Mulkchilik shakllarini o'zgartirish yo’llari va usullari
Download 86.5 Kb.
|
4.Mulkchilik shakllarini o\'zgartirish yo’llari va usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hissadorlik mulk
Diniy tashkilotlarning ham mulklari mavjud. Bu faqat diniy bino va inshoatlar bilan cheklanmay, balki xo`jalik faoliyati imkon tug`dirgan jamg`armalar, turli marosimlardan tushadigan mablag`lar hisobiga ortib boradi. Ular oddiy xo`jalik faoliyati bilan birga katta qurilish ishlari va boshqa kapital xarajatlarni bajarib boradilar. Bu mulk faqat diniy yo`lda qo`llaniladi va ishlatiladi.
Hissadorlik mulk bu turkumdagi eng salmog`li va ta`sirli shakl bo`lib, keng tarqalgandir. Bu ham aslida birlashgan mulk bo`lib, aktsiya chiqarishga asoslangandir. Bu aktsiyalar erkin harakatda bo`ladi, qimmatbaho qog`ozlar qatorida savdoda ishtirok etadi va sotiladi, sotib olinadi. Aktsiyaga ega bo`lganlar shu asosdagi mulkning qatnashchilari hisoblanadilar. Korxonalarning faoliyatida ishtirok etish huquqiga ega bo`ladilar. Aktsiyalar uchun korxonalar faoliyatlari natijasiga qarab daromad oladilar. Bu mulkda ishtirok etish ixtiyoriydir. Chunki, istagan vaqtda aktsiyani sotib olish yoki sotib yuborish mumkin. Umuman, bozor iqtisodiyotining rivojlanishida bu xil mulkning ta`siri katta. Chunki, hissadorlik jamiyatlari juda yirik bo`lib, ular juda katta hajmdagi mulkni birlashtiradilar. Shu bilan birga aktsioner mulkda davlatlarning ishtiroki katta bo`lishi mumkin. Aytaylik, hozirgi bozorga o`tish davrida O`zbekistonda asosiy sanoat korxonalari aktsionerlashganiga qaramay, ulardagi mulkning asosiy qismi davlat mulkidan tarkib topgan. Sanoat, savdo, transport va qurilishda paydo bo`lgan yirik hissadorlik korxonalar mulklarida davlat qismi yuqoridir. Bundan tashqari hissadorlik mulk boshqa mamlakatlar mulklari ishtirokida yuzaga kelishi mumkin. Jahonda xalqaro hissadorlik jamiyatlari ko`p. Masalan, transmilliy kontsernlar xuddi shunday mulkni tashkil etadilar. Xulosa Chunki aktsiyalar egalari korxonada ish-laydilar. Shuning uchun ular ayni vaqtda korxonaning mulkdori huquqiga ega bo`ladilar. Bu korxonalar faoliyatiga aktsiyaga ega bo`lgan xodimlar ham qatnashuv huquqini qo`lga kiritadilar. Natijada hissadorlik korxona daromadidan shu hissadorlar manfaatdor bo`ladilar. Masalan, AQShni xalq kapitali mamlakati deydilar. Chunki, aktsiyaga ega bo`lgan xodimlar korxonalarda ko`pchilikni tashkil etadi. 1994 yilda xalq korxonalarida 11 mln. dan ortiq kishi ishlagan va aktsiyalarning 20 foizdan 51% foizigachasi ishlovchilarning birgalikdagi mulkidan iborat bo`lgan. U erda xalq korxonalari deb ataluvchi xo`jaliklar miqdori ortib bormoqda. Bunday holatda, albatta, ekspluatatsiya mazmuni o`zgaradi va mehnatga erkli munosabat asos bo`lib hisoblanadi. Mulk shakllarining mohiyati va mazmuni bilan tanishish shuni ko`rsatadiki, bozor iqtisodiyoti uchun barcha mulk shakllari ahamiyatli bo`lib, har biri o`ziga xos ustunlikka egadir. Aytish mumkinki, har bir mulk shakli bozor iqtisodiyoti uchun zaruriy bo`lib, ular umumiy taraqqiyot jarayonida bir-birini to`ldirib boradi. Shuning uchun xam bozor munosabatlari sharoitida mulk shakllarining turliligi va har bir mavjud shaklining taraqqiy etib borishi talab etiladi. Bu jarayon erkin raqobat sharoitida amalga oshishi kerak. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR I.A. Karimov. O`zbekiston – bozor munosabatlarga o`tishining o`ziga xos yo`li. - T.: O`zbekiston, 1993. O`zbekiston Respublikasini majlisning ikkinchi chaqiriq birinchi sessiyasi ikkinchi yig`ilishda so`zlagan nutqi. Хalq so`zi 23 yanvar 2000y. Iqtisodni erkinlashtirish, resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish bosh yo`limiz. xalq so`zi 13 fevral, 2002 yil. Sh.M.Mirziyoyev Prezident Murojaatnomasi 28-dekabr 2018 - yil Download 86.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling