoki jamiyat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganda.
O‘rmondan foydalanish huquqini tugatish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi (24-modda). 6-§. O‘rmondan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari O‘zbekiston Respublikasida o‘rmon boyliklaridan oqilona foydalanish, uni ekologik-huquqiy muhofaza qilish, tiklash ishlarini olib borish o‘rmon boyliklaridan foydalanuvchilarning o‘z huquq va majburiyatlarini bajarishlari bilan bog‘liq. SHuning uchun ham amaldagi qonunlarda o‘rmondan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlarini aniq ko‘rsatilishi katta ahamiyatga ega.
Mazkur masala 1999 yil 15 aprelda qabul qilingan «O‘rmon to‘g‘risida»gi qonunda o‘z ifodasini topgan. O‘rmondan doimiy foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega: 1) davlat o‘rmon fondininig o‘zlariga berib qo‘yilgan uchastkalarida o‘rmon xo‘jaligini mustaqil yuritish, o‘rmondan foydalanish; 2) o‘rmon fondi erlaridan, suv resurslaridan, keng tarqalgan foydali qazilmalardan, o‘rmon xo‘jaligi ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda foydalanish; 3) belgilangan tartibda yo‘l ochish, o‘rmon mahsulotini joylashtirish uchun maydonchalar jihozlash, ishlab chiqarish va uy-joy binolari hamda inshootlari qurish; 4) tayyorlangan mahsulotga va uni sotishdan olingan daromadga mulkdor bo‘lish; O‘rmondan doimiy foydalanuvchilar quyidagi majburiyatlarga ega; – o‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, ulardan oqilona foydalanish va ularni takroriy ko‘paytirishni ta’minlash; – o‘rmonlarning davlat hisobini olib borish; 206
o‘rmonlarning holatiga va ularni takroriy ko‘paytirishga, tuproq va hayvonot dunyosiga, shuningdek, suv ob’ektlari va boshqa tabiiy ob’ektlarning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishga yo‘l qo‘ymaydigan usullar bilan ish olib borish; – o‘rmondan foydalanganlik uchun o‘z vaqtida va belgilangan tartibda haq to‘lash; – alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rejimini ta’minlash; – o‘rmondan foydalanuvchi boshqa shaxslarning huquqlarini buzmaslik.
O‘rmondan doimiy foydalanuvchilar qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ega bo‘lishlari va o‘zga majburiyatlarni bajarishlari ham mumkin (21-modda).
Ko‘rinib turibdiki, ushbu moddada o‘rmondan doimiy foydalanuvchilarning huquq va majburiyati aniq ko‘rsatilgan.
SHuningdek, «O‘rmon to‘g‘risida»gi qonunning 22-moddasida o‘rmondan vaqtincha foydalanuvchilarning ham huquq va majburiyatlari ko‘rsatilgan. O‘rmondan vaqtinchalik foydalanuvchilar quyidagi huquqlariga ega: – o‘rmondan foydalanish huquqini beruvchi hujjatlarda ko‘rsatilgan davlat o‘rmon fondi uchastkalari doirasida, muddatlarida hamda undan foydalanish turlarida o‘rmondan foydalanishni amalga oshirish; – belgilangan tartibda yo‘l ochish, o‘rmon mahsulotini joylashtirish uchun maydonchalar jihozlash, ishlab chiqarish binolari va inshootlari qurish.
O‘rmondan vaqtinchalik foydalanuvchilar quyidagi majburiyatlarga ega: – o‘zlariga berib qo‘yilgan yaylovlar, pichanzorlar va boshqa o‘rmonzorlardan oqilona foydalanish; – o‘rmonlarning holatiga va ularni takroriy ko‘paytirishga, tuproq va hayvonot dunyosiga, shuningdek, suv ob’ektlari va boshqa tabiiy ob’ektlarning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishga yo‘l qo‘ymaydigan usullar bilan ish olib borish; – o‘rmondan foydalanganlik uchun o‘z vaqtida belgilangan tartibda haq to‘lash; – o‘rmondan foydalanuvchi boshqa shaxslarning huquqlarini buzmaslik.
O‘rmondan vaqtinchalik foydalanuvchilar qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ega bo‘lishlari va o‘zga majburiyatlarni bajarishlari ham mumkin. 207
Ta’kidlash joizki, amaldagi qonunchilikda o‘rmondan foydalanuvchilarning huquqlarini kafolatlashga ham katta e’tibor berilgan. «O‘rmon to‘g‘risida»gi qonun talablariga asosan, davlat, xo‘jalik va boshqa organlar hamda tashkilotlar o‘rmondan foydalanuvchilarning faoliyatiga aralashishlariga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘rmondan foydalanuvchilarning buzilgan huquqlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tiklanishi lozim. O‘rmondan foydalanuvchilarning huquqlarini buzish oqibatida etkazilgan zararlar (shu jumladan boy berilgan foyda) to‘la hajmda qoplanishi zarur.
Ko‘rinib turibdiki, bizning o‘rmon boyliklariga nisbatan ayrim majburiyatlarimiz mavjud. SHunday ekan, mazkur sohada: 1) mavjud o‘rmon boyliklaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish; 2) xalq xo‘jaligida yoki boshqa maqsadlar uchun ishlatilgan o‘rmonlarni tiklab, ekib, ko‘paytirib borish; 3) o‘rmonlarni yong‘indan saqlash yoki yong‘in qoidalariga amal qilishni qattiq nazorat qilish va ushbu sohada tegishli tadbirlar o‘tkazish; 4) o‘rmon haqidagi qonunlarni yoki o‘rmondan foydalanish qoidalarini buzgan taqdirda yoki amal qilmaganda fuqarolarga huquqiy javobgarlik mavjudligini tushuntirish maqsadga muvofiqdir.
Xullas, o‘rmondan foydalanuvchi sub’ektlar o‘z huquq va majburiyatlarini har qanday vaziyatda bekami ko‘st bajarishlari va unga amal qilishlari o‘rmon boyliklarini ekologik-huquqiy muhofaza qilinishini taminlaydi.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling