Birlashtiruvchi) mulohazalar ikki va undan ortiq oddiy mulohazalarning «va», «ham», «hamda» kabi mantiqiy bog‘lovchilar vositasida birikishidan hosil bo‘ladi. Masalan, 1.Ustozining bergan topshiriqlarini bajardi va a’lo baho oldi. 2. YAxshi niyat va yaxshi so‘z insonni saodatga etaklaydi. 3. Mantiq ham amaliy, ham nazariy fandir.
O‘zbek tilida birlashtiruvchi mulohazalar «ammo», «lekin», «biroq» kabi bog‘lovchilar va bog‘lovchilarsiz ohang vositasida ham tuziladi. Mantiqiy bog‘lamalar kon’yunksiya belgisi “˄” (&) orqali ifodalanadi. Formulasi: Kon’yunktiv (birlashtiruvchi) mulohaza tarkibidagi oddiy mulohazalarni “r” va “q” shartli belgilari bilan belgilasak, ular orasiga kon’yunksiya belgisini “˄” (&) qo‘ysak, unda bu mulohaza r ˄ q (p & q) formulasi orqali ifodalanadi. Kon’yunktiv mulohaza tarkibidagi oddiy mulohazalar chin yoki yolg‘on bo‘lishi mumkin. Tarkibidagi hamma oddiy mulohazalar chin bo‘lsa, birlashtiruvchi mulohaza ham chin bo‘ladi. Boshqa hamma holatlarda esa yolg‘on bo‘ladi2. Masalan, “YOlg‘on gapirish va o‘g‘irlik qilish jinoyatdir” mulohazasidagi birinchi oddiy gap “YOlg‘on gapirish jinoyatdir” chin bo‘lmaganligi uchun bu mulohaza chin bo‘lmaydi.
Kon’yunktiv mulohazaning chinlik tablitsasi
r
|
q
|
r ˄ q
|
chin
|
chin
|
chin
|
chin
|
yolg‘on
|
yolg‘on
|
yolg‘on
|
chin
|
yolg‘on
|
yolg‘on
|
yolg‘on
|
yolg‘on
|
Do'stlaringiz bilan baham: |